Tekshirish uchun savollar
1. «Tiflopedagogika» so‘zini izohlab bering.
2. Tiflopedagogikani fan sifatida ta’riflab bering.
3. Tiflopedagogika fanining predmeti, ob’ekti va ahamiyatini sharhlang.
4. Tiflopedagogika fanining maqsad va vazifalari nimalardan iboo ratligini izohlang.
Tayanch so‘zlar
1. Tiflopedagogika–greksha «typhlos» ko‘r va pedagogika
ma’nosini anglatadi.
2. Korreksiya – tuzatish, to‘g‘irlash, silliqlashtirish.
3. Oftolmolog – ko‘z shifokori.
4. Kompensasiya – o‘rnini qoplash.
§21. Maktabgacha yoshdagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tavsifi
Ko‘ruv jarayonining buzilishi tug‘ma va keyinchalik payy do bo‘lishi ham mumkin. Tug‘ma ko‘rlik homilaning ona qornidagi vaqtida bo‘lgan kasalliklar va shikastlanish oqibatii da paydo bo‘lishi mumkin yoki ba’zi bir ko‘ruv nuqsonining nasldan-naslga irsiy o‘tishi natijasida bo‘lishi mumkin. Odatda keyinchalik paydo bo‘lgan ko‘rlikda ko‘ruv organlarining kaa sallanishi oqibatida – to‘r parda, shoh parda markaziy nerv sistemasining kasalliklari (meningit, miyadagi shish, meninn goensefalit) organizmning umumiy kasallanishi (qizamiq, gripp) oqibatida, miyaning travmatik shikastlanishi oqibatida paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘ruv analizatorining buzilishlarida rivojlanuvchi va turg‘un turlar mavjud. Rivojlanadigan ko‘ruv nuqsonida patologik jarayonlarning ta’sirida ko‘ruv jarayonn ining doimiy ravishda yomonlashuvi ro‘y beradi. Masalan, glaukomada ko‘zning ichki bosimi ko‘tarilib ketadi va ko‘z
ko‘p uchraydi, ranglarni idrok eta olmaslik patalogiyasining tug‘ma shakllari ham uchraydi.
Ko‘zning harakatlanish funksiyalarining buzilishi narsalarni idrok etish va ularni tasvirlashga ta’sir o‘tkazadi, ko‘z nigohini ma’lum bir nuqtada ushlab turishga xalaqit beradi, dinamik o‘zgarishlarni, chiziqli va shartli kattaliklarni baholashda qii yinchiliklar tug‘diradi.
Shuning uchun korreksion ishlar, hodisalar va predmetlar kuzatishning maxsus usullaridan foydalanishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u eshituv, ta’m bilish, hid bilishga asoslanadi, bolalarda real hayotning murakkab sintetik obrazlari yaratilishi uchun imkon beradi.
Zaif ko‘ruvchilardagi saqlanib qolgan ko‘ruv ularning rivojj lanishiga, o‘quv, mehnat va ijtimoiy adaptasiyada (moslashuvii da) muhim ahamiyatga ega, shuning uchun uni avaylab-asrash zarur, buning uchun muntazam tashxis qo‘yish, ko‘z shifokori huzurida davriy konsultasiyalar o‘tkazib turish, tiflopedagog va psixologlar huzurida konsultasiyalar o‘tkazish zarur.
Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilarda ularni o‘rab turgan dunyoni idrok etish va bilishda teri orqali his qilish muhim ahamiyatga ega. Taktil idrok etish har xil kompleks sezgilar (qo‘l tekkii zish, bosim, issiqlik, sovuqlik, og‘riq, materialning fakturasi va boshqalar) orqali ta’minlanadi va bular orqali narsalarnn ing shakllari, o‘lchamlari va har xil proporsional aloqalar ann iqlanadi. Teri va shilimshiq qavatdagi nerv qoldiqlari tomonii dan qabul qilingan har xil sezgilar bosh miya qobig‘ining qo‘l va barmoqlar ishi bilan bog‘liq bo‘limiga yuboriladi. Ko‘rlar va ko‘zi ojizlar xuddi shunday qo‘llari va barmoqlari bilan «ko‘rishga» o‘rganadilar.
Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilarning har xil faoliyat turlarida teri orqali bilishdan tashqari, eshituv va nutq ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘rlikni kompensasiyalashning birinchi boss qichida yaratilgan differensasiyalangan eshituv va ovoz reaksii yalari narsalar bilan dastlabki tanishuvda va atrofdagi odamlar bilan muloqotda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘r bola odamlarning diqqatini jalb qilish maqsadida tovushlar va so‘zlardan foy-
108
109
Bola ko‘rish jarayonini qancha kech yo‘qotsa, unda shunchaa lik ko‘ruv tasavvurlari ko‘proq bo‘ladi va ularni so‘z ifodalarii da qaytadan tiklash mumkin. Agar ko‘ruv xotiralarini rivojlann tirilmasa, asta-sekin ko‘ruv obrazlari xotiradan yo‘qolib ketishi mumkin.
Ko‘r bolalar yuqori darajada psixofizik rivojlanishga va boo lani o‘rab turgan dunyoni to‘liq bilishga bolada saqlanib qolgan analiz qilish tizimiga suyangan holda barcha imkoniyatlarga egg adir. Maxsus ta’lim sharoitida, eshituv, teri, hid bilish, vibrasion va boshqa psixik jarayonlarning sensor analizatorlari rivojlanishi asoslarining rivojlantirishning o‘ziga xos usullari shakllanadi. Natijada idrok etishni kompensasiyalashni, ya’ni bilim jarayoni shakillarini rivojlantirish imkoniyatlari vujudga keladi.
L.S.Vigotskiy tomonidan, ko‘rlar oltinchi sezgi (harakat) ga egaligi ko‘rsatilib, bu ularga predmetlarni masofada sezz ishga, ranglarni ham sezishga imkoniyat yaratilishi aytiladi. Ta’lim jarayonida pedagog, ota-onalar ko‘rlikni kompensasiya qilish bolada uning hayotining birinchi oylaridan boshlanishii ni hisobga olishlari lozim. Ko‘rlikni kompensasiyalash, deydi L.I.Solnseva, butun psixik ta’lim tizimini, sensor tizimini, inn tellektual komponentlarni o‘z ishiga oladiki, bular bolalarga adekvat va tashqi dunyoni aktiv aks ettiradigan va bolalarni yoshiga qarab har xil shakldagi faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkoniyatlar yaratib beradi. Zaif ko‘ruvchilar hodisalar, predd metlar bilan tanishganda, shuningdek, maydon orientirovkasini olishda va harakatlanganda ularda saqlanib qolgan ko‘ruvdan foydalaniladi. Masalan, ko‘zi ojizlarda ranglarni idrok etish buzilgan holatda bo‘ladi. Keskin ifodalangan yaqindan ko‘rishda va uzoqdan ko‘rishda ko‘zi ojizlar ba’zi bir pedd metni ifodalaydigan xira-shira belgilarni payqamasdan qolishi mumkin. Maxsus ta’lim erta boshlanganda normal maydon va stereoknopik ko‘ruv yaxshi rivojlanadi va mukammallashadi, bu ularda kelajakda murakkab fazoviy ko‘rgazmalarni idrok etish imkonini beradi.
Zaif ko‘ruvchilar orasida ranglarni farqlash funksiyalari buzz ilgan, ko‘ruvning kontrakt sezgirligi etarli bo‘lmagan shaxslar
0, 2 dan yuqori – 0, 4gacha.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda birlamchi nuqsonlar paa tologiyasi yuzaga keladi: ko‘rish o‘tkirligi, rang ajratish, ko‘rish maydoni, yorug‘likni sezish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |