O’zbekiston respublikasi o’rta maxsus va oliy ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


III.BOB. O’ZBEKISTON SSRNI TASHKIL ETISH JARAYONI



Download 247,89 Kb.
bet7/10
Sana14.07.2022
Hajmi247,89 Kb.
#797895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi O\'zbekiston tarixi Jumaboyev Lazizjonto\'g\'risi 3

III.BOB. O’ZBEKISTON SSRNI TASHKIL ETISH JARAYONI
3.1. O’ZBEKISTON SSRNING TASHKIL TOPISHI, HUDUDI VA AHOLISI
Oʻzbekiston sovet sotsialistik respublikasi (OʻzSSROʻzbekiston SSR) — SSSR tarkibiga kirgan milliy respublika (1925—91). 1991-yil 31-avgustda mustaqilligini eʼlon qildi va Oʻzbekiston Respublikasiga aylandi. Oʻrta Osiyoda SSSR tomonidan oʻtkazilgan milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida tashkil topgan.Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi, Buxoro xalq sovet respublikasi va Xorazm xalq sovet respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashgan. Maydoni 447 400 km². Aholisi 5 milliondan ortiq (1926), 6,4 million (1939), 8,3 million (1959), 11,8 million (1970), 15,4 million (1979), 20 millionga yaqin (1989) kishi.OʻzSSRda oʻzbeklar (14 milliondan oshiq), qoraqalpoqlar (411 900), tojiklar (933 600), qozoqlar (808 200), qirgʻizlar (174 900), turkmanlar (121 600) yashagan (1989).Poytaxti 1925-yil fevraldan to may oyigacha Buxoro, 1925-yil maydan to 1930-yil dekabrgacha Samarqand, 1930 yil oxiridan Toshkentdir.OʻzSSR hududi shimol va shimoli-gʻarbda Qozogʻiston SSR, janubi-gʻarbda Turkmaniston SSR, janubi-sharqda Tojikiston SSR, shimoli-sharqda Qirgʻiziston SSR, janubda Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan. Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan OʻzSSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (OʻzSSR tarkibida, 1929 yildan Tojikiston SSR), shuningdek, Qoraqirgʻiz (Qirgʻiziston) muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; Qirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936 yildan OʻzSSR tarkibida) tarkibiga kiritildi. Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan 1-qurultoyi (1925 yil 13—17 fevral)da "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi — OʻzSSR MIK va OʻzSSR Xalq Komissarlari Soveti — OʻzSSR XKS tuzilgan. OʻzSSR maʼmuriy jihatdan 1925 yilda dastlab 8 ta viloyat (Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va Tojikiston ASSR (1929 yilgacha OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926 yilda maʼmuriy-iqtisodiy r-nlashtirish amalga oshirilgan. 1987 yil da OʻzSSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936 yildan u OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 rayon, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan. OʻzSSR Butunittifoq sovetlarining 3-syezdi (1925 yil 13 may)da SSSR tarkibiga kiritilgan. 1927, 1937, 1978 yillarda OʻzSSR Konstitutsiyalari qabul qilingan.Respublika siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925 yil fevralda Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Oliy Soveti (1937 yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946 yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi — Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. OʻzKP(b) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va burjuaz mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan.Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.Mehnat ahlining eng ommaviy tashkiloti — kasaba uyushmalari ham partiya qoʻmitalariga toʻla-toʻkis qaram boʻlib qolgan.Sovet davrida yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalashga muntazam eʼtibor qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (VLKSM) ning Oʻzbekistondagi organi — Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (OʻzLKSM) shugʻullangan.Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri "Qoʻshchi" ittifoqi boʻlgan (1920—33 yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924 yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va "quloqlashtirish" davrida rol oʻynadi.OʻzSSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan "sotsialistik tajriba" mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi.Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya siyosatini amalga oshirgan boʻlsa, 30-yillardan boshlab oʻz xalqiga nisbatan ommaviy terrorni qoʻlladi.XX-asr 20-yillarining 2-yarmi va 30-yillar boshida OʻzSSRda "Oʻn sakkizlar guruhi", "inogʻomovchilik", "qosimovchilik", "badriddinovchilik", "milliy ittihodchilar", "narkompros ishi" kabi siyosiy ishlar toʻqilishi va Munavvarqori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida oʻzbek xalqining koʻplab asl farzandlari qatagʻon qilindi. Moskvada boʻlib oʻtgan sud majlisidan keyin Munavvarqori boshchiligidagi 15 kishi otib tashlandi, qolgan 70 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi (1931 yil aprel).30-yillar oʻrtasiga kelganda butun mamlakatda boʻlgani singari OʻzSSRda ham ommaviy qatagʻonlar avj oldi.Respublikadagi aksariyat siyosiy rahbarlar 1937—38 yillarda "millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish"da, shuningdek, qurolli qoʻzgʻolon koʻtarishni tayyorlashda ayblandi. F.Xoʻjayev, A.Ikromov, S.Segizboyev, A.Karimov kabi siyosiy rahbarlar qatl etildi.OʻzSSR jamiyatning barcha tabaqalariga yoyilgan hibsga olish toʻlqini ostida qoldi. Davlat va jamiyat arboblari, xoʻjalik rahbarlari va oddiy kishilar bilan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda qatagʻon qilindi. 20-asr oʻzbek adabiyotining arboblari; Fitrat, Choʻlpon va Abdulla Qodiriy va boshqalar otib tashlandi.1937—39 yillarda toʻqib chiqarilgan soxta ayblovlar boʻyicha Oʻzbekistonda 41 mingdan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortigʻi jazolandi, 6 920 kishi esa otib oʻldirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937—53 yillarda OʻzSSR Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan ortiq kishi qatagʻon qilindi, ulardan 15 ming nafari otib tashlandi. 1936—40 yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 5 758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 kishi otib oʻldirishga hukm qilingan edi.1925—29 yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab 3 bosqichda oʻtkazildi . Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzildi. Biroq shoʻrolar hokimiyati oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini "quloq" ("mushtumzoʻr") sifatida tugatish siyosatini olib borgan .Ulugʻ Vatan urushi yillarida OʻzSSRdan 1,5 million kishi frontga ketgan, ulardan 450 mingdan ortiq kishi jang maydonlarida halok boʻlgan. Fashistlar bosib olgan hududlardan Oʻzbekistonga 1 milliondan ortiq kishi, jumladan, 200 ming bola evakuatsiya qilindi. Oʻzbek xalqi yana bir bor oʻzining gumanizmi va bagʻri kengligini koʻrsatdi.Urush yillarida milliy siyosatda kechirib boʻlmas zoʻravonlikka yoʻl qoʻyildi. 1943—44 yillarda qalmoqlar, qrim tatarlar, chechenlar, ingushlar, olmonlar, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, bolqorlar oʻz tarixiy vatani yoki doimiy yashash joylaridan mamlakatning sharqiy hududlariga koʻchirib yuborildi. Qrimdan 151 604 qrim tatarlari, Gurjistondan 110 ming mesxeti turklari, Shim. Kavkazdan 175 ming chechen, 20 mingdan ortiq ingush, 4 500 bolqor, armani va yunonlar OʻzSSRga koʻchirildi30. Koʻchirib keltirilganlar orasida boshqa xalqlarning vakillari ham oz emas edi. Ularga mahalliy hokimiyat va oʻzbek xalqi tomonidan katta yordam koʻrsatildi. Jumladan, uy-joy va yer sotib olish uchun tegishli miqdorda qarz ajratildi, oziq-ovqat bilan yordam koʻrsatildi. Maxsus koʻchirib keltirilganlarning koʻpchiligi kolxoz va sovxozlarga ishga joylashdilar, keyinchalik Mirzachoʻlni oʻzlashtirishda ishtirok etdilar. Urush yillarida OʻzSSR qishloq xoʻjaligi ahli eng murakkab va ogʻir sharoitlarda mehnat qilib, davlatga 4 148 000 tonna paxta, 82 million pud gʻalla, 54 067 tonna pilla, 195 ming tonna sholi, 57 444 tonna hoʻl meva, 36 ming tonna quruq meva, 159 300 tonna goʻsht, 22 300 tonna jun va boshqa mahsulotlarni yetkazib berdilar. Bu fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga qoʻshilgan munosib hissa edi. Urushda vayron boʻlgan xalq xoʻjaligini tiklashga yordam berish uchun koʻplab oʻzbekistonliklar RSFSR, Ukraina SSR, Belorussiya SSR va boshqa respublikalarga joʻnatildi.Urush tugagach, oradan koʻp oʻtmay OʻzSSR boʻylab yana bir yalpi qirgʻin toʻlqini yelib oʻtdi. 20-asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boshidagi qatagʻonlar, asosan, madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratiddi. Oʻzbekiston Kompartiyasi MQ markazning yoʻl-yoʻriqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. Yozuvchi va shoirlardan Said Ahmad, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda, Mirkarim Osim, Hamid Sulaymonov, shuningdek, Muhiddin Qoriyoqubov 1951 yilda "sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati" olib borganlikda ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yil ozodlikdan mahrum etiddilar. Oʻzbek xalqining faxri xisoblangan Oybek badnom qilindi. XX-asrning 50—80-yillarida OʻzSSRda turli sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Mirzachoʻl, Surxon-Sherobod va boshqalar choʻllarning oʻzlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan. Xalqning turmush darajasi sezilarli darajada yaxshilangan, biroq maʼnaviyatga kuchli zarar yetkazilgan. Ayniqsa, Oʻzbekiston iqtisodiyoti markaz manfaatlariga boʻysundirilgan. SSSRning agrar respublikalaridan biriga aylangan OʻzSSRda paxta yakkahokimligi oʻrnatilgan. XX-asrning 60-yillarida Orol dengizining qurishi boshlandi va u mintaqadagi ekologik muhitga jiddiy zarar yetkazdi.OʻzSSR Konstitutsiyasida OʻzSSR Sovet Ittifoqi tarkibidagi teng huquqli suveren respublika sifatida oʻz hududida davlat hokimiyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi, chet davlatlar bilan aloqa bogʻlash, ular bilan shartnomalar tuzish hamda diplomatik va konsullik vakillari ayirboshlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega deb belgilab qoʻyilgan edi. Yuqori lavozimdagi kadrlarni tayinlash yoki olib tashlash markazdan turib hal qilinar edi.XX-asrning 80-yillari boshlariga kelganda sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xoʻjalik yuritish usullari oʻzining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshlaydi. OʻzSSR iqtisodiyoti ham, katta xom ashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega boʻlishiga qaramasdan, SSSRning markaziy hududlaridan juda tez ortda qola boshlagan.OʻzSSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984 yil 23 iyunda boʻlgan Oʻzbekiston Kompartiyasi MQ 16-plenumi mashʼum rol oʻynagan. Moskva tashabbusi va koʻrsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar OʻzSSRda oʻzbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi.SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar boʻyicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, 1983 yildayoq OʻzSSRga yuborilgan edi. Ular keyinchalik markazdan respublikaga kelgan "desantchilar"ga tayanib, Oʻzbekistonda navbatdagi qatagʻonni amalga oshirdi.OʻzSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bogʻliq jarayonlardagi "qoʻshib yozish", "oʻgʻrilik", "koʻz boʻyamachilik", "poraxoʻrlik" va hokazoni (aslida ham bunday moliyaviy jinoyatlar va qingʻirliklar boʻlgan) tergov qiluvchi Gdlyan va Ivanov guruhining talabi bilan respublikadagi jamoa xoʻjaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq xoʻjaligi yetakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, koʻplab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya qoʻmitasi kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xoʻjalik rahbarlari oʻz vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.1983—90 yillarda OʻzSSRda "paxta ishi" degan uydirma boʻyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq oʻtkazildi.OʻzSSR va oʻzbek xalqiga nisbatan qilingan ushbu qatagʻon va yovuzliklar xalq ommasini sovet rejimiga nisbatan nafratini oshirdi, tuzumga boʻlgan munosabatini keskin oʻzgartirdi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda respublikada mustaqillik uchun kurash kuchaydi. Oʻzbek xalqi oʻzining milliy ruhi, ozodlik va kelajakka boʻlgan ishonchini yoʻqotmay, mustaqillik poydevorini qiyinchilik bilan boʻlsada, asta-sekin qoʻyib bordi. Mustaqillikka ishonch 1990 yil 20 iyunda OʻzSSR Oliy Soveti "Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qilganida yaqqol namoyon boʻldi. 1991 yil 31 avgustda "Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida" qonun qabul qilinib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishdi.

Download 247,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish