10-modda. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo`yish hamda uning oqibatlarini minimallashtirish yo`li bilan terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa ob`ektlarning qo`riqlanishini va xavfsizligini ta`minlaydi;
davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli organlariga terrorchilik faoliyatiga aloqador shahslar, guruhlar va tashkilotlar to`g’risida ahborot taqdim etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O`zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II- son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |