O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Sodiqova N.
K o'rsatilgan kitob, 52-bet.
2 Sodiqova N.
K o'rsatilgan kitob, 54-bet.
412
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiladi. Bir qo‘rg‘onda qazishma qilganimda Vizantiya uslubidagi ikki 
alebastr ustunchalami topdim, chuqurroq bir joyda esa arab uslubidagi 
buyumlami uchratdim. Bu joylardan topilgan tangalar turk amirlari, 
xalifalariga tegishli, hijriy 425—426 yillarga oid. Yana shuni ham xabar 
qilishni lozim ko‘raman. Kanal o ‘tkazilayotgan joydan sharq tomon 
18-20 chaqirim narida juda qadim zamonga oid minora turibdi. Bu 
ko‘hna inshootning g ‘ ishtlarini atrofdagi odamlar tashib ketishmoqda. 
Biz Vemiy shahriga uchta telegramma yubordik, ammo hech qanday 
javob olmadik. Oradan yana uch yil o ‘tsa, bu nodir minoradan hech 
narsa qolmaydi. Qisqa qilib aytganda, turkistonlik arxeologlar bu 
yerdagi qadimiy yodgorliklami o ‘z himoyasiga olmasalar, fan va tarix 
uchun qimmatli hamma narsa ado bo‘ladi va biz avlodlar qarg‘ishiga 
uchraymiz»1.
Samarqad viloyatining X o'jand tumanida Hoji Yusuf Mir- 
fayozovning ilmiy-madaniy faoliyati ham diqqatga sazovordir. Uning 
uyi X o‘jand madaniy markaziga aylangan. Falakiyotshunoslik, 
matematika, geografiya, tabobat, tarix bo‘yicha bilimdon Hoji Yusuf 
rahbarligida yaratilgan Yer shari globusi XIX asr ikkinchi yarmidagi 
ilmiy kashfiyotlardan biri edi. Globusda 1000 dan ortiq geografik 
nomlar joylashtirilgan2. Turkiston olimlari sinovidan o ‘tgan bu globus 
Peterburgda ham namoyish qilingan. Rossiya Imperatori Geografiya 
jamiyati a ’zolari uning ilmiy jihatdan mukammalligiga ishonch hosil 
qilishgan. Imperator Nikolay II va uning saroy amaldorlari ham 
globusni keng ommaga namoyish etishga sazovor degan xulosaga 
kelishgan va uning muallifini taqdirlashgan3.
Xoji Yusuf Mirfayozov (1842-1924) Osiyo va Yevropa mam- 
lakatlarida ta ’lim olgan o ‘z davrining ilg‘or kishisi va m a’rifatparvari- 
gina emas, balki butun Turkiston o ‘lkasi madaniyati rivojiga katta 
hissa qo‘shgan olim sifatida ham o ‘zidan nom qoldirgan4.
Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda 
m a’rifatparvarlaming m a’lum guruhi shakllanganini uqtirib o ‘tish 
lozim (Sattorxon Abdug‘afforov, Saidrasul Saidazizov, Jo ‘rabek 
Qalandar qori o ‘g ‘li, Shohimardon M irg‘iyos o ‘g ‘li va boshqalar).
1 0 ‘zR MDA, 394-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 27-ish.

X. Хасанов.
Памятники Среднеазиаткой картографии. «Известия Узб. 
Географ. Общества», T.USh, Tashkent, 1964, 62-bet. Shu muallif. « 0 ‘zbekcha 
globus tarixidan». «Sovet makgabi» jum ali, 1962, 9- son, 39—42-betlar.

X. Хасанов.
Географическое наследие ученых Средней Азии. Авто­
реферат на соиск. уч. ст. доктора геогр. наук. Ташкент, 1967, стр. 37.

Saidi Sharif Muhammadrofe.
(S.Sh. Marofiev) Xodji Yusuf Xudjandi. Xud- 
jand, 1995, 13-17-betlar.
413
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mustamlaka Turkistonda fan va madaniyat sohasida bir necha 
ko‘rgazmalar uyushtirilgan. «Turkiston fani, sanoat va qishloq 
xo‘jaligining 25 yillik yubileyi ko‘rgazmasi» 1909 yilda Toshkentda 
ochildi. 1911 yili 3 ta, 1912 yili 2 ta, 1915 yili 2 ta, 1916 yilda 1 
ta badiiy ko‘rgazma uyushtirildi. Turkiston ko‘rgazmasi 7 marta 
Umumrossiya (1870-1913) va 10 marta jahon (1873-1914 yillar) 
ko‘rgazmalarida qatnashgan1.
Rossiya hukumati turli yo'llar bilan o ‘z madaniyati, xususan, 
qo‘shiqchilik san’atini Turkiston hududida keng tarqatishga harakat 
qildi. Shuning uchun ham ular barcha vositalami ishga soldilar.
XIX asming 70-yillari boshlaridan havaskorlik badiiy uyush- 
malari paydo b o ‘laboshladi. Bunday ish bilan asosan Turkiston 
general-gubematorligi shug'ullandi. Aslida, qo'shiqchilar uyushma- 
larini tashkil etish 1866 yilda dramatik to ‘garak sifatida, keyinchalik 
esa, 70-yillaming oxirlarida F. F. Nikitnikov rahbarligida musiqa 
to ‘garagi bilan boshlangan edi. 70-yillaming oxirlari - 80-yillaming 
boshlaridan o ‘lkaning turli yerlarida ms jamoalari tashkil etilib, ular 
o'zlarining madaniy-estetik mahoratini oshirishda madad so‘rab 
yuqori tashkilotlarga murojaat qilaboshladilar.
Bulaming hammasi keyinchalik Toshkent shahrida musiqa 
jamiyatini tashkil etishga unday boshladi. 1883 yil 5 fevralda Turkiston 
general-gubematorligi bunday jamiyatni tuzishga m hsat berdi. Shu 
yilning oktyabr oyida esa jam iyat uchun maxsus bino ajratildi. 1884 
yil yanvar oyidan Toshkent musiqa jamiyati o ‘z faoliyatini boshladi. 
«Toshkent musiqa jam iyati» o ‘z safini tobora kengaytira bordi. Buning 
ijtimoiy sabablari mavjud bo'lib, ular ko‘pincha mustamlakachilik 
ildizlarining mustahkamlanishi, Rossiyadan Turkiston hududiga 
k o ‘plab ms fuqarolarining ko‘chirib keltirilishi bilan bog‘liq edi. 
80-yillaming ikkinchi yarmida jam iyat musiqa Havaskorlaridan 
tashkil topgan orkestr va xorga ega edi. Chunonchi, o ‘sha yillaming 
oxirlarida «Toshkent musiqa jamiyati» xorida 80 dan ortiq qo'shiq- 
chilar faoliyat ko‘rsatdi. Ayni paytda jam iyat qoshida ofiserlar 
havaskorlar orkestri ham faoliyat k o ‘rsatib turdi.
Toshkent ms qo‘shiqchilik san’atining jonlana borishi bu yerda 
ko‘plab ijodiy safarlaming uyushtirilishiga sabab bo‘ldi. Masalan, 
1889 yilda Toshkentga D. Slavyanskiyning xor kapellasi ijodiy 
safarda bo'lgan bo‘lsa, keyinchalik «Малороссийская капелла», 
1891 yilda Fransiya operetta truppasi, 1894-1898 yillarda esa Tiflis 
operasi Turkistonga safar uyushtirdi. Biroq, yevropacha usulda ijro


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish