5-savol:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilgan qonun loyihasi
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganidan so’ng Senatga yuborildi. Biroq
Senat majlisidagi muhokama natijasiga ko’ra qonun loyihasi rad etildi. Majlisda
qonunning rad etilish asoslari, uni qayta ko’rib chiqib, bir qator qo’shimcha va
o’zgartirishlar kiritilishi lozimligi xaqida xulosaga kelindi hamda ushbu xulosa
Senat majlisi bayonnomasiga kiritilib, bayonnomadan ko’chirma esa Qonunchilik
palatasiga yuborildi. Qonunchilik palatasi qonunni qayta ovozga qo’yib, deputatlar
umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma’qulladi
hamda to’g’ridan-to’g’ri Prezidentga imzolash va e’lon qilish uchun yubordi. Senat,
qonun yuqori palatada ma’qullanganidan so’nggina Prezidentga imzolanish va e’lon
qilish uchun yuborilishi mumkinligini vaj qilib, ushbu holatga nisbatan o’z e’tirozini
bildirdi.
Savol:
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida muhokama
qilib, vaziyatga huquqiy baho bering.
Mamlakatimizda qonunchilik jarayoni O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to’g’risida”gi
konstitutsiyaviy qonunlar, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi Reglamenti to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Reglamenti to’g’risida”, “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida” (yangi tahrir),
“Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to’g’risida” qonunlar hamda parlament
palatalarining reglamentlari bilan huquqiy tartibga solingan.
Yuqoridagi qonun hujjatlarida belgilangan normalar mazmunidan kelib
chiqib, mamlakatimizda qonunchilik jarayonini quyidagi beshta asosiy bosqichlarga
bo’lib o’rganish mumkin:
1) qonunchilik tashabbusi bosqichi;
2) qonun loyihasini ko’rib chiqish bosqichi;
3) qabul qilish bosqichi;
4) qonunni ma’qullash bosqichi;
5) qonunni imzolash va e’lon qilish bosqichi.
Endi e’tiborimizni bizga berilgan kazusga qaratadigan bo’lsak, unda
quyidagicha so’z yuritilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan qonun loyihasi kiritilgan va loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilinganidan so’ng Senatga yuborildi. Biroq Senat majlisidagi muhokama natijasiga
ko’ra qonun loyihasi rad etildi va majlisda qonunning rad etilish asoslari, uni qayta
ko’rib chiqib, bir qator qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi lozimligi xaqida
xulosaga kelindi hamda ushbu xulosa Senat majlisi bayonnomasiga kiritilib,
bayonnomadan ko’chirma esa Qonunchilik palatasiga yuboriladi. Qonunchilik
palatasi esa qonunni qayta ovozga qo’yib, deputatlar umumiy sonining uchdan ikki
qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma’qullaydi hamda to’g’ridan-to’g’ri
Prezidentga imzolash va e’lon qilish uchun yuboradi. Senat, qonun yuqori palatada
ma’qullanganidan so’nggina Prezidentga imzolanish va e’lon qilish uchun
yuborilishi mumkinligini vaj qilib, ushbu holatga nisbatan o’z e’tirozini bildirdi.
Ushbu vaziyatda masalani huquqiy jihatdan yechishimiz uchun quyidagi masalalarni
o’rganib chiqish lozim deb topdim. Bu muammolar quyidagilardan iboratdir:
• Qonunchilik palatasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan qonun loyihasi kiritilishi o’rinlimi? Prezident vakolatlimi?
• Kiritilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan senatga
yuborishdan oldin qay tartibda ko’rib chiqiladi va qabul qilinadi?
• Senat Qonunchiik palatasi tomonidan kelib tushgan qonun loyihasini
rad etishga haqlimi?
• Senat tomonidan rad etilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi
tomindan to’g’ridan to’g’ri prezidentga yuborlishi qay darajada to’g’ri?
Ushbu holatga Senatning munosabati qanday?
Xo’sh, prezident tomindan qonunchilik palatasiga qonun loyihasi kirtilishi
masalsiga to’xtaladigan bo’lsak, Ya’ni qonunchilik tashabbusi bosqichi va qonun
loyihasini ko’rib chiqish bosqichi haqida gaplashb olamiz. Qonunchilik jarayonining
dastlabki bosqichi – bu qonunchilik tashabbusi hisoblanadi. Dunyo mamlakatlari
konstitutsiyaviy huquqida qonunchilik tashabbusi huquqi deganda, parlamentning
tegishli vakolatga ega organiga qonun loyihasi yoki qonun loyihasi bo’yicha taklifni
konstitutsiya yoki qonunda belgilangan maxsus subyekt tomonidan rasmiy tarzda
kiritish huquqi tushuniladi. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan
parlamentga kiritilgan qonun loyihasini ko’rib chiqilishi majburiy hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga binoan,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi
orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Bosh prokuror