293351
+4
S. ALIXONOV
•
*
'lit;'
Wm.
MATEMATIKA
0 ‘QITISH
METODIKASI
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
S. ALIXONOV
MATEMATIKA 0 ‘QITISH
METODIKASI
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lint vazirligi tomonidan
5460100
—
matematika bakalavriat ta Tim yo ‘nalishi bo yicha oliy о ‘quv
yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent
—
2011
UDK: 51(075)
BBK 74.262.21
A51
Taqrizchilar:
Formonov Shokirjon
— O'zbekiston fanlar akademiyasining akademigi, fizika-
matematika fanlar doktori, professor,
Mashrabjon Mamatov
- О ‘zbekiston Milliy Universitetining professori,
fizika-matematika fanlari doktori,
Mamarajab Tojiyev
— pedagogika fanlari doktori, professor.
Alixonov Sodiqjon.
A51
Matematika o'qitish metodikasi: 5460100 — Matematika bakalavr
ta’lim yo'nalishi lalabalari uchun darslik /S. Alixonov. — Т.: Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. — 304 b.
ISBN 978-9943-05-409-7
Ushbu darslik universitet va pedagogika imiversitetlarining matematika
fakulteti talabalari uchun «Matematika o'qitish metodikasi» fanining dasturi
asosida yozilgan bo'lib, unda asosan umumiy metodikaga doir bo‘lgan
matematika o‘qitish metodikasining maqsadi, mazmuni, formasi, metod
va vositalari orasidagi munosabatlar pedagogik, psixologik va didaktik nuqtayi
nazardan ochib berilgan.
Mazkur darslikda keltirilgan barcha nazariy va amaliy mavzularning
mazmuni matematika o'qitish metodikasi fanining amaidagi dasturiga to‘la
mos keladi. Darslikning barcha boblarining oxirida mustaqil ishlash uchun
misollar, o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar hamda tayanch iboralar
keltirilgan.
Ushbu darslik universitetlarning matematika fakulteti bakalavr yo‘na-
lishidagi talabalari hamda matematikadan ta’lim yo‘nalishidagi magistrlar
uchun tavsiya etilgan.
UDK: 51(075)
BBK 74.262.21
ISBN 978-9943-05-409-7
© S. Alixonov, 2011
j
© C hoipon nomidagi nashriyot-m atbaa ijodiy uyi, 2011
S O ‘ZBOSHI
Ushbu darslik m atematika va amaliy m atem atika bakalavr talabalar
uchun matematika o ‘qitish metodikasi kursining dasturi asosida yozilgan.
Darslikda matematik ta ’limning maqsadi, m azm uni, formasi, metodlari
va uning vositalarini matematika darslariga tatbiq qilish qonuniyatlari
psixologik, pedagogik va didaktik nuqtayi nazardan bayon qilingan.
Matematik ta ’limni isloh qilish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va
uzluksiz ta ’limni amalga oshirish masalalari ham bayon etilgan.
M a’lumki, matematika fani mavjud moddiy dunyodagi narsalarning
fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy m unosabatlarni o ‘rganish
jarayonida «ilmiy izlanish» metodlaridan foydalanadi. Shuning uchun
ham ushbu darslikda ilmiy izlanish metodlaridan kuzatish va tajriba,
taqqoslash, analiz ham da sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish va
konkretlashtirishlarni matematika darslarida qo‘llanishi ilmiy-m etodik
jihatidan tushuntirishga harakat qilingan. M atem atikani o ‘qitish jarayo
nida fikrlash formalarini paydo qilish metodikasi ham yoritilgan, ya’ni
hissiy bilish (sezgi, idrok, tasavvur) bilan mantiqiy bilish (tushuncha,
hukm, xulosa) orasidagi mantiqiy bog‘lanishlar ochib berilgan. M ate
matik tushuncha va uni o ‘quvchilar ongida shakllantirish metodikasi,
matematik hukm va uning turlari bo‘lmish aksioma, postulat va teore-
malarni o'quvchilarga o ‘rgatish metodikalari yoritilgan. M atem atik
xulosa va uning induktiv, deduktiv hamda analogik turlarini dars jarayo-
nidagi tatbiqlari ko‘rsatilgan. M atematika fanini o ‘qitishdagi didaktik
prinsiplarning turlarini o ‘rgatishga alohida ahamiyat berilgan.
Darslikda yangi pedagogik texnologiya asosida o'qitishning an ’a-
naviy va no an’anaviy metodlaridan: m a’ruza, suhbat, mustaqil ish,
evristik va muammoli ta ’lim metodlarini dars jarayonida qo‘llanilishiga
katta ahamiyat berilgan. M atematika darsi, uning tuzilishi va uni tashkil
qilish metodikasi, m atematika darsining turlari, darsga tayyorgarlik va
uning tahlili m atem atika darsiga q o ‘yilgan talablar ochib berilgan.
Darslikda yana son tushunchasini kiritish va uni kengaytirish, ular ustida
to ‘rt amalni bajarish, maktabdagi ayniy shakl almashtirishlami o ‘rgatish,
3
maktab matematika kursidagi tenglama turlari, tenglamalar sisternasi
ham da param etrik usulda berilgan tenglamalarni yechish metodikalari
ham ko‘rsatib o ‘tilgan. Darslikning oxirida masala va uning turlarini
yechish metodikasi ham ko‘rsatilgan. H ar bir bob tugagandan keyin
talabalar uchun shu bob mavzularining m azm unini ochib beruvchi
mantiqiy ketma-ketlikka ega bo‘lgan savollar sisternasi ham da tayanch
iboralar keltirilgan.
Ushbu darslik haqida qim matli fikrlarini bildirgan 0 ‘zbekiston
fanlar akadem iyasining akadem igi, professor Sh.K. Farm onovga,
professor N. G 'aybullayev va professor M. Tojiyevlarga va dotsent
M. Rayemovga ham da darslikni o ‘qib chiqib o ‘zlarining qim m atli
fikrlarini bildirgan fizika-matematika fanlar doktori 0 ‘zbekiston Milliy
universitetining profcssori Mashrabjon Mamatovga samimiy m innatdor-
chiligimni bildiranian.
M uallif
Do'stlaringiz bilan baham: |