Radiatsion pirometrlar.
Ravshanlik pirometrlari.
Temperaturani aniqlashning eng ko’p tarqalgan usuli yorug’lik tarqatuvchi jism spektrining belgilangan qisqa qismidagi nurlanishini absolyut qora jism spektrining o’sha qismidagi nurlanishi bilan taqqoslashga asoslangan. Odatda spektrning
=0,66 mkm atrofida yotuvchi qizil qismidan foydalaniladi. Tolasi ko’rinmaydigan pirometr deb ataluvchi ravshanlik pirometrining sxemasi 20.10-rasmda ko’rsatilgan. L lampochkaning yarim aylana shaklidagi tolasi asbob o’qiga perpendikulyar tekislikda yotadi. Ob ob’ektiv tekshirilayotgan nurlanuvchi sirtning o’sha tekislikdagi tasvirini hosil qilib beradi. F yorug’lik filtri Ok okulyarga faqat 0,66 mkm atrofidagi to’lqin uzunligiga ega bo’lgan qizil nurlarni o’tkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |