INTEGRAL - lot. integer — bir butun, buzilmagan; qayta tiklangan, mat. Oliy matematikada: cheksiz kichik sonlar yigʻin-disi sifatida qaraladigan butun mikdor.
ITTIFOQ - 1 ot Guruh, jamiyat, sinf yoki davlatlar-ning birlikda ish olib borish uchun tuzgan birlashmasi; birlashma, uyushma. ◆ -Axir, bar-cha temuriylar birlashib, ittifoq tuzsa-lar boʻlmasmi? — dedi Nigor xonim. P. Qodi-rov, «Yulduzli tunlar» .
2 sft. Oʻzaro yaxshi munosabatli; inoq, ahil. ◆ Ittifoq oila. Ular bir-biri bilan ittifoq. Ittifoq boʻlmoq. tt Koʻngillari doim yosh boʻlsin. Uzaro doʻst, ittifoq, ham-dam, Oilaga bizdek bosh boʻlsin. H. Gʻulom, «Bayram kechida» . ◆ Ittifoq el sira koʻrmas xoʻrlikni. "Gulixiromon" .
JARGON - \fr. jargon — maʼlum bir gu-ruhga oid soʻz] Biron ijtimoiy yoki professional guruhga xos, faqat ularning oʻzi tushunadigan va adabiy tildan farq qila-digan soʻz va iboralar. Chunki komediyaviy filmda har bitta arzimagan gapda ham biron ishora, majoziy maʼno, kesatiq, shart-li til [◆ jargon\ga xos unsur, piching va shu kabilar boʻlishi mumkin. Gʻ. Salomov, «Tarji-ma nazariyasiga kirish» .
LEKSEMA (yunoncha: lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. Leksema bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obʼyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday Leksema oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi. Mas, uy Leksemasining leksik maʼnosi. — "kishi yashaydigan bino", yugurmoq Leksemasining leksik maʼnosi — "bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan harakatlanmoq" va boshqa Shunga koʻra, ular lugaviy (semantik) maʼno jihatdangina emas, balki fonetik va grammatik jihatdan ham oʻrganiladi.
LEKSIKA (yun. lexis — soʻzga oid, lugʻaviy) — tildagi barcha soʻzlar va iboralar yigʻindisi, tilning lugʻat tarkibi. Leksika maʼlum qonun-qoidaga boʻysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til Leksikasi toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Bu narsa lugʻat tarkibida yangi soʻzlarning paydo boʻlishi, mavjud soʻzlardan ayrimlarining eskirib, isteʼmoldan chiqishi, leksik maʼnosini uzgartirib, yangi maʼno kasb etishi kabi jarayonlarda koʻrinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning oʻzgarishi bilan uzviy bogʻlangan holda Leksika boyib boradi. 20-asrda barcha xalqlar qatori oʻzbek xalqi Leksikasi ham tezlik bilan oʻsib, taraqqiy etdi. Oʻzbek tili Leksikasiga baynalmilal soʻzlar keng koʻlamda kirib keldi. Buning ustiga fan va turli sohalar terminologiyasi ham toʻxtovsiz oʻsib bormoqda. Oʻzbek tili Leksikasida oʻz va oʻzlashgan qatlam, shuningdek, oʻz qatlam tarkibida umumturkiy suzlar va ulardan yasalgan oʻzbekcha suzlar mavjud. Oʻzlashma qatlam tarkibida forscha, arabcha, ruscha-baynalmilal soʻzlar bor. Oʻzbek tili Leksikasi zamonaviyligi jihatdan 3 asosiy qatlamga bulinadi: 1) zamonaviy qatlam — eskilik va yangilik boʻyogiga ega boʻlmagan soʻzlar. Shu qatlamga oid soʻzlar oʻzbek tili Leksikasining asosini tashkil qiladi; 2) eski qatlam — hozirda ham isteʼmolda boʻlgan istorizmlar, arxaizmlar bu qatlamga kiradi; 3) yangi qatlam — yangi Leksika deb ham yuritiladi. Lugʻaviy birliklar ishlatilish doirasi jihatdan 2 qatlamga ajratiladi: 1) ishlatilish doirasi chegaralanmagan soʻzlar. Maʼnosi shu tilda soʻzlovchilar uchun tushunarli va umumqoʻllanish xususiyatiga ega boʻlgan suzlar umumisteʼmoldagi chegaralanmagan Leksika sanaladi; 2) ishlatilish doirasi chegaralangan soʻzlar — til lugʻat tarkibining ajralmas qismi boʻlib, uning tarkibiga dialektal, terminologii kasb-hunar Leksikasi, ilmiy atamalar, jargon va argolar, vulgarizm va varvarizmlar kiradi. Lugʻaviy birliklar nutq koʻrinishlari jihatdan adabiy va soʻzlashuv nutqiga xoslangan boʻladi. Leksika termini biror muallif yoki asar Leksika si kabi tor maʼnoda ham qoʻllanadi: misol uchun: Navoiy Leksikasi, "Oʻtgan kunlar" romani Leksika Ad.: Tursunov U., Muxtorov J,, Rahmatullayev Sh., Hozirgi oʻzbek adabiy tili, T., 1965. Bozorboy Oʻrinboyev
SOʻZ — tilning narsahodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutkda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan koʻrinishi. S. ran uchun qurilish materiali boʻlib xizmat qiladi, lekin, undan farqli ravishda, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. Oʻzida leksik va grammatik maʼnoni birlashtirgan hodda S. muayyan soʻz turkumiga mansub boʻladi, oʻz tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin boʻlgan barcha grammatik maʼnolarni ifodalaydi.
Tilshunoslikda "S." atamasi leksemaga nisbatan ham qoʻllanadi va leksik S. deb yuritiladi. Mas, "soʻz yasalishi", "yasama soʻz" birikmalarida "soʻz" xuddi shu maʼnoda qoʻllanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqelangan holati tilshunoslikda s oʻ z shakl, leksema shakl yokimorfologik soʻz deb ham yuritiladi.
S.ning tovush va maʼno tomoni bor. Lekin har qanday tovush yigʻindisi S. boʻlavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi S. boʻlishi uchun maʼnoga ega boʻlishi, yaʼni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki birbiriga anglatishi kerak. S. maʼnosida umumiylik va yakkalikning , barqarorlik va oʻzgaruvchanlikning dialektik oʻzaro munosabati aks etadi. Maʼnoning barqarorligi oʻzaro tushunishni qulaylashtirsa, uning oʻzgaruvchanligi (S. ning anik, bir maʼnosidagi oʻzgarishlar) S. dan borlikdagi yangi tushuncha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy soʻz sanʼatining muhim omillaridan hisoblanadi. S. ning koʻp maʼnoliligi ham aynan maʼnoning oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq. Soʻzlovchining nomlanayotgan narsaga munosabati S. maʼnosining soʻzlovchi histuygʻusini, shaxsiy fikrini ifodalovchi emotsional jihatini tashkil etadi. S. tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim S.ning grammatik belgilariga (soʻz turkumlari), S. Yasalishi aloqalariga va semantik munosabatlariga (sinonimlar, omonimlar, antonimlar) asoslanadi.
Bulardan tashqari, lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmagan, lekin oʻz tovush qobigʻiga, oʻziga xos maʼno, vazifasiga ega boʻlgan, shu bilan birga soʻz yasash yoki soʻz shaklini hosil qilish uchun foydalaniladigan morfemalardan farqlanuvchi til birliklari ham "S." deb yuritiladi. Bular yordamchi S.lar (bilan, lekin, kabi, xuddi), undovlar (obbo, ehhe, voy), taqlid soʻzlar (miyov, dukurdukur, yaltyult) va modal soʻzlar (shubhasiz, demak, ehtimol)dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |