Bolalar psixonevrologik sanatoriyalari - sanatoriya tipidagi davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari
Bolalar psixonevrologik sanatoriyalari rayon, shahar, respublika qaramog‘ida bo‘lishi mumkin. Boshqaruv ishh lari O‘zbekistan sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
4–7 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabgacha psixonevv rologik sanatoriylarga; 7–13 yoshgacha bo‘lgan bolalar–makk tab psixonevrologik sanatoriylariga qabul qilinadilar.
Bolalar psixonevrologik sanatoriylariga bolalarni saralash «Mahalliy sanatoriy va kurortlarda bolalarni davolash uchun mumkin va mumkin bo‘lmagan jarayonlariga muvofiq ravishh da amalga oshiriladi.
Psixonevrologik sanatoriylarga bolalarni yuborish uchun mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar:
nevrozlar, serebrosteniya, markaziy nerv sistemasining erta organik jarohatlanishi natijasidagi nevratik holatlar, miya shikastlanishlari, nonroinfeksiya, samotik kasalliklar;
—psixik kasalliklarning nevrozga o‘xshash formalari;
98
99
Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yaslilar
Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar uchun ixtisoo slashtirilgan yaslilar sog‘liqni saqlash muassasalarining muss taqil bir bo‘limi hisoblanadi va bolalarni tarbiyalash, tadbirlar o‘tkazish, bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish, bolaa lar nutqini o‘stirish kabi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi.
Yaslilarsog‘liqnisaqlashmahalliyorganlariningqaramog‘ida bo‘lib, bu organlar ular ishiga rahbarlik qiladi va bolalarga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatish ishini nazorat etadi.
Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarni yasliga saralash maxsus tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Bu komiss siya tarkibida: pediatr, psixiatr (nevropatolog, psixonevrolog) va logoped bo‘ladi.
Bolalar saralash komissiyasiga quyidagi hujjatlar bii lan yuboriladi: kasallik tarixidan ko‘chirma, poliklinika psixonevrologi va logopedining xulosasi, yashash joyidan ma’lumotnoma, ota-onasining ish joyidan olingan oyligi haqq idagi ma’lumotnoma.
Ixtisoslashtirilgan yaslilarga qabul qilish quyidagicha amall ga oshiriladi:
a) nutqiy rivojlanishida to‘xtalish bo‘lgan bolalar yil davoo mida bo‘shagan joylarga qabul qilinadilar;
b) duduqlanuvchi bolalar 6 oyda bir marta qabul qilinadid lar.
Ixtisoslashtirilgan yaslilarga organik harakterga ega bo‘lgan duduqlanuvchi va nutqiy rivojlanishida to‘xtalish bo‘lgan boo lalar qabul qilinadi.
Yaqqol ifodalangan aqli zaif bolalar (oligofreniya, aqli zaiff lik), tutqanoq va harakatida qo‘pol buzilishlar bo‘lgan bolalar ushbu yasliga qabul qilinmaydilar.
Ixtisoslashganyaslilarkecha-kunduzishlashgamo‘ljallangan bo‘lib, ularga 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Boo lalar yaslida 4 yoshgacha tarbiyalanadilar.
Guruhlar nutq kamchiliklari (duduqlanish, nutqiy rivojlaa nishda to‘xtalish bo‘lishi) bo‘yicha komplektlashtiriladi.
Tarbiyachining kechki logopedik mashg‘ulotlari uchun daftar
Logoped har kuni tarbiyachiga bolalar bilan logopedik ish olib borishi uchun topshiriqlar yozadi. Beriladigan topp shiriqlarga quyidagilar kiradi:
● ayrim artikulyasion mashqlarni bajarish;
● logoped tomonidan maxsus tanlangan so‘zlar, gaplar, qisqa hikoyalar, she’rlarni, bola nutqiga kiritilgan tovushlarni mustahkamlash maqsadida qo‘llash;
● bola diqqati, xotirasi va fonematik malakasini rivojlantii rishga doir topshiriqlarni bajarish;
● o‘qish malakalarini shakllantirish mashqlarini bajarish;
● qirqma harflar bilan ishlash.
Hamma topshiriq turlari bolalarga tanish bo‘lishi, olib borish metodikasi tarbiyachiga yaxshi tushuntirilgan bo‘lishi kerak. Tarbiyachi olib borgan ish haqidagi qisqa ma’lumotni daftarning hisobga olish grafasiga belgilab qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |