O`zbekiston respublikasi oliy va



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/229
Sana18.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#386224
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

«Budjet  tizimi  to’g’risida»

gi  Qonunda  faqat  3 

ta  organ  -  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari 

hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Budjet tizimini boshqarish 

sohasidagi vakolatlari berilgan bo’lsa, Kodeksda mazkur organlarning vakolatlarini 

muvofiqlashtirish  bilan  birgalikda  budjet  jarayonida  ishtirok  etuvchi  boshqa 

sub’ektlar,  ya’ni  O’zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasi;  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi; xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tu-

manlar  va  shaharlar  kengashlari;  hududiy  moliya  organlari;  budjet  mablag’larini 

taqsimlovchilar; budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar, hamda davlat 



 

 

58 



      

 

maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarning vakolatlari ham aniq belgilab 



qo’yilgan. 

 



Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, 

«Budjet tizimi to’g’risida»

gi Qonunda 

davlat maqsadli jamg’armalarining faqat 4 tasi aks ettirilgan bo’lsa, Kodeksda 7 ta 

davlat  maqsadli  jamg’armalari  va  budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari 

jamg’armalarining maqsad va vazifalari batafsil ko’rsatib o’tilgan. 

 



Shu  o’rinda  ta’kidlash  joizki,  ilgari  qonunchilikda  jamlanma  budjeti 

deyilganda  davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalarining  budjetlari 

tushunilsa,  endilikda  jamlanma  budjet  -  davlat  budjeti,  davlat  maqsadli 

jamg’armalarining budjetlari va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot 

jamg’armasi mablag’lari yig’indisi sifatida talqin qilinmoqda. 

 



2014  yilga  qadar 

«Budjet  tizimi  to’g’risida»

gi  Qonunda  Respublika 

budjeti  daromad  va  xarajatlari,  hamda  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti  va 

mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari ko’rsatilgan bo’lsa, budjet kodeksida 

yuqoridagilar  bilan  birgalikda  tumanlar  va  shaharlar  budjetlarining  daromad  va 

xarajatlari ham aks ettirilgan.  

Qolaversa,  Davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining 

qo’shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanish taomillari belgilanib, 

budjet  ijrosi  qismida  davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari 

budjetlarining 

tasdiqlangan 

parametrlariga 

o’zgartirish 

kiritish 

tartibi 

soddalashtirilgan. 

 

Kodeksda budjet jarayonining barcha bosqichlari ochib berilgan. Jumladan, 



davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini tuzish, ko’rib chiqish 

va qabul qilish tartiblari va muddatlari aniq belgilab berilgan.  

 

Alohida  bobda  budjet  tashkilotlari  va  budjetdan  mablag’  oluvchilarning 



xarajatlar  smetalari  hamda  shtat  jadvallarini  tuzish,  tasdiqlash  va  ro’yxatdan 

o’tkazish tartibi nazarda tutilgan.  

 

G’azna  ijrosi  va  davlat  xaridlarini  amalga  oshirish  tartiblari  ham  keng 



qamrovda belgilangan.  


 

 

59 



      

 



 

Kodeksda  budjetlararo  munosabatlar  tizimi  takomillashtirilgan,  hamda 

qonuniy  mustahkamlangan  bo’lib,  unda  budjetlararo  munosabatlarning  asoslari, 

budjetlararo  transfertlarning  shakllari  va  ularni  o’tkazish,  budjet  tashkilotlariga 

budjet  ssudalarini  ajratish,  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarga,  chet  el  davlatlariga 

ajratiladigan  kredit  liniyalari  va  kreditlarni  bajarish  va  budjet  tizimining  turli 

darajadagi  budjetlari  o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlar  tartiblari  ham  o’z  aksini 

topgan. 


 

Kodeksdagi yana bir yangilik, budjet hisobi va hisoboti tamoyillari, budjet 



hisobining  milliy  standartlarini  ishlab  chiqish  uchun  dastlabki  shartlar,  budjet 

hisoboti  shakllari,  budjet  tashkilotlari  va  budjetdan  mablag’  oluvchilarning 

moliyaviy  hisobotlari,  davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlari 

ijrosi  to’g’risidagi  hisobotlar  tuzilmasi,  davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalari  budjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  yillik  hisobotni  tashqi  auditdan 

o’tkazish,  uni  ko’rib  chiqish  va  tasdiqlash  muddatlari  va  tartiblari  belgilab 

berilgan.  

 



Shu  o’rinda  ta’kidlab  o’tish  joizki,  kodeksni  ishlab  chiqishda  xalqaro 

tajribaga  tayanilgan  bo’lib,  yangi  norma  orqali  budjetni  uch  yillik  davrga 

shakllantirish  uchun  poydevor  qo’yilgan.  Ma’lumki,  iqtisodiyoti  rivojlangan 

aksariyat mamlakatlarda budjetni shakllantirish va tuzish uch yillik istiqbol uchun 

amalga oshiriladi.  

Mazkur  tajribadan  kelib  chiqqan  holda,  kodeksda  budjetdan  mablag’ 

oluvchilar  faoliyati  natijalari  bilan  budjet  xarajatlarini  rejalashtirishning 

bog’liqligini  ta’minlaydigan  o’rta  muddatli  budjetni  rejalashtirish  va  dasturli 

budjetlashtirish  printsiplarini  joriy  etish  uchun  asos  yaratilgan.  Buning  uchun 

kodeksda bir qator yangi normalar kiritilgan. Ushbu yangiliklar budjet xarajatlarini 

budjetdan mablag’ oluvchilarning faoliyati natijalari bilan bog’lashni ta’minlaydi. 

Bu esa, budjetni o’rta muddatga rejalashtirish printsiplarini joriy etish uchun asos 

yaratib, bir yildan ziyod davrga budjet tuzish imkoniyatini tug’diradi. 

 



Kodeksning  yana  bir  muhim  jihati  shundaki,  unda  favqulodda  holat 

sharoitlarida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Qaroriga ko’ra O’zbekiston 




 

 

60 



      

 

Respublikasining  Favqulodda  Davlat  Budjeti  qabul  qilinishi,  hamda  Favqulodda 



Davlat  Budjetining  amal  qilishi  davrida  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

palatalarining  O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjeti to’g’risidagi qarorlarining, 

shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari 

viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpog’iston Respublikasining 

budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  budjetlari  daromadlari  va  xara-

jatlari  hajmi  haqidagi  qarorlarining  amal  qilishi  to’xtatib  turilishi  belgilab 

qo’yilgan.  

 



Kodeks  orqali  kiritilgan  yana  bir  yangi  norma  -  davlat  budjeti  va  davlat 

maqsadli  jamg’armalari  ijrosi  to’g’risidagi  ma’lumotlar  Oliy  Majlis  tomonidan 

qabul qilingandan keyin, hisobot yili uchun davlat budjetining va davlat maqsadli 

jamg’armalari  Bbudjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  axborotni  O’zbekiston 

Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish talabidir.  

 



Kodeksning  yana  bir  muhim  ahamiyati  unda  davlat  moliyaviy  nazorati 

masalalari  ham  alohida  tartibga  solingan,  davlat  moliyaviy  nazorati  asoslari, 

uslublari va turlari, davlat moliyaviy nazorati organlari, davlat moliyaviy nazorati-

ni tashkil qilish tartibi, davriyligi va muddatlari, moliyaviy nazorat ob’ektlarining 

huquq va majburiyatlari aniq ko’rsatib o’tilgan. 

 



Kodeksda  amaldagi  me’yorlarni  kengaytirish  bilan  bir  qatorda,  budjet 

jarayoni  ishtirokchilarining  vakolatlari,  davlat  tomonidan  mablag’  jalb  qilish, 

budjet  ijrosi  ustidan  nazorat  va  budjet  qonunchiligini  buzganlik  uchun  javob-

garlikni aks ettiruvchi yangi moddalar qo’shilgan. 

  Shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  O’zbekiston  Respublikasi  budjet 

kodeksida  turli  darajadagi  budjetlarning  vakolatlari  chegaralanib,  budjetlararo 

munosabatlar tizimi takomillashtirilgan. 

  Jumladan,  O’zbekiston  Respublikasi  Budjet  kodeksining  “Budjetlararo 

munosabatlar”  nomli  20-bobida  budjetlararo  munosabatlar  tushunchasi, 

budjetlarning darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarni o’tkazish, budjetlararo 

transfertlarning  shakllari,  subventsiyalar,  o’tkazib  beriladigan  daromadlar,  

dotatsiya,  budjetlararo  o’zaro  hisob-kitoblar,  budjetlararo  transfertlarni  o’tkazish 




 

 

61 



      

 

tartibi, budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert, aylanma kassa mablag’lari, 



Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjetiga,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy 

budjetlariga qo’llaniladigan cheklovlarga to’xtalib o’tilgan. 

   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

  Alohida qayd etish lozimki, respublikamizda Qoraqalpog’iston Respublikasi 

budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  budjetlariga  qo’llaniladigan 

cheklovlar huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan.  

  Jumladan, 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish