(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. 2025-yil 1-yanvarga qadar:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar doirasida oliy ta’lim muassasalari va ular huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini ta’minlash uchun olib kelinadigan kitoblar, jurnallar, o‘quv adabiyotlari, dasturiy ta’minotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro kelishuv bo‘yicha qo‘shma dasturlar (fakultetlar va akademik dasturlar) hamda filiallar (markazlar) shaklida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan chet el oliy ta’lim muassasalari ularning O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan oliy ta’lim faoliyati doirasida olingan daromadlari bo‘yicha barcha turdagi soliqlar, shuningdek chet ellik xodimlarning mehnatiga haq to‘lash fondi qismi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan ozod etilsin.
13. Vazirlik:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
[ OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
[ TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son
Do'stlaringiz bilan baham: |