Terrorizm va aholi muhofazasi. O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustdagi “Terrorizmga qarshi kurash
to`g’risida”gi qonunining mazmun-mohiyati
1. Terrorizm tushunchasi va uni yuzaga keltiruvchi shart sharoitlar
«Terrorizm» tushunchasining o`zi lotin tilidan olingan bo`lib, «terror» - qo`rquv, dahshat demakdir. Dastlab terror siyosiy ta`sir metodi sifatida Ulug’ frantsuz inqilobi davrida radikallar tomonidan siyosiy raqiblarni qo`rqitish maqsadida qo`llanilgan. Boshqacha qilib aytganda, terrorizm – bu to`g’ridan to`g’ri kuch ishlatish metodi orqali siyosiy muammolarni echishning o`ziga hos usulidir.
Terror davlatning o`z raqiblariga nisbatan qarshi qo`llanilishi bilan birga, shuningdek mahfiy tashkilot va guruhlarning davlatga nisbatan qarshi qo`llanilishi mumkin. Birinchi holatda gap repressiv (jazo) davlat terrori haqida boryapti.
Keng ko`lamda u fashistik davlatlarda (XX asrning 30 – 40 yillarida Germaniyada, 20–40 yillarda Italiyada, 30 – 60 yillarda Ispaniyada va h.), bir q kommunistik diktaturalarida (20-yillarning «qizil terrori», 30 – 50-yillarda SSSRdagi Stalin repressiyalari, 40 – 60-yillarda Hitoydagi Maoist repressiyalari va h.), Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida harbiy va diktatorlar tomonidan qo`llanilgan.Ikkinchi holatda gap haqiqiy ma`nodagi terrozizm haqida boryapti, qaysiki oppozitsion, davlatga qarshi, mahfiy, aniq bir maqsadga qaratilgan, boshqariladigan, mafkuraviy faoliyatni kuch ishlatish orqali o`zida namoyon qiladi. Terroristlarning qurbonlari tasodifiy yoki ataylab tanlangan shahslar bo`lishi mumkin.
Terroristik aktlar ma`lum bir guruhlarni qo`rqitish uchun yoki terroristlarning g’oyalarini propoganda va namoyish qilish uchun xizmat qiladi.Terrorizmning mohiyatini anglash uchun odatda 3 ta uning asosiy tomonlariga e`tibor qaratiladi: harbiy, jinoiy va siyosiy. Harbiy muammo sifatida terrorizm qurolli harakatlarningg alohida, spetsifik turi sifatida ko`riladi va «past (sust) intensivli qurolli to`qnashuv» tarzida belgilanadi. Jinoiy muammo sifatida terrorizm alohida xavfli qattiq jinoyat turidir. Nihoyat, uchinchi pozitsiyada terrorizm siyosiy kurash sifatida ko`riladi, qaysiki ma`lum bir tuzumlarga yoki davlat hokimiyatining aniq, u yoki bu harakatlariga qarshi ijtimoiy-siyosiy norozilik asosida shakllanadi.
Terrorizm – mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shahsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob`ektlarning yo`q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, halqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shahsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, halqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yahlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko`zlab ig’vogarliklar qilishga, aholini qo`rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo`rlik, zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar majmuasidir.
Ekstremizmning mazmun-mohiyati. «Ekstremistik» so`zi esa «akl bovar qilmas darajada», «haddan oshish» ma`nolarini bildiradi.Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va me`yorlarga zid karashlarni ilgari surish, keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy hususiyati hisoblanadi.
Turli ekstremistik guruhlarning o`zaro munosabatida doimiy kelishmovchilik va janjallar, voqelikning keskin o`zgarishi sharoitida ular bo`linib ketadigan guruhlar o`rtasidagi «revolyutsionerliqda» musobaqalashuv kuzatiladi. Ularga yopiq sektalarga hos mistik tildan, e`tiqodga da`vat qilish yoki undan «chetlashish»,
«shakkoklik» uchun jazolash kabi uslublardan foydalanish hosdir. Amerikalik sotsiolog K.Keniston «bunday guruhlarda odatiy shaxsiy nizolar, liderlik uchun kurash, did va qarashlardagi farq sezilarli darajada o`sib, ba`zida, hatto, hayot-mamot masalasigacha etib boradi», — deb yozgan edi.
YAshirin «armiya»larning ichki tarkibi, odatda, «kommandos» (ital’yan terrorchilarida — «kolonnalar», «musulmon birodarlar»da - «jovalalar») deb ataladigan tezkor birliklardan tashkil topadi. Ular bir-birlarini faqat laqablari orqaligina biladigan uch yoki besh kishilik guruhlardan iborat piramida shaklida tuziladi. Ularning tashkiliy tuzilmasi barcha davlatlarda deyarli bir hil. «Jangovar guruh» tashkilot a`zolarining asosiy ehtiyojlarini qondirish, jangarilar tashqariga
chiqmaydigan bevosita yopiq ijtimoiy muhitni yaratishdek ko`plab vazifani bajaradi. Bir so`z bilan aytganda, jangovar guruh terror hurujini uyushtirishdek asosiy vazifasidan tashqari uning tarkibidagi kishilar uchun ijtimoiy muhit vazifasini ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |