Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari!
Biz SHHT doirasida ko‘plab natijalarga erishdik. Shu bilan birga, Tashkilot doirasidagi sheriklikni yanada rivojlantirish uchun hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud.
Shu munosabat bilan barchamiz quyidagi masalalarga e’tibor qaratishimiz lozim.
Birinchidan va eng asosiysi – aholi, ayniqsa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni shakllantirish.
SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga murojaati va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturining qabul qilinishi mana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman.
Ishonamizki, ushbu Dasturni amalga oshirishda SHHT Yoshlar kengashi haqiqiy “lokomotiv” vazifasini o‘taydi. O‘zbekiston ushbu tuzilma faoliyatida faol ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |