2.2. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA
“ASALARI O’YINI”ni o’tkazish metodi:
Ish uchun kerak bo’ladi:
-
Situatsion masala va topshiriqni variantlar to’plami
-
Alohida listlarga bosma yozuvda chiqarilgan qura uchun har bir guruhdagi talabalar sonini raqamlash
-
Oq qog’ozlar, ruchka
Ish qadamlari:
-
Topshiriqni hamma podgruppa talabalari bir joyda muhokama qiladi, o’yinning umumiy vaqti 45 daqiqa.
-
Gruppadagi hamma talabalar quraga ko’ra 3 ta podgruppaga bo’linadi, har bir gruppaga 4 tadan.
-
Har bir podgruppa alohida partada o’tiradi, qog’oz va ruchkalarni tayyorlashadi.
-
Qoozga sana, gruppa, fakultet, F.I.O, yoziladi. Shu gruppaga qatnovchi talabalar ro’yxati o’yinni nomi yoziladi.
-
Har bir gruppadan bittadan talaba konvertdan topshiriqni oladi. U bu topshiriqni butun gruppa uchun oladi.
-
Har bir podgruppadan bitta talaba topshiriqni listga yozib chiqadi.
-
Qog’ozda oldingi topshiriqni javoblarini yozib chiqadi.
-
Topshiriq uchun 15 daqiqa ajratiladi.
-
O’yin qadamlarini o’qituvchi kuzatib boradi.
-
Vaqt tugagandan keyin o’qituvchiga yig’ib beriladi.
-
O’yinda hamma qatnashchilari topshiriqni muhokama qiladi, eng to’ri javobni tanlaydilar, yuqori ball qo’yilgan javoblarni talabalar muhokama qiladilar.
-
Muhokama uchun 15 daqiqa ajratiladi.
-
Mashulotning nazariy qismidan talabalar javobi uchun reyting ballari olinadi.
-
Topshiriqni nazariy qismi uchun qaysi gruppa eng to’ri javobni bersa maksimal 100 oladi.
-
Topshiriq bajarilgandan so’ng javob varaqasiga o’z imzosini qo’yadi.
-
Shu topshiriqda qo’yilgan ball talabalarni to’plagan bali hisoblanadi.
-
Jurnalni pastki bo’sh qismida o’yin o’tkazilgan haqida gruppa sardori imzo qo’yadi, o’yin o’tkazilganligi haqida.
-
Talabalarni ishini o’qituvchi saqlab qo’yadi.
Asalari uyasi
-
Shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va davolash uchin qanday vazifalar amalga oshirish lozim?
Bemorni xayotini saqlash, shikastlangan suyaklar bitishini tiklash, qo’l oyoqlar funksiyasini tiklash, kasalni ilgarigi ish qobiliyatini qaytarish.
-
Bemorni davolashdagi quyidagi prinsiplarga amal qilish kerak?
Kechiktirib bo’lmaydigan tartibda yordam ko’rsatish, siniqlarni repazetsiya qilishda adekvat oriqsizlantirish o’tkazish lozim, siljib singanda repzetsiya konservativ va operativ davo metodi qo’llash orqali amalga oshiriladi; konsolidastiya sodir bo’lganda qadoq bo’laklari qo’zg’algan xolatda bo’lish kerak; davolash iloji boricha erta boshlanishi kerak va jabrlanuvchini buzilgan funksiyasi tiklab ilgarigi ish qobiliyatini tiklash lozim.
-
Zamanoviy trovmatologiya va ortopidiyada konservativ davoning qanday usullari mavjud?
Fiksatsion va ekstenzion
-
Fiksatsion metod bu nima?
Shikastlanga soxaga tinchlik berish uchun gips va boshqa bog’lamlardan foydalaniladi.
-
Bog’lam suyak siniqlariga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Qo’l oyoqning shikastlangan segmentini fiksatsiyalaydi.
-
Shikastlangan segmentdagi shish qaytguncha qanday asoratlar hosil bo’lish mumkin? Bo’laklar ikkilamchi siljishi mumkin.
-
Gips bog’lamlarni qanaqa turlari mavjud?
Shinali va sirkulyar bog’lamlar bog’lamlar.
-
Sirkulyar bog’lam qo’yishga qarshi ko’rsatma?
Shikastlangan segmenti ifodalangan sinishida, to’qimalar tirikligida shubxa bo’lganda . yirik qon tomir ezilganda, yumshoq to’qima keng ko’lamda zararlanganda.
-
Shikastlangan segmentga gips bog’lamni qo’yishga qanday qoidaga amal qilish kerak? Shikastlangan segmentni ikki atrofidagi bo’g’imlar bilan fiksatsiya qilish kerak.
-
Gips bog’lam qo’yilgandan keyin 5-7 kun o’tgach shikastlangan soxani rengeniologik tekshirish nima maqsadda o’tkazildi?
Mumkin bo’lgan ikkilamchi siljishini erta aniqlash uchun.
-
Sirkulyar gipsdan keyin bo’g’imda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlar? Yumshoq to’qima ezilishi,yotoq yaralari, ishemiya, kontrakturalar, gangeranadir.
-
Doimiy skelet tortmasidan maqsad?
Birlamchi suyak qadoq hosil bo’lgunga qadar yuk yordamida siniq bo’lakchalari asta-sekin to’g’rilash va shu xolatda ushlab turush.
-
Bu usul yoshi katta va qariyalarda qo’llanilishi chegaralanishi sabablari?
Uzoq mudat pastel rejimi.
-
Skelet tortma usulini ijobiy tomonlari sanang?
Shikastlangan qo’l va oyoqni gipotrofiyasini oldini olish qayta tiklovchi davolashga tezlik bilan o’tish. Skelet tortma qo’l oyoqni bo’g’imlari va mushak funksiyasini saqlab qolgan xolda suyak sinishini xarakatsizligini ta’minlash, qo’l oyoq bog’lam bilan ezilmaydi, qon oqishi buzilmaydi, yotoq yaralar xosil bo’lmaydi,shikastlangan qo’l oyoqni ko’z bilan ko’rib tursa bo’ladi, xarakat esa birinchi kundan boshlanadi.
-
Skelet tortma usulini kamchiligi?
Uzoq vaqt yotish, kasalga aloxida e’tibor va uzoq vaqt statsinarda qolish.
-
Skelet tortma usuli bilan davolaganda asoratlari?
Spetsalar kirgan soxada yallig’lanish.
-
O’choqdan tashqari ostiosentiz aparati konstruksiyasini asosiy kompenentlarini sanang?
Xar xil diametrdagi metall xalqalar va bu xalqalarni birlashtiruvchi teliskopik shtanlar.
-
O’choqdan tashqari ostiosentiz aparati bilan davolashni asosiy yutuqlari? Repozissiyaga yopiq usul bilan erishish, siniqlarni kerakli yo’nalishga yo’naltirish, shikastlangan soxaga miqdorlangan xarakatsizlik shakllantirish, kasalni statsianarda uzoq turmasligi, uzoq muddat yotoq rejimi yo’qligi o’choq sinishlarda, qoplovchi to’qimalarni ko’p miqdordagi defektli siniqlarda, ko’p parchali sinishlarda skelet tortma usuli asosiy davolash usulidir.
-
Siniqni operitiv davolash moxiyati nima?
Suyak siniqlarini idial repazetsiya metal konstruksiyalari bilan ishonchli fiksatsiya.
-
Operativ davoga ko’rsatma? Ochiq sinishlar, asoratli sinishlar, uzilib ketib sinishlar bo’laklar o’rtasida yumshoq to’qima tiqilib qolishi , to’g’rilanmaydigan sinishlar.
-
Oxirgi yillarda osteosentizni qaysi usuli keng qo’llanilmoqda?
Kzostal osteosentiz, kompresiyalovchi.
-
Ekzostal osteosentizni afzalliklari?
Bo’lakchalarni ishonarli fiksatsiyasi, operatsiyadan keyin tashqi fiksatsiyaga xojat yo’qligi, efektli rebalzatsiya.
-
Operatsiyani qaysi turiga asoratlar ko’p?
Konservatif davoga nisbatan,operativ davoga ko’p.
-
Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish chora tadbirlari?
Bemorni obdon tekshirish, operatsiyaga qarshi ko’rsatmalarni aniqlash.
-
Operatsiyaga qarshi ko’rsatmalar?
surunkali yondosh kasalliklar dekompensatsiya bosqichda, kesma o’tkazish joyida yallig’lanish bo’lsa, ilgaridan xarkatsizlik bo’lsa.
Baholash mezoni:
Maksimal ball 20-17,2
|
17-14,2 ball
|
14-11 ball
|
10,8-7,4 ball
|
7,2 ball
|
A’lo
|
Yaxshi
|
O’rta
|
Qoniqarsiz
|
Yomon
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan kam
|
2.3. MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN O'Z-O'ZINI NAZORAT SAVOLLARI
-
Reparativ regenerastiya bosqichlari?
-
Reparativ regenerastiya turlari?
-
Reparativ regenerastiyani stimullash usullari?
-
Osteosintez turlari?
-
Tendoplastika nima?
-
Nevroliz nima?
-
Ochiq sinishlarda UASh taktikasi nimadan iborat?
-
Birlamchi jarrohlik amaliyotiga qarshi ko’rsatma?
Baholash mezoni:
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan kam
|
10-8,6 A’lo
|
8,5-7,1- Yaxshi
|
7-5,5- O’rta
|
5,4-3,7- Qoniqarsiz
|
3,6 va undan kam-yomon
|
3. TAHLILIY QISM
3.1. Grafikli organayzer
3.1 Grafikli organayzer: Jarrohlik davo usullari bo’yicha “VENNA DIAGRAMMASI”
VENNA DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Diagramma Venna tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar
Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar
Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.
Venna diagrammasi
O’TKDA Ilizarov Ekstramedullyar osteosintez
Baholash mezoni:
Maksimal ball
|
12,75-10,65 ball
|
10,5-8,25 ball
|
8,1-5,55 ball
|
5,4 ball
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan kam
|
3.2.VAZIYATLI MASALALAR VA TESTLARNING KOMPLEKSI
1. Regenerastiya turlari:
A.Fiziologik
B.Reparativ
V.Nofiziologik
G.Suyak qadog’i
D. A,B
2. Regenerastiyada necha stadiya farqlanadi:
A.2
B.4
V.3
G.5
D.6
3. Suyak qadog’i turlari:
A.2
B.3
V.4
G.5
D.6
4. Singan suyak bo’laklarini har xil operativ yo’llar bilan birlashtirish nima deyiladi.
A.Osteoliz
B.Artrodez
V.Artroriz
G.Redressastiya
D.Osteosintez
5. Suyakni operativ kesish:
A.Osteotomiya
B.Osteoliz
V.Osteosintez
G.Artroriz
D.Artrodez
6. Qo’l va oyoqni bo’g’imdan kesib olinishi nima deyiladi.
A.Osteosintez
B.Osteotomiya
V.Ekzaartiko’lyatsiya
G.Amputastiya
D.To’g’ri javob yo’q
7. Bek operastiyasi qaysi suyak singanda qo’llaniladi.
A.Qayiqsimon
B.Yarimoysimon
V.No’xatsimon
G.Ilmoqsimon
D.Loviyasimon
8. Pay jarohatlari, teri jarohatisiz nima deyiladi.
A.Ochiq
B.Yopiq
V. A va B
G.To’g’ri javob yo’q
D.Chiqish
9. Nevroliz» termini nimani anglatadi.
A. nervni urab turgan to’qima va chandiqlardan ajratish
B. nervni epinevral kobig’idan ajratish
V. nervni chandiqlardan ajratib bir qismini kesib tashlash.
G. A. va V. to’g’ri
D. hamma javob to’g’ri.
10. Tenotomiya nima?
A. Payni kesish.
B. Mushakni kesish.
V. Payni uzaytirish
G. Pay transpoziyasi.
D. Hamma javob to’g’ri.
Baholash mezoni:
Maksimal ball 15-12,9
|
12,8-10,65 ball
|
10,5-8,25 ball
|
8,1-5,55 ball
|
5,4 ball
|
A’lo
|
Yaxshi
|
O’rta
|
Qoniqarsiz
|
Yomon
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan kam
|
4.AMALIY QISM
4.1. AMALIY KO’NIKMA MAVZUSI:
Chap kurak ochiq sinishida birinchi yordam.
Amaliy ishning bajarilishi.
Chap kurak ochiq sinishida birinchi yordam.
Maqsad: Chap kurak ochiq sinishida birinchi yordam ko’rsatish texnikasi.
Kerakli jihozlar: Valanter, kushetka, Kramer shinasi, bint bog’lami.
Bajariladigan bosqichlar qadamlar:
№ bosqich
|
Bajarilish ketma-ketligi
|
Bajarilmadi (0 ball)
|
To’liq to’ri bajarildi
|
1.
|
Umimiy analgetiklar
|
0
|
20
|
2.
|
Umimiy antibiotiklar
|
0
|
20
|
3.
|
Aseptik bog’lam qo’yish.
|
0
|
20
|
4.
|
Kramer yoki gipsli longeta yordami immobilizatsiya.
|
0
|
20
|
5.
|
Shifoxonaga yuborish
|
0
|
20
|
Jami
|
|
100
|
Baholash mezoni:
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan kam
|
40-34,4-a’lo
|
34-28,4-yaxshi
|
28-22-o’rta
|
21,6-14,8-qoniqarsiz
|
14,4 va undan kam-yomon
|
5. Malaka, ko’nikma va bilimlarni tekshirish usullari
- Og’zaki javob
- Bahsda aktiv ishtrok etish- yozma javob natijalari
- Vaziyatli masalalarini echish
- Amaliy ko’nikmalarni bajarish
- OSKI savollari.
- Ko’rgazmali materiallar.
- Tarqatma materiallar.
5.1. “Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari” mavzusi bo’yicha talabalar bilimi, ko’nikma va maxoratini baholashda qo’llaniladigan nazorat mezonlari
№
|
Baho
|
A’lo
|
Yaxshi
|
o’rta
|
qoniqarsiz
|
yomonёмон
|
|
O’zlashtirish % hisobida
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan kam
|
1.
1.1.
|
Nazariy qism:
Yangi pedagogik tehnologiya
|
20-17,2 ball
|
17-14,2 ball
|
14-11 ball
|
10,8-7,4 ball
|
7,2 ball
|
1.2.
|
Mustaqil ish uchun nazorat savollari
|
10-8,6 ball
|
8,5-7,1 ball
|
7-5,5 ball
|
5,4-3,7 ball
|
3,6 ball
|
2
2.1.
|
Tahliliy qism:
Loyiha proyekti
|
15-12,9 ball
|
12,75-10,65 ball
|
10,5-8,25 ball
|
8,1-5,55 ball
|
5,4 ball
|
2.2.
|
Test
|
15-12,9 ball
|
12,75-10,65 ball
|
10,5-8,25 ball
|
8,1-5,55 ball
|
5,4 ball
|
3.
|
Amaliy ko’nikma
|
40-34,4 ball
|
34-28,4
Ball
|
28-22
ball
|
21,6-14,8 ball
|
14,4 ball
|
5.2 “Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari” mavzusi bo’yicha talabalar bilimi, ko’nikma va maxoratini baholashda qo’llaniladigan nazorat mezonlari
№
|
O’zlashtirish % hisobida
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1
|
96-100%
|
A’lo
"5”
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
savollarga to’liq va to’g’ri javob beradi .
Javob dastur me’yorlaridan yuqori, qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda yuqori sifatda va ijodiy yondoshgan holda berilgan. Mustaqil ravishda savolni tahlil qiladi va ijodiy fikrlaydi, xulosa qiladi. Holatiy masalalarni eng yuqori darajada yechadi. Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Masalalarni yuqori darajada tahlil qiladi. Mustaqil ishlarni to’liq va ortig’i bilan bajargan.
Amaliy ko’nikmalarni yuqori darajada va mustaqil bajaradi.
|
2
|
91-95%
|
A’lo "5"
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
savollarga to’liq javob beradi. Javob dastur me’yorlaridan yuqori, qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda yuqori sifatda va ijodiy yondoshgan holda berilgan . Mustaqil ravishda savolni tahlil qiladi va ijodiy fikrlaydi, xulosa qiladi.
Holatiy masalalarni eng yuqori darajada yechadi.Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Masalalarni yuqori darajada taxlil qiladi. Mustaqil ishlarni to’liq bajargan.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq bajargan.
|
3
|
86-90%
|
A’lo
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
savollarga to’liq, lekin 1-2 xatoliklar bilan javob berilgan. Mustaqil ravishda savolni tahlil qiladi. Holatiy masalalarni to’g’ri yo’nalishda, lekin bir qancha xatoliklar bilan yechadi. Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Mustaqil ishlarni to’liq bajargan.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq, lekin o’qituvchi ko’magida bajargan
|
4
|
81-85%
|
Yaxshi “4"
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
savollarga to’liq, lekin 2-3 xatoliklar bilan javob berilgan. Javoblarni amaliyotda qo’llay oladi, savol mag’zini anglab yetadi, tasavurga ega. Holatiy masalalarni to’g’ri yechilgan, lekin mavzu darajasida yetarli emas. Holatiy masalalarni yechishda faol qatnashadi va to’g’ri yo’nalishda yechadi.
Mustaqil ishlarni to’liq , lekin 1-2 ta kamchiliklar bilan bajargan
Amaliy ko’nikmalarni to’liq, lekin kamchiliklar bilan bajargan.
|
5
|
76-80%
|
Yaxshi “4"
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
savollarga noto’liq javob berilgan. Talaba mavzuni biladi, ammo uni to’liq anglab yetmaydi. Savol mag’zini tushinadi, javob beradi, tasavvurga ega. Interfaol o’yinlarda faol ishtrok etadi.
Holatiy masalalarni noto’liq echadi. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan. Amaliy ko’nikmalarni noto’liq, 2-3 ta xatoliklar bilan bajarilgan
|
6
|
71-75%
|
Yaxshi
“ 4”
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
savollarga to’g’ri, lekin noto’liq javob berilgan.Talaba mavzuni o’zlashtirgan, lekin savollarga to’liq javob bermaydi.
Savol mag’zini tushinadi, etarli aniqlikda javob beradi, tasavvurga ega. Holatiy masalalarni noto’liq yechadi. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan, 3dan ortiq xatoliklar mavjud. Amaliy ko’nikmalarni noto’liq, 4 dan ortiq xatoliklar bilan bajarilgan.
|
7
|
66-70%
|
Qoniqarli “3”
|
Suyak to’qimasining reparativ regeneratsiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.
Talaba mavzuni o’zlashtirgan, lekin savollarga noto’liq,ba’zilariga javob beradi. Holatiy masalalarni to’g’ri yechgan, lekin javob asoslanmagan. Mustaqil ishlar bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Mustaqil ishlar yetarli darajada bajarilmagan, sifatsiz.
Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
8
|
61-65%
|
Qoniqarli “3”
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.
Savollarga noto’liq, xatoliklar bilan javob beradi. Mavzuning ba’zi yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega, noaniq tushunchaga ega. Mustaqil ishlarni bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Mavzu asoslanmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
9
|
55-60%
|
Qoniqarli “ 3”
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.
Savollarga noto’liq, xatoliklar bilan javob beradi. Mavzuning ba’zi yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega, noaniq tushunchaga ega. Holatiy masalalar va testlar noto’g’ri yechilgan.
Mustaqil ishlar bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan, mavzu ochib berilmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
10
|
50-54%
|
Qoniqarli “ 3”
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
qo’yilgan savollarning 1/3 noto’liq va xatoliklar bilan javob berilgan.Talaba mavzuni bilmaydi va holatiy masalalar va testlar yechilmagan. Interfaol o’yinlar xaqida tasavvur va tushunchaga ega emas. Mustaqil ishlar noto’liq va kamchiliklir bilan bajarilgan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
11
|
46-49%
|
Qoniqarsiz "2"
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
qo’yilgan savollarning 1/4 noto’liq va xatoliklar bilan javob berilgan.Talaba mavzuni bilmaydi va holatiy masalalar va testlar yechilmagan.Interfaol o’yinlarda mutloq ishtrok etmaydi. Mustaqil ishlar bajarilmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
12
|
41-45%
|
Qoniqarsiz "2"
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
1/5 qo’yilgan savollarga javob beradi. Talaba mavzuni bilmaydi. Savollarga noto’liq va noto’g’ri javob beradi. Holatiy masalalar ko’plab xatoliklar bilan va noto’g’ri yechilgan. Mustaqil ishlar qo’yilgan 1/5 masala bo’yichagina hal qilingan. Amaliy ko’nikmalar o’zlashtirilmagan, bajarilmaydi.
|
13
|
36-40%
|
Qoniqarsiz "2"
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
1/10 qo’yilgan savollarga, noto’g’ri yo’nalishda javob berilgan. Mavzuni bilmaydi, savollarga javobni almashtirib beradi. Mavzu mutloqo o’zlashtirilmagan, holatiy masalalar va testlar yechilmagan. Amaliy ko’nikmalar o’zlashtirilmagan, umuman bajarilmaydi.
|
14
|
31-35%
|
Qoniqarsiz "2"
|
Suyak to’qimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari mavzusi bo’yicha
savollarga mutloqo javob berilmaydi. Mavzuni bilmaydi. Holatiy masalalar va testlar yechilmagan. Mustaqil ishlar va amaliy ko’nikmalar mutloqo bajarilmagan.
|
TMI- Bolalarda suyak shikastlarini o’ziga xosligi.
Nazorat uchun savollar:
1. Novdasimon sinish turini aytib bering ?
2. Bolalarda suyak to’qimasining o’ziga xosligi?
3. Bolalarda suyaklar shikastida birinchi tibbiy yordam?
4. Bilak suyaklari shikastida qanday gips bog’lam quyiladi?
6. Adabiyotlar
-
Юмашев Г.С. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1990. – 575с.
-
Мусалатов Х.А. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1995. –530с.
-
Мусалатов Х., Юмашев Г., Силин Л. «Травматология ва ортопедия» Т., «Iqtisod-Moliyа» 2007. –530с.
4. WWW.ejbjs.org WWW.jbjs org.uk WWW.traumatic.ru WWW.trauma.bd.ru
O’zRSSV sayti WWW.minzdrav.uz. TTA sayti - WWW.tma.uz. va kafedra sayti-E_mail: travmo_tma@mail.ru da keltirilgan mavzular bo’yicha ma’ruzalardan foydalanilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |