O‘zbekiston respublikasi oliy va va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


-mavzu: Xar bir yosh guruhda bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodkasi



Download 1,51 Mb.
bet26/80
Sana12.07.2022
Hajmi1,51 Mb.
#779555
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Bog'liq
Матем мажмуа.2 (2)

9-mavzu: Xar bir yosh guruhda bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodkasi.
Reja;
1. Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan ob’ektlarning shakli haqidagi g‘oyalarni o‘zlashtirilishi.
3. Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning o‘rni.
4. Turli yosh guruhlarida geometrik shakllar va ob’ektlarning shakli haqida g‘oyalarni shakllantirishning metodik usullari.
Tayanch so‘z va iboralar: geometrik figuralar, geometrik etalonlar, oval, konus, to‘g‘ri to‘tburchak, doira, uchburchak. geometrik shakl, teng yonli uchburchak, predmet konturi.
Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Tug‘ilgan bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar. Masalan, bir nechta turli butilkalarni bolaning oldiga terib qo‘ysak, bola ovqat yeydigan butilkasini ko‘zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi. Bola biroz ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. Masalan: Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu tarvuzga o‘xshaydi, ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o‘xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. Shakl xuddi o‘lchamga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo‘lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko‘ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol katta. 2-3 yashar bolalar geometrik figuralarni oddiy o‘yinchoq deb his etadilar. Masalan: silindr – stakan, stolba; konus – stakan, stolba; konus – minora. Shuning uchun geometrik figuralar bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega (doira, kvadrat, uchburchak). Bolalar maishiy xizmat qiluvchi predmetlarni etalon (ko‘rgazma deb hisoblangan geometrik figuralarni his eta boshlashadi. Shaklni ko‘rish va his qilish orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. Kichkintoylar predmetlarni faqat ko‘z bilan ko‘ribgina qolmasdan, balki qo‘liga oladi va og‘ziga solib ko‘radi. Keyinchalik esa so‘zlashga harakat qiladi. Bolalarga uchburchak, doira va kvadrat shakllari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi va quyidagicha topshiriq beriladi: Rasmdagi uchburchak shakllarini birlashtirib chiqing. Bolalar uchburchak shakllarini qalam yordamida birlashtirib chiqadilar. Tarbiyachi bilan bolalar gilam ustida doira qurib o`tiradilar. Gilamda katta klyonka ustida plakat va geometrik shakllar (doira, uchburchak, kvadrat) to‘plami. Tarbiyachi boshchiligida geometrik shakllardan turli narsalarni applikatsiya usulida yopishtiradilar. Buning uchun g`oyani bolalardan so`rash mumkin. Masalan: «Bolajonlar, mana shu geometrik shakllardan turli narsalarni yasash mumkin, hozirgi nimalar yasashni xohlashingizni aytasizlar. Men yozib olaman va birgalikda yasaymiz.

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish