qonunchilik tashabbusi huquqiga egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi
huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to’g’risida” qonunning 3-
moddasida Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari keltirib o’tilgan. Unga ko’ra,
O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq
quyidagilar
qonunchilik tashabbusi huquqiga ega:
1) O’zbekiston Respublikasining Prezidenti;
2) o’z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston
Respublikasi;
3) Qonunchilik palatasi deputatlari;
4) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
5) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
6) O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi
1
.
Demak, yuqoridagi qonun hujjatlarida belgilangan normalarni huquqiy asos
qilib, shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasi Prezident tomindan
qonunchilik palatasiga qonun loyihasi kirtilishi mumkin. Ushbu bizga berilgan
kazusdagi bu holat qonunga muvofiq amalga oshirilgan.
Keyingi masalaga to’xtalishdan oldin, Oliy Majlis nima ekanligiga
e’tiborimizni qaratsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 76- moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Oliy
Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga
oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik
palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil.
Konstitutsiyaga 84-moddasiga ko’ra, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
1
“Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
kiritish tartibi to'g'risida” qonun.
qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon
qilingach, yuridik kuchga ega bo’ladi.
Endi, qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qay tartibda qabul
qilinishini, ya’ni qonunchilik jarayoni, uning huquqiy asoslari va bosqichlari batafsil
ko’rib chiqsak. Demak, Oliy Majlisda Qonunchilik palatasining asosiy vazifasi
asosan qonunlarni ko’rib chiqish, loyihalrarni ko’rib chiqish hisoblanadi, va bu
jarayon qo’mitlarga bo’lingan holda amalga oshiriladi. Ya’ni, shu o’rinda Oliy
Majlisda qo’mitalar qanday tuzilma ekaniga to’xtalib o’tsak, Oliy Majlis
qonunchilik palatasidagi qo’mitalar bu, asosiy mana shu Qonunchilik palatasi
foaoliyatini ta’minlab beradigan, uni yo’nalishlaridan kelib ciqib bo’lingan
bo’linmalar hisoblanadi. Bugungi kunda, hozir 12 ta qo’mita bo’lsa (Qonunchilik
palatasi qo’mitalarining umumiy soni, qoida tariqasida, o’n bittadan oshmasligi
kerak), har bir qo’mita ma’lum davlat va jamiyat qurilishidagi ma’lum soha bo’yicha
bo’lingan. Xo’sh, endi, nima sababdan Qonunchilik palatasi qo’mitalarga
bo’linganligiga to’xtalsak. Sababi qonun loyihalari Qonunchilik palatasiga kelar
ekan qaysidir qo’mita buni olib chiqishi kerak, mana shu qonun loyihasini maromiga
yetkazish bo’yicha ishlarni tashkil qilishi kerak. Ana shu faoliyatdan kelib chiqib,
har bir kelgan qonun loyihasi mazkur qo’mitalarga ularni faoliyati yo’nalishiga
qarab bo’lib beriladi va shu tartibda ish boshlanadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek,
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to’g’risida qonun mavjud. Ushbu qonun,
qonun loyihasini Qonunchilik palatasigacha bo’lgan yo’lini belgilab beradi. Qonun
loyihasi Qonunchilik palatasiga kelgandan keyin qonunchilik palatasiniing asosiy
ish faoliyatini Qonunchilik palatasi Reglamenti to’g’risidagi qonundagi normalar
belgilab beradi. Va, mana shu reglament asosida ish yuritiladi.
Ho’p prezident tomonidan kiritilgan qonun loyihasi avvalambor qaysi
qo’mitaga tegishli ekanligi aniqlanadi. Keyingi navbatda qo’mita bu qonun loyihasi
bo’yicha dastlabki o’rganishni boshlaydi. Loyihani o’rganib chiqib, mavjud bo’lgan
5ta partiyaning fraksiyalariga e’lon qiladi, kelganligini ma’lum qiladi va
muhokamalarni boshlaydi. Shundan so’ng fraksiyalarga dastlabki tartibda kelgan
qonun loyihasi jo’natadi, ulardan o’zlarinig takliflarini eshitib oladi. Va, ana shu
taklliflari asosida qo’mita xulosa tayyorlaydi. Ya’ni qonunchilik palatsini o’zi
birinchi o’qishda qabul qilsa bo’ladimi yoki umuman qabul qilish imkoni bormi yoki
rad qilish kerakmi balki bu qonun loyihasi hali tayyor emasdir kabi mana shu
masalalarni muhokama qilib bo’lgandan keyin, qo’mita o’zining xulosasini berdi.
Va o’zining xulosasi asosida qonun loyihasini umumiy yapli yig’ilishga deputatlar
e’tiboriga bildiriladi. Bu jarayonga kelguncha har bir qo’mitalarni fraksiyalarni
takliflari inobatga olinadi. Ya’ni qo’mitalardan yozma ravshda qog’oz bilan
olinadigan bo’lsa, fraksiyalardan bevosita har bir fraksiya bilan qonun loyihasi
alohida muhokamadan o’tadi. Ana shundan keyin ularning takliflari, etirozlari
inobatga olinib, keyinginia yalpi yig’ilishga olib chiqiladi. Yalpi yig’ilishda qonun
uch bosqichdan o’tadi. Ya’ni, birinchi o’qish, ikkinchi o’qish, uchinchi o’qish
hisoblanadi. Bu bosqichning har birining oziga xos jihatlari bor, ya’ni 1-o’qishda
nimaga e’tibor qaratiladi, 2-o’qishda nimaga e’tibor qaratiladi kabi. Birinchi
o’qishda qonun loyihasini qo’mita olib chiqadi, taklifini bildiradi, xulosasini aytadi,
qaytarish kerakmi, qabul qilish maqsadga muvofiqmi shu kabi xulosa, lekin bu
bo’yicha qanday qarorga kelishni yalpi yig’ilishdagi depuptatlar umumiy ovozi bilan
hal qiliniadi. Ya’ni, mana shu jarayonda birinchi o’qishda faqatgina qonun
loyihasidgai butun tekstga, matinlarga, normalarni qanday yozilganiga e’tibor
qaratilmaydi, 1-o’qishda faqatgina ma’lum bir munosabatni tartibga solish uchun
qonun loyihasi kerakmi yo’qmi faqat shu masala muhokama qilinadi. Ya’ni uning
kontsepsual, mana shu huquqiy munosabtani endi yangi bir loyiha sifatida tartibga
solishga qanchalik ehtiyoj bor, zarurat bor yoki kerakmi, kerak emasmi degan
masalalar muhokama qilinadi. Agar, shu yerda yangi bir kontseptsiyasi ya’ni o’sha
yangi g’oya bo’lsa bildiriladi va deputatlar maqul deb topgandan keyin u birinchi
o’qishda qabul qilinadi.
Asosiy qonun loyihasi bo’yicha ishchi jarayon, ya’ni eng qaynoq jrayon bu
qonun loyihasi ikkinchi o’qishga tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Negaki, endi
ikkinchi o’qishda deputatlar har bitta qonunni, nafaqat moddasini, balki moddadagi,
normadagi har bitta so’z ham muhokama bo’lishi mumkin. Xatto, so’z tugul bitta
tinish belgi ham muhokama bo’ladi. Ya’ni, bu jarayon juda ish hajmi ko’p jarayon
hisoblanadi. Bunda birinchi o’qishda qabul qilingandan keyin, qancha vaqt ketsa
ham shu qonun doirasini hijjalab, bittalab, moddalab, bamdlari, qismlari bo’yicha
muhkama qilib chiqiliadi, o’zgartirishlar kiritilsa, o’zgartirish kiritiladi, matin
to’g’rlansa, matin to’g’rlanadi, undan so’nggina qonun loyihasini ikknchi o’qishga
olib chiqadi. Ikkinchi o’qishda muhokama, endi har bitta deputat o’sha matindagi
moddalar, normalar, boblar, har qandy holatda savol berishga haqli bo’ladi, o’zining
takliflari va e’tirozlarini bildirishi mumkin bo’ladi. Bu jarayonda esa qo’mita mas’ul
sifatdida qonunni huddi himoyasida turgandek bo’ladi. Qolgan butun deputatlar
savolga tutudi. Qo’mita bu qonunni o’zi tashabbuskor bilan tayorlagan qonunni
himoyasida javob berib turadi. Muhkamada isbotlab, o’rgatib bo’lgandan keyingina,
har bir fraksiyadan yana o’tib chiqiladi. Keyin, ikkinchi o’qish ham alohida yalpi
yig’ilishda bo’ladi. Har bitta qonun qancha modda bo’lishidan qat’iy nazar har bitta
moddasi muhokama qilinadi. Ikkinchi jarayon o’tib bo’lgandan keyin qonun
loyihasi moddama modda muhokama qilinib ovoz beriladi. Agar deputatlar
moddama modda ovoz beramiz desa moddama modda ovoz beriladi, yoki
o’zgartishlarga asosan bob bo’yicha yoki bo’limlar bo’yicha ham ovoz berish
mumkin. Bu jarayon tugagandan keyin qonun bildirilgan taklif va etirozlar bilan
pishitiladi, oxiriga yetkazilib, uchinchi o’qishda endi butun hamma narsa ko’rib
bo’lingan uchinchi o’qishda qabul qilinadi deb hisoblanadi va senatga yuborladi.
Navbatdagi Senat Qonunchiik palatasi tomonidan kelib tushgan qonun
loyihasini rad etishga haqlimi? Degan savolga javob berishdan oldin, avvalambor,
Senatning qonunchilk jarayonidagi tutgan o’rniga to’xtalib o’tsak maqsadga
muvofiq bo’lar edi.
Qonunchilik jarayonida uni ma’qullash bosqichi bevosita Oliy Majlis Senati
tomonidan amalga oshiriladi. Xususan, Senatga kelib tushgan qonun ro’yxatga
olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni ko’rib chiqadigan hamda uning yuzasidan
xulosa tayyorlaydigan qo’mitaga topshiriladi. Mas’ul qo’mita tegishli xulosa
tayyorlaydi va unda qonunni ma’qullash yoki rad etish to’g’risidagi tavsiya, ifodalab
beradi. Qonunni rad etish zarurligi to’g’risidagi xulosada mas’ul qo’mitaning
qonunni rad etish zarur, deb hisoblashining vajlari bayon etiladi. Mas’ul qo’mitaning
xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun
tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik to’g’risida qaror qabul qiladi. Senatning
majlisida qonunni ko’rib chiqish ma’ruzachining mas’ul qo’mita xulosasini o’qib
eshittirishidan boshlanadi. Ko’rib chiqilayotgan qonun yuzasidan uning
muhokamasi tartibida senatorlar so’zga chiqishlari va o’zlarining taklif va
etirozlarini bildirishi mumkin. Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining
ko’pchilik
ovozi
bilan
ma’qullanadi.
O’zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga o’zgartishlar va qo’shimchalar
kiritish to’g’risidagi qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining
uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi talab qilinadi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan
rad etilgan qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga qaytariladi. Senatning qonunni rad etish to’g’risidagi qarorida rad etish
vajlari ko’rsatiladi. Unda bir vaqtning o’zida qonunga o’zgartishlar va
qo’shimchalar kiritish zarurligi to’g’risidagi, shuningdek, kelishuv komissiyasi
tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasi Senati
to’g’risida”gi va “O’zbekiston Respublikasi Senatining Reglamenti to’g’risida”gi
Qonunlarga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan
qonunlar Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullanishi yoki rad etilishi mumkin.
Senat Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish vakolatiga ega emas.
Demak, yuqoridagi qonun hujjatlariga ko’ra Oliy Majlis Senati qonun
doirasida ish qilgan. Ya’ni, u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilingan qonunnni rad etishga haqli deb hisoblasak bo’ladi.
Qo’shimcha sifatdida aytish mumkinki, Qonunchilik jarayonining yakuniy
bosqichi – bu qonunni imzolash va e’lon qilishdir. Konstitutsiyaning 84-moddasiga
muvofiq, ushbu vakolat O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishlidir. Oliy
Majlis Senati tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun
Senat qarori bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga o’n kun ichida
yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o’ttiz kun ichida
imzolanadi va e’lon qilinadi. Qo’shimcha sifatida aytish mukinki, xorijiy
davlatlarning konstitutsiyaviy huquqiga ko’ra, vakolatli organ tomonidan qabul
qilingan va tasdiqlangan qonunning davlat boshlig’i tomonidan Konstitutsiya yoki
qonunda belgilangan muddatda rasmiy bosma nashrda e’lon qilinishi promulgatsiya
(lotincha “promulgatio” – e’lon qilish) deb yuritiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomindan
to’g’ridan to’g’ri prezidentga yuborlishi haqida to’xtaladigan bo’lsak, ushbu holat
qonun loyihasi Senat tomonidan rad etilgan holda hamda ular o’rtasida kelishuv
komissiyasi tuzilmagan hollarda amalga amalga oshiriladi deb o’ylayman. Chunki,
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Reglamenti to’g’risida”gi
Qonunning 12-moddasiga va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik
palatasining Reglamenti to’g’risida”gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun
yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni
bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan
tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Yuqorida bizga berilgan
kazusda esa bunday tashabusslar amalga oshirilmagan. Va qonunchilik palatasi
“Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamenti to’g’risida”gi Qonunning 15
1
-
moddasida Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan
qayta ko’rib chiqish tartibi belgilangan. Bunga ko’ra, Senat tomonidan rad etilgan
qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta ko’rib chiqilishi
lozim. Mas’ul qo’mita Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan xulosa beradi.
Mas’ul qo’mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi
tomonidan qayta ko’rib chiqish masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik
palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko’rib chiqishda Qonunchilik
palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda
kelishuv komissiyasini tuzish;
qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan avvalgi qabul qilingan tahririda
qabul qilish;
qonunni Qonunchilik palatasining qayta ko’rib chiqishidan olib tashlash.
Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik
palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi
bilan yana ma’qullasa, qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan
qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston
Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Demak, yuqoridagi qonun hjjatlari tayanib masalaga quyidagicha huquqiy
yechim berish mumkin. Ya’ni ushbu vaziyatda Qonunchilik palatasi Senat rad etgan
qonunni Qonunchilik palatsi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan
iborat ko’pchilik ovozi bilan yana ma’qullagan va qonunni O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan deb hisoblagan hamda
imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga
yuborgan. Ushbu harakatlarda hech qanday noqonuniylik kuzatilmagan va bu
vaziyatda Senatning etirozi noo’rin deb hisoblaymiz.
Shuningdek, agar Senat rad etgan yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasida qayta ko’rib chiqilganda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Senatning e’tirozlarini hisobga olgan
holda yangi tahrirda qabul qilinsa, ushbu Qonunni Senat yangidan qabul qilingan
qonun sifatida belgilangan tartibda ko’rib chiqadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash
va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi
to’g’risida”gi qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini kirish huquqiy asosga ega. Shuningdek,
qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilish ham qonunda
belgilangan tartibda amalga oshirilgan. Ushbu qonun maqullash maqsadida Senatga
yuborilganda Senatning muhokamasida qonunning rad etilishi ham qonun doirasida
amalga oshirilgan. Keyingi navbatda Qonunchilik palatasi ham o’zining qonuniy
huquqidan foydalangan holda, qonunda belgilangan tartibda, deputatlar umumiy
sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma’qulladi hamda
to’g’ridan-to’g’ri Prezidentga imzolash va e’lon qilish uchun yubordi. Ushbu
vaziyatda Senatning etirozi noo’rin deb baholaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamenti
to’g’risida”gi Qonun.
3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Reglamenti to’g’risida”gi
Qonun.
4. “O’zbekiston Respublikasi Senati to’g’risida”gi Qonun.
5. “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to’g’risida” Qonun.
Internet saytlar:
1. Lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |