Musiqiy tarbiya
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga estetik tarbiya berishda musiqa mashg‘ulotlari ham katta ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulotlarni guruh tarbiyachisi bilan birga musiqa xodimi olib boradi. Musiqiy tarbiya ishlarida korreksion-tarbiyaviy ishlar amalga oshadi. Musiqiy-korreksion tarbiya ishlariga quyidagilar kiradi: bolaning eshitish idrokini o‘stirish, musiqa ritmlarini his qilishni o‘stirish, ashula aytishni hamda musiqali harakatlarni tarbiyalab borish. Bu ishlar individual va frontal mashqlar asosida o‘tkaziladi. Musiqa xodimi katta guruh boo lalari bilan haftada ikki marta frontal mashg‘ulot o‘tkazadi.
Bog‘chada musiqadan individual mashg‘ulotlar esa bir oyda 2-4 marta o‘tkaziladi. Bolalarni estetik tarbiyalashning maviy bog‘chalar kabi maxsus bog‘chalarda ham umuman xalq bayramlarini o‘tkazish an’anaga aylanib qoldi. Bayramlarni nishonlash uchun o‘tkaziladigan «Bayram ertaklari» aqli zaif bolalarda Vatanga mehr-muhabbat va xalqona urf-odatlarga hurmat malakalarini rivojlantirish, shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga aqli zaif bolalar jamoaga o‘rganadi. Ular xursandshilik kayfiyatlarini, mamnunlik tuyg‘ularini his qilishga ham o‘rganib boradilar.
42
43
1. Tasvirlanadigan buyumni ko‘rsatish.
2. Yasama materialning pedagog tomonidan bajarilishi.
3. Tayyorlangan yasamani o‘ynash.
Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi tasvirlangan buyumga bolani diqqat va qiziqishini uyg‘otish va qaratish. Shuning uchun tasvirlanayotgan ob’ekt shakli, rangi bilan boo lalarga tanish bo‘lishi kerak. Masalan: sharlar, bayroqlar, tabiiy narsalar, sabzavotlar, mevalar tasviri.
Buyumlarni ko‘rsatish va tanishtirish o‘yin shaklida olib boriladi. O‘yin jarayoni shunday tashkil qilinishi kerakki, o‘sha buyum bolalarning qo‘lidan bir necha marta o‘tishi lozim.
Ikkinchi bosqich mashg‘ulotlarida pedagog tomonidan bajarilishida ikki moment asosiy o‘rin egallaydi. Yasamani yasashda pedagog bajariladigan ishlarni so‘zlar bilan tasvirlab bolalarni ham shu ishlarga jalb qiladi.
Ikkinchi bosqichning maqsadi: bolalarga mana shu yasalgan yasama buyumning real tasviri ekanligini ko‘rsatishdir. Bunu ing uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi. Yasamaga qarab real buyumlarni topish, 2-3 ta buyum ishidan yasama tasvirlangan buyumni topish. O‘sha buyum tagiga yasamani qo‘yish.
Birinchi tanishishdan keyin bo‘sh soatlarda chizish, yoy pishtirish va konstruksiya (yig‘ish) ishlari topshiriladi. Pedaa gog bolalarga qog‘oz, qalam, plastilin va boshqa materiallar tarqatadi. Ular bilan birga, yo‘l, qor, tutun, aylana va boshqa narsalarni chizadi. Bu narsalarni chizish bolalarga har xil harakatlarni bajarishga imkon beradi.
Mashg‘ulotlar sxemasi quyidagisha:
1. Tasvirlangan predmetlarga bolalar diqqatini tortish.
2. Predmetlarni bo‘laklarga bo‘lib, tahlil qilib tekshirish, uning xarakterli xususiyatlarini oshib berish.
3. Elementar konstruktorlash yordamida predmetlarni ko‘ra bilish.
4. Applikasiya, yopishtirish, rasmlarini chizish usullarii ni ko‘rsatish va so‘zlab berish. Qalam, plastilin, mo‘yqalam bilan ishlash usullari va harakatlarini bajarishdagi xarakterli mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |