O`zbekiston respublikasi oliy va



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/229
Sana18.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#386224
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

Budjet  kodeksining  142-moddasiga  muvofiq,  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  budjetlari 

balanslashtirilgan 

daromadlar 

va 

xarajatlarga 

ega 

bo’lishi 

lozim. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy 

budjetlari taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.

 

  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 



mahalliy budjetlarini qabul qilish va ijro etishda: 

  -  O’zbekiston  Respublikasi  respublika  budjetining  tumanlar 

va shaharlar budjetlari bilan; 

  -  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining  tumanlar  va 

shaharlar budjetlari bilan; 

  -  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  budjetining, 

viloyatlar  viloyat  budjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar 

budjetining  bir-  biri  bilan,  shuningdek  boshqa  ma’muriy-hududiy 

birlikning tumanlari va shaharlari budjetlari bilan; 

  -  tumanlar  va  shaharlar  budjetlari  o’rtasida  o’zaro 

munosabatlariga yo’l qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan. 

 



 

 

62 



      

 

- mablag’lar  jalb  qilishni  amalga  oshirishga,  yuqori  turuvchi  budjetlardan 



budjet ssudalari olish bundan mustasno; 

- tasdiqlangan  budjetdan  ajratilgan  mablag’lardan  ortiq  xarajatlarni  amalga 

oshirishga; 

- tegishli budjetlar mablag’lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar 

foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga; 

- yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari berishga 

yo’l qo’yilmaydi. 

Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari, tadbirkorlar va 

ishbilarmonlarga yaratilayotgan qulaylik va imtiyozlar hamda  soliq qonunchiligini 

takomillashtirish  borasidagi  islohotlar  yangi  Soliq  kodeksini  ishlab  chiqish 

zaruriyatini yuzaga keltirdi va u 2008-yilning 1-yanvaridan amalga kiritildi. 

2007-yilgacha  amalda  bo’lgan  Soliq  kodeksi  135  moddadan  iborat  bo’lib, 

soliq munosabatlarini tartibga solishda u bilan birga yo’riqnoma, nizom va tartiblar 

ham  qo’llanilar  edi.  Soliq  qonunchiligiga  tez-tez  o’zgartishlar  kiritilishi  va  soliq 

normalarining boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi noaniqlik, 

tushunmovchilik  va  soliq  normalarining  har  xil  talqin  qilinishiga  olib  kelib,  bu 

aksariyat hollarda soliq to’lovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo’lardi. 

Yangi  Soliq  kodeksi  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  belgilash,  joriy 

etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va 

davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek 

soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 

64 bob, 392 moddadan iborat bo’lib, u soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha 

me’yor  va  qoidalarni  mujassamlashtirgan  va  to’g’ridan-to’g’ri  amal  qiluvchi 

hujjatga  aylandi.  Jumladan,  yangi  kodeksda  Prezidentimizning  iqtisodiyotni 

liberallashtirishga  qaratilgan  Farmon  va  qarorlarida  bayon  etilgan  normalar  to’liq 

ifoda topgan. 




 

 

63 



      

 

Yangi Soliq kodeksi haqida gap ketganda, uning tadbirkorlar imkoniyatlarini 



kengaytirish  va  manfaatlarini  himoya  qilishdagi  ahamiyatiga  alohida  to’xtalish 

lozim.  Ya’ni  yangi  qonun  hujjatiga  muvofiq  bahsli  holatlarda  masala  soliq 

to’lovchi  foydasiga  hal  etiladi.  Qonun  tili  bilan  aytadigan  bo’lsak,  yangi  Soliq 

kodeksiga  avvalgisida  mavjud  bo’lmagan  soliq  to’lovchining  haqligi 

prezumptsiyasi  printsipi  kiritildi.  Unga  ko’ra,  soliq  to’g’risidagi  qonun 

hujjatlaridagi  bartaraf  etib  bo’lmaydigan  barcha  qarama-qarshiliklar  va 

noaniqliklar soliq to’lovchi foydasiga talqin etiladi. 

Bundan  tashqari,  Soliq  kodeksining  soliq  ma’murchiligi  masalalariga 

bag’ishlangan  Umumiy  qismi  avvalgisiga  nisbatan  tubdan  o’zgartirildi  va 

kengaytirildi.  Mazkur  qismda  fuqarolarga  sodda  va  tushunarli  bo’lishi  uchun 

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushunchalariga, shuningdek, yuridik shaxs, 

jismoniy  shaxs,  yakka  tartibdagi  tadbirkor  kabi  tushunchalarga  alohida  ta’riflar 

berildi.  Endilikda  barcha  soliq  to’lovchilar  soliqlarni  qaysi  maqsadda 

to’layotganliklari  to’g’risida  to’liq  va  kengroq  tasavvurga  ega  bo’ladilar,  bu  esa, 

o’z navbatida, soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.  

Yana  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  yangi  soliqlar  va  boshqa  majburiy 

to’lovlar  belgilanishini,  imtiyozlar  to’liq  yoki  qisman  bekor  qilinishini,  soliq 

solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, 

ular rasmiy ravishda e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida 3 oy o’tgach, amalga 

kiritilishi qayd etildi. 

Ayni  chog’da  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  stavkalari 

o’zgartirilishini  ko’zda  tutuvchi  soliq  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  hisobot  davri 

boshlanishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinishi kerakligi va ular rasmiy ravishda 

e’lon qilingan oydan keyingi hisobot davrining birinchi kunidan e’tiboran amalga 

kiritilishi belgilab qo’yildi. 

Bundan tashqari, Soliq kodeksida soliq nazoratining shakllari ham belgilanib, 

ularning  mazmun-mohiyati  alohida  moddalarda  aniq-ravshan  tarzda  yoritildi. 



 

 

64 



      

 

Chunonchi,  unda  soliq  tekshiruvlari  tushunchasi  va  ularning  shakllari,  soliq 



tekshiruvlarining  turlari,  ishtirokchilari,  tekshiruvni  o’tkazish  uchun  asos, 

muddatlar, uning davriyligi hamda soliq tekshiruvlarini o’tkazish tartibi to’g’risida 

tushunchalar ochib berildi. 

Soliq  nazorati  bobida,  jumladan,  kameral  nazorat,  xronometraj  masalalari 

yoritilgan.  Ularni  o’tkazish  tartibi,  muddatlari,  davriyligi  hamda  ularni  o’tkazish 

uchun zarur bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tilgan. 

Yuqorida  yangi  Soliq  kodeksi  soliq  masalalarini  tartibga  soluvchi  barcha 

me’yor va qoidalarni mujassamlashtirgan, to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi hujjatga 

aylandi, deya ta’kidladik. 

Shuning uchun ham uning amalga kiritilishi munosabati bilan o’z ahamiyatini 

yo’qotgan bir qator qonun hujjatlari butunlay bekor qilindi. 

"Muddatida to’lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirib olish 

to’g’risida"gi,  "Davlat  boji  to’g’risida"gi,  "Patta  to’lovi  to’g’risida"gi  qonunlar 

shular jumlasidan. 

Yangi Soliq kodeksi, uning avvalgisidan farqli jihatlari haqida shu kabi yana 

ko’plab  e’tiroflarni  bildirish  mumkin.  Bir  so’z  bilan  aytganda,  qonunchilik 

taraqqiyoti xalq va jamiyat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiriladi. Yangi 

kodeks ham bu borada ezgu maqsadlar ro’yobiga xizmat qilishiga shubha yo’q. 

2012-yil  yanvar  oyida  Kongress  Budjet  Boshqarmasi  o’zining  budjet 

istiqbollarini  qayta  ko’rib  chiqib  nashr  qildi,  bu  2001  yil  yanvar  oyidan  beri 

moliyaviy ahvol qanchalik yomonlashganini ko’rsatdi. Bu prognozda KBB federal 

budjetda  2013-2022  moliya  yillari  davomida  $3.1  trillion  miqdorida  umumiy 

defitsit bo’lishi mumkinligini baholadi. Bu baho ostida YaIM foizi sifatidagi xalq 

qo’lidagi qarzlar aslida 2013 yilda 75% ga, 2022 yilda 62% ga pasaytirilardi. Bu 

baho  etarlicha  optimistik  edi,  chunki  KBB  budjet  prognozlari  “joriy  qonunni” 

ko’zda  tutishi  kerak,  va  joriy  qonun  siyosatda  yuz  berishi  ehtimoli  bo’lgan: 

defitsitni  yomonlashtiradigan  soliq  ushlanmalar  muddatini  cho’zish  kabi 



 

 

65 



      

 

o’zgarishlarni  o’z  ichiga  olmaydi.  Aslida,  KBB  prognoziga  ko’ra,  soliq 



ushlanmalari muddatini cho’zish va shunga o’xshash boshqa siyosiy o’zgarishlarni 

o’z  ichiga  olgan  xalqning  qarzi  2022  yilgacha  YaIMning  100%  iga  yaqinlashib 

qolardi.

 

Nazorat uchun savollar. 



 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish