121
MAVZU: “ OGANIZMLARNING INDIVIDUAL RIVOJLANISHI –
ONTOGENEZ ” BOBI YUZASIDAN MASALA VA MASHQLAR YECHISH
1.Lansetnik embrionidagi blastomerlar soni 64 taga yetishi uchun hujayralar necha
marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak?
A) 5 marta meridianal, 3 marta ekvatorial
B) 4 marta meridianal, 2 marta ekvatorial
C) 4 marta meridianal, 3 marta ekvatorial
D) 2 marta meridianal, 1 marta ekvatorial
2. Embrion blastomerlari soni 128 taga yetishi uchun u necha marta meridianal va
ekvatorial bo’linishi kerak?
A) 6 marta meridianal, 3 marta ekvatorial
B) 6 marta meridianal, 4 marta ekvatorial
C) 3 marta meridianal, 3 marta ekvatorial
D) 4 marta meridianal, 3 marta ekvatorial
MAVZU: “GENETIKA ASOSLARI”DAN MASALA VA MASHQLAR.
R EJ A :
1. Genetika va selektsiya bobini o’ziga xos xususiyatlarini
2. Genetika va selektsiya bobi mavzulari izchilligi va taxlili.
3. Genetika va selektsiya bobi mavzulari bo’yicha masala va mashqlar tuzish
M A Q S A D :
Talabalarga genetika va selektsiya bobi mavzulari bo’yicha
masala va mashqlar
tuzish va ulardan biologiya
darslarida foydalanish to’g’risidagi
ma’ruzada egallagan bilimlarini mustahkamlash.
O’ Q U V F A O L I YaT I N A T I J A L A R I :
Genetika va selektsiya bobini o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi;
Genetika va selektsiya bobi mavzulari o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra tasniflaydi;.
Genetika va selektsiya bobi mavzulari bo’yicha masala va mashqlar tuzadi va
sinovdan o’tkazadi.
Amaliy mashg’ulot davomida bajariladigan topshiriqlar
Genetika va selektsiya bobini o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish;
Genetika va selektsiya bobi mavzulari izchilligi va taxlili tasniflash;.
Genetika va selektsiya bobi mavzulari bo’yicha masala va mashqlar tuzish va
sinovdan o’tkazish.
BLITS
SAVOL
1.Monoduragay chatishtirish deb nimaga aytiladi?
2.Diduragay chatishtirish deb nimaga aytiladi?
3. Monoduragay chatishtirishda fenotip va genotip jixatdan nisbat qanday bo’ladi?.
4.Diduragay chatishtirishda fenotip va genotip jixatdan nisbat qanday
122
bo’ladi?
Genetikaga oid masalalar
.
1.
Dominant genlarning bir jufti alohida belgini ifodalaydi, uning retsessivi
boshqa belgini rivojlantiradi, ikkinchi juft dominant gen ham alohida belgini
yuzaga chiqaradi, lekin uning retsessivi esa rangni yuzaga chiqarmaydi,
natijada duragay oq rangli bo’ladi. Bunday holatda digeterozigota
organizmlar o’zaro chatishtirilganda, F
1
da 9:3:3:4 nisbatda xilma-xillik
vujudga keladi. Bunga misol qilib, sichqonlarda jun rangining irsiylanishini
keltirish mumkin.
2.
Bir organizmda mavjud bo’lgan 2ta allel bo’lmagan dominant genlar har
qaysi alohida genotipda uchraganda, bir xil belgini ifodalaydi, birga esa, boshqa
belgini yuzaga chiqaradi, natijada ikkita digeterozigotalarni chatishtirilganda avlodda
belgini ajralishi 9:6:1 nisbatni yuzaga keltiradi. Bu holatga misol qilib, qovoqlarda
meva shaklini misol qilib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: