Konsentratsiyasi noma’lum eritmadagi glyukoza miqdorini aniqlash
100 ml sig’imli konussimon kolbaga 20 ml qizil qon tuzi eritmasi, 10 ml KOH eritmasi va 5 ml noma’lum konsentratsiyali glyukoza eritmasi qo’shilib, eritma hajmi distillangan suv bilan 40 ml ga yetkaziladi. Eritmaning optik zichligi o’lchanib, graduirlangan grafikdan konsentratsiya hisoblab topiladi. Bu usul qaytaruvchi uglevodlarni, uglevodlarning umumiy miqdorini, saxarozaning turli xil oziq moddalar tarkibidagi miqdorini aniqlashda keng qo’llaniladi.
Ishning hisoboti. 1. Eritma konsentratsiyasining optik zichikka bog‘liqlik (graduirlangan) grafigini tuzish. 2. Olingan ma’lumotlar asosida noma’lum konsentratsiyali eritma tarkibidagi modda miqdorini hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |