O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining faoliyati. Reja


III. Muxbirlarni akkreditatsiya qilish



Download 36,14 Kb.
bet4/7
Sana14.01.2022
Hajmi36,14 Kb.
#359807
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4. O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot

III. Muxbirlarni akkreditatsiya qilish

 

7. Qo'mita huzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilishuchun tahririyat o'zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo'yilgan,muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.



8. Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:

ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

ixtisoslashuvi;

tarqalish hududi;

elektron pochta manzili;

tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;

kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o'zi bilan birga olib yurishizarur bo'lgan apparatlar.

Buyurtmanomaga batafsil ma'lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oidma'lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjudbo'lgan ma'lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to'rtta fotosurat ilova qilinadi.

9. Muxbirni akkreditatsiya qilish to'g'risidagi buyurtmanoma Qo'mita tomonidantegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko'rib chiqiladi.

10. Akkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan Qo'mita bilanbirgalikda belgilanadi.

11. Akkreditatsiya tartiboti quyidagi asosiy tadbirlardan iborat bo'ladi:

buyurtmanomani va taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish;

muxbirlarni attestatsiyadan o'tkazish;

akkreditatsiya qilish to'g'risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to'g'risidaqaror qabul qilish, akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnomani rasmiylashtirish vaberish.

12. Ommaviy axborot vositasi tahririyati tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarva hujjatlarni ko'rib chiqishni Qo'mita tuzadigan ekspert guruhi amalga oshiradi.Hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari ariza tushgan paytdan boshlab o'n kun muddatdaekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.

13. Attestatsiyani Qo'mita tomonidan rasmiyravishda tuziladigan komissiya o'tkazadi. Komissiya tarkibi va attestatsiyani o'tkazish muddatlari tahririyat bilan kelishilishi kerak. Tahririyat komissiyaningayrim a'zolari ishtirok etishi va attestatsiya o'tkazilishi muddatlari yuzasidan e'tiroz sabablarini asoslagan holda taklifbildirishga haqlidir.

Komissiya attestatsiyani Qo'mitatasdiqlagan dasturga muvofiq o'tkazadi. Muxbirning kasbiy sifatlari va layoqatinitavsiflash bo'yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari to'g'risidagiekspert xulosasi, shuningdek ekspertiza va attestatsiya jarayonida olingan boshqa axborotlar attestatsiya komissiyasining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. Attestatsiya natijalari attestatsiya dalolatnomasibilan rasmiylashtiriladi.

14. Qo'mita attestatsiya dalolatnomasiniko'rib chiqish natijalari asosida muxbirni akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiyaqilishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Ommaviy axborot vositalari muxbirlarini akkreditatsiya qilish to'g'risidagibuyurtmanoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan ko'rib chiqiladi.

15. Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda Qo'mita qaror qabul qilingandan keyinbir hafta muddatda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha O'zbekiston Respublikasiommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish to'g'risidagi guvohnomanirasmiylashtiradi va beradi.

16. Qo'mita akkreditatsiya qilingan muxbirga 2 yilgacha muddatda amal qiladiganakkreditatsiya to'g'risida guvohnoma beradi.

Akkreditatsiya qilish to'g'risidagi guvohnoma Qo'mita reestrida ro'yxatdan o'tkazilgansanadan boshlab amal qiladi.

17. Akkreditatsiyaga taalluqli barcha hujjatlar (buyurtmanomalar, qarorlar,dalolatnomalar, akkreditatsiya qilish to'g'risidagi guvohnoma va shu kabilar) davlattilida rasmiylashtiriladi.

18. Qo'mita O'zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki mazkur Nizomasosida jurnalistni akkreditatsiya qilishni rad etishi mumkin. Qo'mita bunday qarorningsabablari to'g'risida uch kun muddatda ommaviy axborot vositasi tahririyatini yozmashaklda xabardor qiladi.

19. Zarur hollarda Qo'mita huzurida vaqtinchalik yoxud doimiy muxbirlik punktlaritashkil etilishi mumkin.

 


Download 36,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish