Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 0,95 Mb.
bet40/54
Sana23.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#403845
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Aktivlanish energiyasi – berilgan temperaturada kimyoviy ta’sirlashuvga olib keladigan molekulalarning to’qnashuvi uchun kerak bo’ladigan o’rtacha energiyaga nisbatan ichki energiyaining ortiqchasidir. Aktivlanish energiyasi j/mol da ifodalanadi:

(6)

bu yerda, - T2 temperaturadagi reaksiyaning tezlik konstantasi; - T1 temperaturadagi reaksiyaning tezlik konstantasi; R – universal gaz doimiysi.

Shunga binoan, tajribadan topilgan ikki xil temperaturadagi reaksiya tezligining konstantasidan berilgan reaksiyaning aktivlanish energiyasini hisoblab topish mumkin.

Etilatsetatning sovunlanish reaksiyasi quyidagicha boradi:

CH3COOC2H5 + H2O ↔ CH3COOH + C2H5OH

Bu reaksiya HCl katalizatori ishtirokida olib borilganda, reaksiya yetarlicha tezlik bilan boradi.

Suvning miqdori etilatsetat miqdoriga nisbatan ko’proq bo’lgani uchun bu reaksiyani birinchi tartibli reaksiya tenglamasi bo’yicha boradigan reaksiya sifatida qaraladi. Uning tezligi (1) tenglama, tezlik konstantasi esa (2) tenglama bilan ifodalanadi.

Etilatsetatning sovunlanish reaksiyasi davomida uning miqdori kamayib, sirka kislotaning miqdori ortadi va u orqali reksiya tezligini hisoblash mumkin. Sirka kislota konsentratsiyasini o’yuvchi natriy eritmasi bilan titrlab aniqlash oson. Etilatsetat konsentratsiyasini har xil vaqtlarda aniqlab, reaksiya tezligining konstantasini (2) tenglamadan topish mumkin.

Etilatsetatning konsentratsiyasi a birinchi namuna olingan vaqtdan oxirgi namunagacha olingan sirka kislota konsentratsiyasi ortishiga teng bo’lib, titrlashga sarflangan o’yuvchi natriy hajmiga proporsional bo’ladi. Agar titrlashda 1-namunaga b1 ml NaOH, oxirgi namunaga b ml NaOH sarflangan bo’lsa, unda

a=m( b - b1),

bu yerda m – proporsionallik koeffitsiyenti. t vaqtda etilatsetatning konsentratsiyasi (a-x) bo’lsa, u holda



a – x = m( b - bt ) bo’ladi,

bu yerda bt –birinchi namunadan t vaqt o’tganda olingan namunani titrlashga sarflangan NaOH ning millilitrlarda o’lchangan miqdori.



a va (a-x) ifodani (2) tenglamaga qo’ysak, quyidagini ifoda kelib chiqadi:

(7)

Tenglamadan ko’rinib turibdiki, reaksiyaning tezlik konstantasini aniqlash uchun etilatsetat konsentratsiyasini hisoblash shart emas, balki namunani titrlashga qancha NaOH eritmasi sarflanganligini bilish kifoya qiladi.



Ishning maqsadi: 1. Etilatsetatning sovunlanish reaksiyasi tezlik konstantasini va uning temperaturaga bog’liqligini aniqlash. 2. Etilatsetatning sovunlanish reaksiyasining aktivlanish energiyasini hisoblash. 3. Bu reaksiyaning temperatura koeffitsiyentini hisoblash.

Kerakli asbob va reaktivlar: 20, 30 va 40C li termostatlar, 100 ml li 3 ta tubi yassi kolbalar, 200 ml li 6 ta konussimon kolbalar, muzli kristallizator, 2 ml li pipetkalar, 5 ml li pipetka, 50 ml li byuretkalar, 5 ml li o’lchov silindrlari, fenolftalein, etilatsetat, 1/20 N NaOH eritmasi, 0,2 N HCl eritmasi.

Qurilmaning tuzilishi. Tajribani olib borish uchun termostatni sozlab olish kerak. Termostatlar har xil tuzilishda bo’lishi mumkin. Masalan, lampali, gazli, elektrli va hokazo. Oddiy gazli termostatda (19-rasm) gaz gorelkasi (2) yordamida kerakli temperaturagacha isitish uchun suvli idish (1) mavjud, temperaturaning avtomatik boshqarilishi uchun termoregulyator (3) qo’llaniladi. Suvga termometr (4) va aralashtirgich (5) tushiriladi. 20-rasmda balloncha (1) bilan tugagan uzun nayni anglatadigan gazli termoregulyator sxemasi ko’rsatilgan. Balloncha (1) toluol bilan, nay (2) esa yuqorigi kengaygan joyigacha (3) simob bilan to’ldiriladi. Termostat temperaturasi ko’tarilganda toluol kengayadi va naydagi simobni ko’taradi. Simob nayning yuqorigi kengaygan (3) pastki qismini to’ldiradi va shu bilan asta-sekin yuqoridan kelgan nay (5) dan gaz chiqishini to’xtatadi. Natijada quqorigi kengaygan qismdan chiqqan nay (4) gorelka (8) tomonga gaz o’tmaydi. Simob nay (5) ni yopganda, gorelkaga gaz nay (6) dan o’tadi u esa faqat gaz gorelkasi yonib turishini (o’chib qolmasligini) ta’minlash uchun kerak bo’ladigan jo’mrak (7) bilan jihozlangan.


19-rasm. Termostat: 1-idish, 2-gaz

gorelkasi, 3-termoregulyator,

4-termometr, 5-aralashtirgich.






20-rasm. Gazli termoregulyator:

1-balloncha, 2,5,6-naylar, 3-ken-gaygan qism, 4-yon tarmoq,

7-jo’mrak, 8-gaz gorelkasi





Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish