2 Jahon urushi davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi



Download 25,53 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi25,53 Kb.
#464442
Bog'liq
Afgʻoniston. tolibonlar


2 – Jahon urushi davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi. Urushdan keyingi yillarda davlat tizimini demokratlashtirish, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun muxolifat harakati kuchaydi (1947, 1950 — 51 yillardagi chiqishlar, 1965 — 66 yil Kobul shahridagi namoyishlar). 1973-yil 17-iyuldagi qon toʻkilmay oʻtkazilgan davlat toʻntarishi natijasida monarxiya tugatildi va mamlakat respublika deb eʼlon qilindi. Chuqur islohotlarni oʻtkazishga soʻz bergan Muhammad Dovud hukumati oʻz vaʼdasini bajarmadi. Mana shunday sharoitda 1978-yilning 27-aprelda yana davlat toʻntarishi amalga oshirildi. Hokimiyatga Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi, 1987-yildan Afgʻoniston Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U 1979-yil 27-dekabrda agʻdarildi hamda hokimiyat avval B. Karmal, 1986-yildan Najibullo rahbarligidagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi va Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 1978-yil aprel toʻntarishidan keyin Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi mavjud sharoitni hisobga olmasdan amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik qilishda va undan foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar edi. Shuning uchun ham islohotlarning aksariyati xalqqa chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana toptan afgʻon muxolifat kuchlariga qoʻl keldi. Keyinchalik Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi. Lekin vaqt qoʻldan boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR qoʻshinlarining 1979-yil 25-dekabrda. Afgʻoniston ga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. Dollar zarar yetkazdi. 1 mln. Afgʻon halok boʻldi, 4 mln. Kishi chet ellarga bosh olib ketdi. 1989-y, fevralda sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. 1992-yil aprelda Najibullo hokimiyati agʻdarildi. Islomiy kuchlar hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat Afgʻoniston Islom Davlati deb atala boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin ham mamlakat juda muhtoj boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki fuqarolar urushi boshlanib, u sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi. „Tolibon“ harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni vujudga keltirdi. Bu harakatning harbiy kuchlari 1994-yil kuzida dastlabki muvaffaqiyatga erishdi. 1996-yil 27-sentabrda ular Kobulni ishgʻol qilib, prezident B. Rabboniy va G. Hikmatyor hukumati agʻdarib tashlanganini, mamlakatda shariat qonun-qoidalariga asoslangan „chin islom boshqaruvi“ joriy etilganini bildirdi. B. Rabboniy bilan Hikmatyor hukumati Mozori Sharifga borib oʻrnashdi. 1996-yil 27-sentabr kuni Afgʻonistonning sobiq prezidenta M. Najibullo sud qilinmay qatl etildi. 1996-yil 10-oktabrda mamlakat shimolida toliblarga qarshi koalitsiya tuzildi. Xinjon shahrida harbiy rahbarlar — Afgʻoniston R. Doʻstum, Afgʻoniston Sh. Masʼud, Afgʻoniston K. Xaliliy harbiy ittifoq haqida bitam imzoladilar va Oliy mudofaa kengashi (OMK) tuzdilar. OMK shimolidagi 9 viloyatning oʻziga xos hukumati boʻlib, uning qarorgohi Mozori Sharif edi. Bu hukumat avvalgi barcha davlat tuzilmalari ishlay berishini, chet ellardagi diplomatiya va konsullik vakolatxonalari Afgʻoniston manfaatlarini himoya qilishini maʼlum qildi. 1997-yil iyunida OMK tarqatilib, uning oʻrniga Afgʻoniston Birlashgan islom najot fronti tuzildi. Front toliblar bilan muzokara oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi. 1997-yil oktabrda „Tolibon“ harakati mamlakatning nomi Afgʻoniston amirligi deb oʻzgartirilganini rasmiy eʼlon qildi. 1999-yil oxirida toliblar mamlakat hududining 80 % dan ortigʻini nazorat qilar edi. Toliblar maʼmuriyatini 3 davlat: Pokiston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tan olgan. Jahon hamjamiyati prezident B. Rabboniy boshchiligidagi Afgʻoniston hokimiyatini hamon birdan-bir qonuniy hukumat deb tan oladi. BMT da ham B. Rabboniy hukumatidan vakil qatnashadi. Iqtisodiy raqobatchilik va etnik kelishmovchilik kabi omillar ham Afgʻonistondagi har xil jamoa va qabilalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirdi. Soʻnggi 20 yil ichida boʻlib oʻtgan voqealar Afgʻonistonda kuch bilan hech nimaga erishib boʻlmasligini, faqat oʻzaro kelishuv natijasida tinchlikka erishish va mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni qanoatlantiruvchi hokimiyat oʻrnatish mumkinligini koʻrsatdi[4].

Afgʻonistonning yaqin qoʻshnilaridan boʻlmish Oʻzbekiston ana shularni eʼtiborga olib, Afgʻoniston muammosini tinch bartaraf etishga intilib keldi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta I. Karimov 1993-yil BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu mamlakatdagi chigal ahvolga jahon jamoatchiligining eʼtiborini qaratdi, 1995-yil 50-sessiyada bu muammoni bartaraf qilish xususidagi takliflarini bayon etdi. 1997-yil Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta Afgʻonistonga chegaradosh 6 mamlakat hamda AQSH va Rossiya ishtirokida muloqot oʻtkazish tashabbusi bilan chikdi. Shu tashabbus amalga oshib, „6+2“ guruhi tashkil etildi. Uning birinchi uchrashuvi oʻsha yil 16-oktabr da Nyu-Yorkda boʻldi. Nihoyat, 1999-yil 19-iyulda Toshkentda shu guruhning navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, shuningdek AQSh va Rossiya vakillari qatnashdi, BMT shafelik qildi. Unda Afgʻonistondagi nizolashayotgan tomonlar: „Tolibon“ harakati va Afgʻoniston Birlashgan fronti moʻtabar namoyandalari ishtirok etishi katta voqea boʻldi. Anjuman nihoyasida „Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida“ Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. Deklaratsiya „Tolibon“ bilan Birlashgan front oʻrtasida va ular b-i „6+2“ guruhi aʼzolari oʻrtasida bevosita muloqatni yoʻlga qoʻyishga asos boʻldi. BMT Xavfsizlik Kengashi „6+2“ guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi BMT hujjati maqomini olgan. Afgʻoniston— 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil oktabrda oʻrnatilgan.

Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari. Afgʻoniston islom jamiyati (Rahbari — Burhoniddin Rabboniy);
Afgʻoniston islom partiyasi (Rahbari — Gulbiddin Hikmatyor);
„Tolibon“ harakati (Rahbari — Mulla Muhammad Umar);
Afgʻoniston Milliy islom harakati (Rahbari — Abdul Rashid Do`stum);
Afgʻoniston milliy najot jabhasi (Rahbari — Sibg`atulloh Mujaddadiy);
Afgʻoniston ozodlik islom harakati (Rahbari — Abdu Rasul Sayyof);
Afgʻoniston milliy islom jabhasi (Rahbari — Sayid Ahmad Giyloniy);
Afgʻoniston islom birligi partiyasi (Rahbari — Muhammad Haliliy).
Ammo hozirgi kunda zikr etilgan partayalarning aksariyati Pokiston hududida joylashgan boʻlib, Afgʻoniston hududida esa „Tolibon“ harakati bilan Shimoliy Ittifoq qolgan. Shimoliy Ittifoq tarkibiga „Afgʻoniston islom jamiyati“, „Afgʻoniston islom birligi partiyasi“, „Afgʻoniston ozodlik ittifoqi harakati partiyasi“, „Afgʻoniston milliy islom harakati“ siyosiy partiyalari va ularga qarashli kuchlar kirgan.

Xoʻjaligi


Afgʻoniston — Agrar mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp ukladli. Mamlakatning shimoliy viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamlakatlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi qishloq xoʻjaligida yaratiladi. Afgʻoniston iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi. Sugʻorma dehqonchilik Qunduz, Ko`kcha, Balx, Daryoyi-Safed, Murg`ob daryolarining vodiylarida rivojlangan boʻlib, u yerlarda bugʻdoy, arpa, sholi, joʻxori, paxta, kunjut, qand lavlagi yetishtiriladi. Nangarhar viloyatida sholi, joʻxori bilan bir qatorda shakarqamish, sitrus mevalari ham yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlarning asosiy qismi Qobul, Hirot, Argandab hamda shimoliy va gʻarbiy viloyatlardagi daryo vodiylariga toʻgʻri keladi. Sabzavotchilik va polizchilik keng tarqalgan. Mamlakatda qishloq xoʻjaligiga yaroqli 17 mln. Gektar yer boʻlib, uning 8 mln. Gektari haydaladigan yerlardir. Sugorma yerlar 2,5 mln. Gektarni tashkil etadi. Gʻallaning yalpi hosili 4 — 5 mln. Tonna boʻlib, uning deyarli yarmi bugʻdoy, 1/6 qismi — arpa. Paxta (yiliga 200 ming t), sabzavot va poliz ekinlari (yiliga 200 ming t), uzum (yiliga 500 ming t), meva, zaytun (yiliga 150 ming t) yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrin egallaydi. Qoʻylarning ¼ qismi qorakoʻl qoʻylaridan iborat. Echkichilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Parrandachilik xam mavjud. Sugorma dehqonchilik hududlarida pillachilik rivojlangan. Mamlakatda 3 mln.ga yaqin kishi koʻchmanchilik bilan turmush kechiradi.

Sanoat asosan mahalliy xom ashyoga asoslangan boʻlib, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan yengil va oziq-ovqat sanoati barpo qilingan. Elektr energiyasi Mozori Sharifdagi quvvati 36 ming kVt li, Kobul, Gulbahor, Qandahor, Hirot va Bagʻlondagi quvvati 2 ming kVt li issiklik elektr stansiyalarda hosil qilinadi. Kobul daryosida GES kaskadi (har biri 100 ming kVt li uchta va 15 ming kVt li bitta) mavjud, janubida Hilmand daryosida (100 ming kVt gacha boʻlgan), uning irmogʻi Argandabda 15 ming kVt li, Qunduz daryosida 15 ming kVtli „Puli-Xumri“ elektr stansiyalar barpo etilgan. Shim.dagi sanoat (gaz, neft, koʻmir, tosh tuzi va boshqalar) korxonalari 1997-yilning oʻrtalarigacha mahsulot ishlab chiqardi. Kobulda metallsozlik, yogʻochni qayta ishlash, qurilish mate-riallari, ip gazlama, charm poyabzal korxonalari, Mozori Sharifda azot oʻgʻitlari zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Puli-Xumrida sement zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Jalolobod, Balx, Qandahorda jun gazlama fabrikasi, Aqcha-da charm poyabzal korxonasi mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari deyarli barcha shaharlarda joylashgan. Sanoat markazlari — Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot. Afgʻonistonda gilamdoʻzlik yaxshi rivojlangan. Balx, Jauzjon, Faryob, Badxiz, Hirot, Farroh viloyatlirida qoʻlda gilam toʻqiladi. Afgʻoniston chetga hoʻl va quruq mevalar, teri va charm, qorakoʻl, paxta, jun, gilam, moyli urugʻlar, shifobaxsh oʻtlar, tabiiy gaz chiqaradi. Chetdan turli mashina va jihozlar, neft mahsulotlari, shinalar, toʻqimachilik mollari, dori-darmon, tamaki, qand, choy, bugʻdoy, tayyor kiyimlar oladi.

Temir yoʻl transporti rivojlanmagan (bundan uzunligi 11 km boʻlgan Kushka-Torgundi temir yoʻl istisno). Asosiy transport turi —avtomobil transporta. Avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 20 ming km boʻlib, uning 3 ming km asfaltlangan. Transport vositasi sifatida ot-eshak hamda tuyalardan keng foydalaniladi. Kobul va Qandahor shaharlarida xalqaro aeroportlar mavjud. Pul birligi — Afg`oni.

Maorif, matbuot, tibbiy xizmat va ichki hayotga tegashli boshqa sohalarga soʻnggi yillardagi urush sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shu bois hozirgi kunda bu sohalarga oid biron bir maʼlumot mavjud emas.


Tolibon, Toliblar (push.: طالبان — oʻquvchilar, dars oluvchilar) — 1994-yilda Afgʻoniston pushtunlari tomonidan tuzilgan va 1996—2001-yillar Afgʻonistonni (“Afgʻoniston islom amirligi”) hamda 2004-yildan Pokistonning shimoliy qismidagi Vaziriston hududini boshqargan va 2021-yil 15-avgustdan buyon Afgʻonistonni boshqarayotgan[8] (Afgʻoniston islom amirligi[9]) islomchilik harakati. Toliblar boshqaruvidagi Afgʻoniston islom amirligi oʻz vaqtida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan rasman tan olingan[10]. 2003-yildan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan[11]. 2021-yil bahorda AQSh harbiy kuchlari Afgʻonistondan chiqarilishi eʼlon qilinganidan soʻng „Tolibon“ harakati birin-ketin hujumlar uyushtirib, Afgʻoniston hududlarini egallab bordi. Avgust oyida Afgʻoniston hududining katta qismi „Tolibon“ qoʻl ostida edi, 15-avgustda Tolibon poytaxt Kobulni egalladi, prezident Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi.

Tolibon
Push.: طالبان


Flag of Taliban.svg
Mafkurasi
Islomchilik, panislomizm
Etnik mansubligi
Asosan pushtunlar, undan tashqari arablar, tojiklar, hazoralar, balujlar, panjobilar va b.
Diniy mansubligi
Islom
Shiori
Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir, Muhammad uning elchisidir
Liderlari
Axtar Mansur[1]†
Abdul Gʻani Birodar
Shtab-kvartirasi
Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
Faoliyat hududi
Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
Tuzilgan vaqti
1994-yil
Hamkorlari
Al-Qoida Al-Qoida
Vaziriston Vaziriston
Oʻzbekiston islomiy harakati
Sharqiy Turkiston islomiy harakati Sharqiy Turkiston islomiy harakati
Tehrik-e Taliban Pakistan Tehrik-e Taliban Pakistan
Islom jihodi ittifoqi
Lashkari Toyiba
Pokiston Pokiston (1996—2001-yillar)
Dushmanlari
Afgʻoniston Shimoliy ittifoq
Iroq va Shom islom davlati Iroq va Shom islom davlati (2015-yildan)[2][3][4]
2001-yildan:
Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
NATO NATO
Qoʻshma Shtatlar AQSh
Aʼzolari soni
52—60 ming atrofida (2014-yilgi ma’lumot)[5][6]
Ishtirok etgan nizolari
Afgʻonistondagi fuqarolar urushi (1992—1996)
2001-yildan beri davom etayotgan Afgʻonistondagi urush
Vaziriston urushi
Suriyadagi fuqarolar urushi[7]
Ikkinchi chechen urushi
Sayti
Shahamat.info
Tolibon

2020-yil 16-aprel holatiga koʻra Tolibon qoʻl ostidagi hududlar oq rangda koʻrsatilgan


Tolibon butun mamlakatni boshqarayotganini eʼlon qildi va avvalgi hukumat aʼzolarini taʼqib qilmasligini va hech kimni mamlakatdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmasligini aytdi.

Etimologiyasi Tahrirlash


„Tolibon“ (push.: طالبان [ṭālibān]) soʻzi pushtu tilidan oʻzbekchaga tarjima qilinganida „oʻquvchilar“ degan maʼnoni anglatib, u „tolib“ (oʻquvchi) soʻzining koʻplik shaklidir. Bu soʻz arabcha „tolib“ (arabcha: طالب [ṭālib] — «oʻquvchi», «talaba») va forscha „on“ koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Arabchada „tolibon“ soʻzi „oʻquvchilar“ emas, „ikkita oʻquvchi“ maʼnosini beradi. Shu sababli Tolibon haqidagi maqolalarni arabchaga tarjima qilganda biroz tushunmovchilik yuz beradi. Ingliz tilida Tolibon harakatining bir aʼzosi haqidagi gapda ham „tolib“ emas, „tolibon“ soʻzi ishlatiladi. Masalan, John Walker Lindh „amerikalik tolib“ emas, „amerikalik tolibon“ deb yoziladi. Pokistonning ingliz tilida chiqadigan gazetalarida Tolibonning bir emas, bir nechta aʼzosi haqida gap ketayotgan boʻlsa „Tolibonlar“ (inglizcha: Talibans) shaklida yoziladi.

Tarixi Tahrirlash


1995-yil BAA tomonidan moliyalashtirilishi taxmin qilingan[12] toliblar Afgʻonistonning Helmand viloyatini qoʻlga kiritadilar, Hikmatyor Gulbiddin askarlari ustidan gʻalaba qozonadilar ammo Ahmadshoh Masʼud diviziyasi tomonidan Kobul ostonasida toʻxtatiladilar. Ular Afgʻonistonning uchdan bir qismini (janubi-sharqini) boshqaradilar.
1996-yil 27-sentabrda toliblar Kobulni jangsiz egallaydilar va Afgʻoniston Islom Amirligiga asos soladilar. Oʻz qoʻl ostilaridagi yerlarda shariat qonunlarini joriy etadilar. Tolibon tuzumiga qarshi Ahmadshoh Masʼud va Burhoniddin Rabboniy boshchiligidagi, asosan tojiklardan tarkib topgan Shimoliy ittifoq hamda Abdul Rashid Doʻstum boshchiligidagi oʻzbeklar qarshi chiqadilar. Terrorchi Usoma bin Lodinning yashirinishiga yordam berganliklari va Bomiyondagi Budda haykallarini portlatishganidan soʻng jahon hamjamiyati ularni terorchi sifatida taniy boshladi.
2001-yil 11-sentabrda AQSHda sodir etilgan terrorchilikdan soʻng, AQSH Afgʻoniston Islom Amirligiga qarshi aksilterror harakatlarini boshlab yubordi va Shimoliy ittifoq harakati yordamida Tolibon tuzumini agʻdardi. Toliblar togʻlarga va Pokistonning Vaziriston provinsiyasiga chekindilar va Hoji Umar boshchiligida qayta birlashdilar. 2000-yillardan boshlab Vaziriston Tolibon harakatining markazi hisoblanadi.
2006-yil 14-fevralda Tolibon Shimoliy Vaziriston hududini Pokistondan mustaqil deb, u yerda Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildilar. Keyinroq, Pokiston armiyasining qarshi kurashlariga qaramay, ular Janubiy Vaziristonni ham egallab, oʻz hududlarini kengaytirdilar.
2007-yil 17-dekabrda pokiston toliblari Tehrik-e Taliban Pakistan guruhi bilan qoʻshildilar. Tehrik-e Taliban Pakistanga vaziristonlik pushtunlardan Maxsud Baytulla boshliq boʻldi[13].
2009-yil fevralda toliblar Pokistonning Svat vodiysida 30 nafar Pokiston politsiyasi va harbiylarini asirga oldilar[14] va Pokiston hukumatidan Svat vodiysida shariat qonunlari oʻrnatilishini talab qildilar, hukumat bunga rozi boʻldi. Keyinroq toliblar Buner okrugini ham qoʻlga kiritdilar[15].
2013-yil 1-noyabrda harbiy dron tomonidan berilgan zarbadan soʻng Maxsud Baytulla vafot etgani haqida Pokiston maxsus xizmati vakili maʼlumot berdi[16].
„Islom jihodi ittifoqi“ islomchi guruhi amiri Horun abu Muhammadning soʻzlariga koʻra 2014-yil soʻngiga kelib, Tolibon Afgʻonistonning qariyb 70 % hududini boshqargan, jumladan, Helmand, Qandahor, Paktiya, Oʻruzgon, Nuriston, Kunar, Badaxshon, Zobul, Gʻazni va b[17].
2014-yil 31-may kuni Tolibon soʻnggi amerikalik asir Bowe Bergdahlni Guantanamoda saqlanayotgan va avval Amirlikda yuqori lavozimlarni egallagan 5 nafar maxbusga almashdi[18]. Обмен вызвал неоднозначную реакцию по всему миру[19].
Germaniya Federativ Respublikasining sobiq stats sekretari Andreas von Bülow 2012-yil 13-yanvarda „Der Tagesspiegel“ nashriga bergan intervyusida Tolibon harakati AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi ishtirokida tuzilgani haqida gapirdi[20]:
AQSH maxsus xizmatlarining salmoqli yordami bilan Afgʻoniston va Pokistonda 30 mingdan kam boʻlmagan musulmon jangarilari maxsus tayyorgarlik koʻrdi, ular orasida oʻz vatanini va gʻoyasini har qanday yoʻl bilan himoya qilishga tayyor boʻlgan fanatiklar guruhi ham bor edi.
Va ulardan biri Usoma bin Lodin edi. Bir necha yil avval shunday yozgandim: „MRBning bu yaratigʻidan Afgʻonistonda Tolibon yetishib chiqdi, ularni amerikaliklar va saudiyaliklar puliga maktablarda Qurʼon yodlatib tayyorladilar“.

AQSHning Afgʻonistonda SSSRga qarshi kurashish uchun 80-yilldarda tayyorlagan jangarilari, jumladan, toliblar haqida matbuotda ayrim iddaolar keltilgan[21][22] ammo aytib oʻtish kerak-ki, 80-yillarda Tolibon harakati hali mavjud emas edi.

2016-yil 21-mayda Tolibon lideri Mansur Axtar boʻlganligi taxmin qilingan avtomobilga dron yordamida raketa zarbasi berdi. 22-may kuni Tolibonning yuqori lavozimdagi qoʻmondonlaridan biri mulla Abdul Rauf va Afgʻoniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Mansur Axtarning oʻlganligi haqidagi xabarni tasdiqladilar. Raketa zarbasi Afgʻoniston va Pokiston chegara hududida amalga oshirilgan.

2017-yil avgustda Tolibon AQSH prezidenti Donald Trumpga AQSH harbiylarini Afgʻonistondan olib chiqib ketish haqida maktub yoʻlladi[23].

2018-yil 9-iyunda Tolibon va Afgʻoniston hukumati vaqtinchalik yarashuv eʼlon qildilar. Bu yarashuv 15-iyunga qadar davom etdi[24]. 22-iyun tunida toliblar birinchi boʻlib Afgʻoniston harbiylariga qarata oʻq uzdilar[25].

2019-yil avgust oyida Tolibon harakatining mulla Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiyasi Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish doirasida Toshkentda uchrashuv oʻtkazishdi[26]. Tolibon delegatsiyasining Oʻzbekistondagi safari 5 kun davom etgan, mulla Barodar boshliq guruh Samarqand va Buxoroga ham borishgan. Ularni viloyat hokimlari tantanali ravishda kutib olishgan[27].

2019-yil soʻngida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Tolibon harakati vakillari Rossiyada Afgʻoniston bilan yarashuv doirasidagi uchrashuvlardan birini oʻtkazishdi. 14 kishilik toliblar delegatsiyasiga mulla Barodar Oxund boshchilik qildi[28].

Mafkurasi Tahrirlash


Tolibonning rasmiy dini islomning ash’ariylik yoʻnalishidir. Unga koʻra bu mafkuraga qarshi chiquvchi har qanday kuch (vosita, inson) — adashgan va sazoyi qilinishi kerak. Tolibon oʻz qoʻl ostidagi hududlarda shariat qonunlarini oʻrnatadi va amal qilinishini qatʼiy nazoratga oladi. Toliblar televideniye, musiqa va musiqiy asboblar, rassomlik sanʼati, alkogol, kompyuter va internet, shaxmat, oq rangli oyoq kiyim (Tolibon bayrogʻi oq rangda), jinsiy aloqaga oid ochiq mulohazalar va b. Koʻplab narsalarni taqiqlaydilar[29]. Erkaklar belgilangan uzunlikda soqol oʻstirishlari kerak. Ayollarga ishlash, erkak shifokor qabulida davolanish, jamoat joyida va begona erkaklarning oldida yuzlarini ochib yurish, erlari yoki erkak jinsli qarindoshlari hamrohligisiz jamoat joylarida yurish taqiqlanadi. Ayollarning taʼlim olishiga ham keskin qarshilik qilingan (2001-yilda toliblar qoʻl ostidagi hududlarda maktabga boradigan qizlar 1 % ni tashkil etgan).

2001-yil 26-fevralda mulla Umar mamlakatdagi barcha gʻayriislomiy yodgorliklarni yoʻq qilish toʻgʻrisida farmon chiqardi[30]. Farmonga muvofiq, oʻsha yilning mart oyida Toliblar III va VI asrlarga oid Bomiyon qoyalariga oʻyib ishlangan ikki ulkan Budda haykalini portlatdilar. Bu esa Tolibonning dunyo hamjamiyati tomonidan qoralanishiga sabab boʻldi[31]. Tolibonning bu harakatlari bir qator musulmon mamlakatlarida ham jamoatchilik tomonidan qoralangan[32]. Toliblar ayollarning ta’lim olishini taqiqlash tarafdori. Koʻpincha maktablar toliblar nishoniga aylanadi. Hukumatning mahalliy yuqori lavozimli mulozimi Shavkat Yusayzayning soʻzlariga koʻra, 2008-yilda Pokistonning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Svat vodiysida ular 170 dan ortiq maktablarni vayron qilgan. Qayd etilishicha, ushbu maktablarda 55 mingga yaqin oʻgʻil va qiz ta’lim olib kelgan[33].

Tashqi siyosat Tahrirlash
Rossiya bilan aloqalar Tahrirlash
Tolibon rahbariyati 1999-yil kuzida Ikkinchi chechen urushi paytida Rossiya federal kuchlariga qarshi kurashayotgan chechen jangchilariga 4 million dollar va 24 ta koʻchma zenit-raketa tizimlarini yuborishga qaror qildi[34]. 2000-yil yanvar oyida Tolibonning Pokistondagi vakili Checheniston mustaqilligini tan olishini va Aslan Masxadov hukumati bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishini e’lon qildi[35]. 2000-yil fevral oyida Tolibonning rasmiy gazetasi „Shariat“, musulmon davlatlarini Rossiyaga qarshi urush (jihod) e’lon qilishga chaqirib, „Islomiy mamlakatlar haq yoʻldagilarning Chechenistonda jihodda qatnashishiga imkon berishi kerak“, – deb yozdi[36].

2001-yil kuzida AQSH va Buyuk Britaniya Tolibonga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlab yuborganlaridan keyin Tolibon vakillari Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasini qoʻriqlayotgan Rossiya harbiylariga mulla Umar nomidan muloqotga chiqib, rasmiy Moskva bilan kelishgan holda Amerika agressiyasiga qarshi kurashish taklifini berishdi. Rossiya bunga ijobiy javob qaytarmadi[37].

: Kobulning qulashi (2021)
15-avgust kuni Tolibon harakati Afgʻoniston poytaxti Kobul shahriga hujum boshladi. Kobulga kirish hududida Afgʻoniston harbiylari va Tolibon kuchlari oʻrtasida kuchli toʻqnashuv boshlandi. Shuningdek, shahardagi Puli Charxiy qamoqxonasidan mahbuslar ozod qilindi[113]. Afgʻoniston IIV matbuot xizmati „Tolibon“ harakati Afgʻoniston poytaxtigahujum boshlaganini OAVga e’lon qildi. „Tolibon“ poytaxt gʻarbidagi Kobul universitetini ham oʻz nazoratiga oldi. Hamda Kobul tumanlaridan birida oʻz bayrogʻini oʻrnatdi. Qatardagi „Tolibon“ yetakchisi Afgʻonistondagi toliblardan Kobulda zoʻravonlik qilishdan tiyilishni, mamlakatni tark etishga qaror qilgan har bir kishiga xavfsiz oʻtishni taʼminlashni va ayollarni qoʻriqlanadigan hududlarga borishlarini soʻragan[114].

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani yaqin orada oʻz iste’fosi haqida e’lon qilishi haqida xabarlar tarqaldi. Gʻanining lavozimni tark etishining asosiy sababi Afgʻonistondagi vaziyat ekani ta’kidlandi va prezident Tolibon harakatiga taklif qilmoqchi boʻlgan sulh rejasi doirasida ketish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani aytildi[115]. „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning beshinchi yirik shahri hisoblangan Jalolobodni egallab oldi. Nangarhor viloyatidan deputat Abrarulla Murodning ma’lum qilishicha, shahar oqsoqollar buyrugʻi bilan Tolibonga taslim boʻlgan[116].



15-avgust kechga yaqin „Tolibon“ Kobul boʻyicha bayonot berib, shaharga bostirib kirmasligi, kuch ishlatilmasligi, aksincha hokimiyat tinch yoʻl bilan oʻzgarishini ma’lum qildi. Hokimiyatning Tolibonga oʻtish jarayonini ta’minlash uchun muzokaralar olib borildi[117].

Gʻani mamlakatdan ketganidan soʻng „Tolibon“ harakati butun Afgʻoniston hududini nazorat qilayotganini e’lon qildi. Tolibon oʻz bayonotida mamlakat poytaxtida hech qanday jangovar harakatlar yoʻqligi, harakat butun Afgʻoniston ustidan nazorat oʻrnatganini aytdi[8].
Download 25,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish