Respublikamizda diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi olib borilayotgan ishlar
Halqaro maydondagi qat`iy siyosat. Diniy ekstremizm va halqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka ham dahldor masaladir. CHunki diniy ekstremistik va halkaro ter-rorchilik tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni qar tomonlama rag’batlantirish va qo`llab-quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va halqaro terrorizmning xavfi 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990—1996 yillarda Tojikistondagi
fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yili 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999-2001 yillari Qirg’izistonning Botken, O`zbekistonning Surhondaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004 yilning mart—aprel oylarida Toshkent shahri va Buhoro viloyatida hamda 2004 yilning iyul oyida Toshkent shahrida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari timsolida o`zini ko`rsatdi.
O`zbekistonning AQSH etakchiligida tashkil etilgan halqaro terrorizmga qarshi kurash koalitsiyasi tarkibidagi ishtiroki uning bu sohadagi ichki va tashqi siyosatining
mantiqiy davomidir. O`zbekiston halkaro aksilterror koalitsiyasining faol ishtirokchisi sifatida AQSH harbiy havo kuchlarining transport samolyotlari va vertolyotlariga Afg’onistonda qidiruv-qutqaruv va insonpar-varlik yordamini amalga oshirish uchun o`z havo hududini ochib berdi va Honoboddagi harbiy aerodromning bir qismini AQSH harbiy havo kuchlariga vaqtincha foydalanishga berdi.
O`zbekistonning diniy ekstremizm va halkaro terrorizmga karshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miq-yosdatinchlik, barqarorlikni saklash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, halqining erkin farovon hayotini ta`minlashdir.
Ekstremizm va terrorizmning oldini olish va unga karshi kurash haqida ran ketar ekan, O`zbekiston Afg’onistonda tinchlikka erishishda BMTning faolligini kuchaytirish, Afg’oniston ichki ishlariga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish va qurol-yarog’ olib kirishni taqiklash, ekstremizm va halqaro terrorizmning moliyaviy manbai bo`lgan narkobiznes va narko-trafikka qarshi halqaro miqyosda kurash kabi masalalarda ham e`ti-borga molik takliflarni ilgari surganini ta`kidlash zarur.
O`zbekiston bu tashabbuslar amalga oshishi uchun o`zining ichki siyosatida ham tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 1998 yili 1 mayda tasdiklangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida»gi yangi tahrirdagi Qonunda mazkur yo`nalishdagi faoliyat-ninghuquqiy asoslari mujassam etilgan.
Respublikamiz ekstremizm va terrorizm bilan birga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog’liqbo`lgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat`iy siyosat olib bormokda. 1999 yilda «Giyohvandlik vositalari va psihotrop moddalar to`g’risida»gi, 2000 yilda «Terrorizmga karshi kurash to`g’risida» Qonunlarning qabul qilingani hamda «Eksport nazorati to`g’risida» va «Pulni noqonuniy o`zlashtirish to`g’risida»gi Qonun larni tasdiqlanganligi tayyorlangani fikrimizni tasdiqlaydi.
Bir so`z bilan aytganda, mamlakatimiz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tizimli va tadrijiy kurash olib bormokda. Bu kurash mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini qurish va inson huquklarini ta`minlash uchun xizmat qiladi.
Halqaro shartnomalarda ishtirok etish. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko`plab halqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmokda. SHu bilan birga, bu masalalarda o`ziningtashabbuslarini ilgari surayotganini qam alohida ta`kidlash zarur.
Ma`lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga karshi kurashga qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta Konventsiya va 2 ta protokol) mavjud. Hozirda O`zbekiston 12 ta ana shunday halqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan. Ular qatorida 1971 yildagi fu-qaro aviatsiyasining xavfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash; 1973 yildagi halqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, shu jumladan, diplomatik agentlarga karshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf kilish; 1979 yildagi garovga olish harakatlariga karshi kurash; 1980 yildagi yadroviy materiallarning himoyasi; 1988 yildagi dengiz kemalari harakati xavfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash; 1997 yildagi
bombaviy terrorizmga qarshi kurash; 1999 yildagi terrorizmni moliyalashtirishga karshi kurash halqaro konventsiyalari borligini ko`rish mumkin.
Bugungi kunda BMT tomonidan «YAdroviy terrorizm huruj-lariga qarshi kurash to`g’risida»gi halqaro konventsiya va «Terrorizmga qarshi kurash bo`yicha yalpi kontseptsiya» loyihalari tayyorlanayotgani O`zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash borasidagi tashabbuslariga hamohangdir.
O`zbekiston Evropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan 7 halqaro shartnomani imzolagan. Ularning ichida 1977 yildagi terrorizmning oldini olish; 1978 yildagi shahslarning o`qotar qurollarni sotib olish va ularning saklashini nazorat qilish; 1983 yildagi zo`ravonlik bilan amalga oshirilgan jinoyatlar oqibatida jabrlanganlarga kompensatsiyalar berish to`g’risidagi Evropa Konventsiyalari hamda 1957 yildagi ekstradiktsiya to`g’risidagi Evropa Konventsiyasi 1975 va 1978 yildagi qo`shimcha protokollari va 1959 yildagi jinoiy ishlar bo`yicha o`zaro huquqiy yordam to`g’risidagi Evropa Konventsiyasining 1978 yildagi qo`shimcha protokoli bilan imzolanganini alohida qayd etish lozim.
Qayd etilgan konventsiya va protokollarda mustahkamlab qo`yilgan qoidalar respublikamizda qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa huquqiy-me`yoriy hujjatlarda ham izchil ifodasini topayotganini ta`kidlash zarur.
Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash. Markaziy Osiyo davlatlari o`z mustaqilligiga erishganlaridan so`ng xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash ularning har biri uchun birlamchi masalaga aylandi. Mintaqa ahrlisining qariyb 45 fo- izi yashaydigan O`zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik res-publikadir. Respublikamizning jahon geosiyosiy tizimidagi o`rni va geostrategik salohiyati uning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashdagi mavqeining o`ziga hosligini ko`rsatadi. SHundan kelib chiqib, O`zbekiston diniy ekstremizm, halqaro terrorizm, narkobiznes kabi xavf-larga qarshi kurashga Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan jiddiy e`tibor qaratilishiga o`z hissasini qo`shib kelmokda.
bo`lgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib o`tilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo`yish choralarini ko`radi;
chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik ko`rsatilgan taqdirda esa ularni yo`q qilish choralarini ko`radi;
O`zbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan ob`ektlarini, shuningdek O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning hodimlari hamda ularning oila a`zolarini himoya qilishni ta`minlaydi;
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va halqaro tashkilotlar rahbarlari O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqlari va halqaro tashkilot rahbarlarining xavfsizligi hamda qo`riqlanishini ta`minlaydi;
halqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va halqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
terrorchilikka qarshi kurashuvchi bo`linmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yo`q qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini ta`minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-modda O`zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II- son Qonuni tahririda — O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |