Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi


USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHGʻULOTLARINI OʻTKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR



Download 65,79 Kb.
bet4/6
Sana16.05.2023
Hajmi65,79 Kb.
#939152
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
32-hafta

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHGʻULOTLARINI OʻTKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR

Inson xotira tuygʻusi bilan barhayot”




Xotira – idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi. Xotira va
qadrlash – inson aql-zakovatining betakror ma’naviy ne’matlari, tiriklikning azaliy mezonlaridir. Homiylik, saxovat va himmat, mehr va muruvvat fazilatlari, xotira va qadr tushunchalari bilan oʻzaro uygʻunlik kasb etadi. Zero, qalbi saxovatga, mehr-muhabbatga, shafqat va shafoatga toʻla insonlargina oʻz tarixini, ajdodlarini doimo xotirlaydi, fidoyi yurtdoshlari, yorugʻ kelajak yoʻlida mehnat qilayotgan kishilarning qadriga etadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bagʻrikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuygʻulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, el-yurt tinchligi va ravnaqi yoʻlida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. 
Janggohlarda jon bergan vatandoshlarimiz nomlari muhrlangan “Xotira kitobi”ning zarhal varaqlari Vatanning fidoyi oʻgʻlonlari qismatidan shahodat beradi. Motamsaro ona qiyofasida esa iztirob va umid namoyon. Beva-bechora, etim-esirlar, farzandi yoʻliga koʻz tikkan onaizorning umid-u nadomatlari mujassam shu birgina qiyofada. Ushbu kunda barcha bobolarimiz ham moʻtabar buvilarimizni hamda oʻz Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan va bu ayovsiz jang-u jadalda qahramonlarcha halok boʻlganlar xotirasini har bir farzand yod etadi.
Oʻtgan yillar mobaynida marhumlarni yod etish, keksalar, bemorlar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish nafaqat oʻzbeklar, balki yurtimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elat vakillari uchun odat tusiga kirdi. Binobarin, oʻtganlar xotirasi oldida ta’zim bajo keltirish, insonni tiriklik chogʻida qadrlashdek hayotiy qarashlar el-yurtimizning qon-qoniga singib borayotgani tarbiyaviy ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari “Xotira va qadrlash kuni” misolida ham yorqin namoyon boʻladi. Inson – hayot gultoji. Uning qadri, hurmati har doim e’zozga loyiq. Xalqimizga xos xislatlar haqida gap ketsa, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi. Keksalarni ardoqlash, koʻmakka muhtojlarning hurmatini joyiga qoʻyish qon-qonimizga singib ketgan fazilat. Ayniqsa, oʻtganlarni xotirlash, aziz otaxonu-onaxonlarning duosini olmoqlik saodati oʻzgacha.
Xotira shunday ruhiy-maʻnaviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni oʻtmish va istiqbol bilan bogʻlab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotirlash – xalq manfaati uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan kishilarni eslashdir. U olamdan oʻtgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok boʻlganlar xotirasini hurmatlash hamdir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon boʻladi. Ikkinchi jahon urushi dahshatlarining guvohi boʻlgan kishilar tobora kamayib bormoqda. Yoshlikning navqiron chogʻlarini urush olovlarida, janggohlarda oʻtkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir. Shu oʻrinda Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, ogʻir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham oʻzligini yoʻqotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom koʻrsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi. Bu hol yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlarining eng yaxshi ananalaridan faxrlanish, ularga munosib vorislar boʻlish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. 
Davlatimiz rahbari oʻz ma’ruzalarining birida shunday degan edilar: “Tarixiy xotira – bu avvalo, hayot mazmunini, avlodlar oʻrtasidagi vorisiylik tuygʻusini anglash demakdir”. Xotirani asrash, xotirani ehtiyot qilish – bu bizning oʻzimiz va avlodlar oldidagi axloqiy burchimizdir. Xotira – bizning boyligimizdir. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yoʻlida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi kunimizni qadrlashga oʻrgatadi.
Xotira bu – tarixdir. U kechagi oʻtmishni, ajdodlar oʻgitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Shu bois, inson oʻz xotira boyliklarini qadrlaydi.
Bugun nishonlayotgan bayramimiz shunday bir kunki, u shu yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi xonadon uchun bevosita daxldor boʻlgan, ularning hayotida qandaydir chuqur iz qoldirgan tarixiy sanadir. 
Mamlakatimiz 9-may sanasini keng nishonlashda uzoq va yaqin davlatlarga oʻrnak boʻlmoqda. Hech shubhasiz, bunday tadbirlar xalqimiz tomonidan juda katta minnatdorlik bilan qabul qilinmoqda. Ikkinchi jahon urushida faol qatnashib, fashizm balosini bartaraf etishda mislsiz qahramonliklar koʻrsatgan
ota-bobolarimiz ruhi yod etilib xotirasi abadiylashtirilmoqda. Ular haqida kinofilmlar yaratilmoqda, bu kabi ezgu ishlar faqatgina yosh avlodlarda oʻrnak boʻlib qolmasdan ular ruhi bilan gʻururlanish tuygʻusini ham shakllantirib borishi shubhasiz.

Download 65,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish