Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Markaziy Osiyo barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlash Tashkilotimizning asosiy maqsadlariga erishish, uning oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omillardan biridir.
Shu munosabat bilan mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllanganini katta mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman.
Biz qisqa vaqt ichida mintaqadagi o‘tkir muammolar, jumladan, chegara, savdo, transport va suvdan foydalanish masalalarini amaliy hal qilish yo‘lida ancha katta marralarni bosib o‘tishga erishdik.
Shu bilan birga, Afg‘onistonda tinchlikka erishish, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti bo‘lib qolmoqda.
Barcha tomonlarning oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan tinchlik muzokaralarini tez fursatda boshlashni bir ovozdan ma’qullagani Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan yaqinda Toshkentda o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning asosiy natijasi bo‘ldi.
Ishonchim komil, “SHHT – Afg‘oniston” muloqot guruhi doirasida biz Afg‘onistonning tinch taraqqiyotini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘sha olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |