Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti



Download 143,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.04.2022
Hajmi143,26 Kb.
#576896
1   2   3
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti - Vikipediya
2-amaliy, 12 Асосий масалалар халк таълими 28 01 2022 й , Fiz. Umumiy Fiziologiya, 2 5247176925801092497, Engines, Ваше, 39edd59261998c2b448487f660718c7b, TTDIT dan mustaqil ish, Голубое и красное Маканин, Hujjat, Xurmatli kursdoshlar va ustoz men bugun sizlarga o, Psixologiyadan seminar mashģulotni ishlanmalari, pardozlash ishlari, statistika (3)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Mamlakat:
 
Oʻzbekiston
Avvalgi nomi:
Kommunistik partiya birinchi kotibi
Taʻsis etilgan sanasi:
Lavozimdagi ilk shaxs:
Islom Karimov
Amaldagi shaxs:
Shavkat Mirziyoyev
Tayinlanadi:
umumxalq saylovda saylanadi
Rahbarlik qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
Qarorgohi:
Oqsaroy qarorgohi, 
Toshkent
Vakolat muddati:
5 yil
Sayt:
president.uz (http://president.uz)
Nomzodlarni saylash tartibi


qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan 2 oy ichida 
Oliy Majlis
yigʻilishida qasamyod qilgan paytdan
boshlab oʻz lavozimiga kirishadi. Prezident quyidagicha qasamyod qiladi:

"Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning
Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va
erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman"

.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga, Konstitutsiyaga muvofiq keng va xilma-xil
vakolatlar berilgan. Bu vakolatlar davlat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli boʻlib,
mamlakat iqtisodiyoti va umuman jamiyat rivojlanishiga juda katta taʼsir oʻtkazadi
[1]
.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qonunlariga rioya etilishining kafilidir;
2) Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish,
milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar
koʻradi;
3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish
koʻradi;
4) muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini
imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan
majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
5) oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va
chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash
uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga
oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
Vakolatlari


8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini taʼminlaydi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir
farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi;
9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senatiga taqdim etadi;
10) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni isteʼfoga chiqqanda,
Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda
lavozimidan ozod qiladi;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi va ularni
lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati tasdigʻiga kiritadi;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari,
Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xoʻjalik sudi raisi va sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14) viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xoʻjalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va
lavozimlaridan ozod etadi; Oldingi tahrirga qarang.
15) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda
Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi.
Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti-
harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident oʻz qarori bilan lavozimidan ozod
etishga haqli;
16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonun
hujjatlari normalariga nomuvofiq boʻlgan hollarda toʻxtatadi, bekor qiladi; Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
17) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi; qonunga oʻz eʼtirozlarini
ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga qaytarishga haqli;


18) Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon
qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
tasdigʻiga kiritadi;
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat,
epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni koʻzlab, Oʻzbekiston
Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul
qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga
kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni hisoblanadi, Qurolli
Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorligʻi bilan mukofotlaydi, Oʻzbekiston
Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal
etadi;
23) amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senatiga taqdimnoma kiritadi va Oʻzbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan
shaxslarni afv etadi;
24) Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu
masalalarga doir farmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;
25) ushbu Konstitutsiya va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi. Prezident oʻz vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki
mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy
kafolatlari toʻgʻrisida"gi qonun (2003-yil 25-aprel) bilan muhofaza etiladi. Prezidentning qonuniy
faoliyatiga toʻsqinlik qilinishiga, shuningdek, uning shaʼni va qadrqimmatiga putur yetkazilishiga
yoʻl qoʻyilmaydi va bunday harakatlar tegishli qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi
mumkin. Bu qoida isteʼfoga chiqqan Prezidentga nisbatan ham oʻz kuchini saqlab qoladi.
Prezident mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli oʻz vazifasini bajara olmasligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qoʻshma qaroriga koʻra tuzilgan davlat tibbiy
komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda 10 kun muddat ichida palatalarning qoʻshma
favqulodda yigʻilishida deputatlar, senatorlar orasidan 3 oygacha boʻlgan muddatga


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda 3 oy
muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi oʻtkazilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli
foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan isteʼfoga chiqqan Prezident umrbod
Senat aʼzosi lavozimini egallashi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
19-bobi „Oʻzbekiston Respublikasining
Prezidenti“ deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat boʻlib, ularda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi belgilab berilgan. Oliy Kengash
12-chaqiriq 1-sessiyasida deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti lavozimyga 
Islom Karimov
saylangan edi. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, 
1991-yil
 
29-dekabr
va 
2000-yil
9-yanvarda
muqobillik
asosida toʻgʻridan-toʻgʻri umumxalq Prezident saylovlari oʻtkazildi. Bu saylovlar natijasida 
Islom
Karimov
 Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 
2016-yil
 
2-sentabrda
 
Islom
Karimov
 
vafot etdi
. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari
o'tkazildi va unda bosh vazir 
Shavkat Mirziyoyev
prezident etib saylandi.
Prezidentlar



Download 143,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti