Issiq va quruq shamol - garmsel esganda, vujudga keladigan qurg’oqchilik o’simliklar uchun juda xavfli bo’ladi. Garmsel vaqtida, tuproqda suv bo'lishiga qaramay, o’simliklarning yer usti organlaridagi suv ko’plab bug’lanib ketishi natijasida ular nobud bo‘lishi kuzatiladi. Bunday vaqtda qurg‘oqchilikka chidamsiz o‘simliklar nobud bo‘ladi.
Fiziologik qurg’oqchilik – tuproqda o‘simliklarni ta‘minlash uchun yetarli miqdorda suv bo‘lsa ham uni ayrim sabablarga ko‘ra o‘simliklarning o‘zlashtira olmasligi bilan tavsiflanadi Bularga tuproqda tuzlarning to‘planishi (sho‘r tuproqlar), tuproq haroratining juda past bo‘lishi, kuchli nordon reaksiyaga ega bo‘lgan tuproqlar (pH=3-5) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bunday tuproqlarda ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sa olmasliklari sabablaridan biri suvni o‘zlashrira olmaganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |