2.Tashqi iqtisodiy aloqalarni sug’urtalashning mazmuni
va uning turlari.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni sug‘urtalash - davlatning, uning xo‘jalik yurituvchi
sub‘ektlari va fuqarolarining muayyan voqealar sodir bo‘lganda (sug‘urta hollari)
ular tomonidan to‘lanadigan sug‘urta
mukofotlari (ya‘ni badallari)dan
shakllanadigan pul fondlari hisobiga mulkiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha
xalkaro iqtisodiy munosabatlardir.
Sug‘urta mukofoti (yoki badal) sug‘urta uchun haq bo‘lib, uni
sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta shahodatnomasiga (polisiga) muvofiq
kiritishga majbur.
Sug‘urta shahodatnomasi (polis) (frants. police, ital. polozza — tilxat, to‘lov
qog‘ozi) - sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qilish to‘g‘risida guvohnoma sifatida
beriladigan sug‘urtalash (yoki Krita sug‘urtalash) to‘g‘risida yozma shartnoma.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni sug‘urtalash jarayonida ikkita sub‘ekt ishtirok
etadi: shahodatnoma (polis) sohibi va sug‘urtalovchi.
Shahodatnoma (polis) sohibi (sug‘urtalanuvchi) - sug‘urta qiziqishini
ifodalovchi, sug‘urta mukofotini to‘laydigan va qonun kuchi yoki ikki tomonlama
bitim (sug‘urta shartnomasi) ga ko‘ra sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta
munosabatiga kiradigan xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt yoki fuqarodir.
Shahodatnoma (polis) sohibi bo‘lib sug‘urtalovchi bilan sug‘urtalash
shartnomalari tuzgan yoki qonun kuchiga ko‘ra sug‘urtalanuvchi bo‘lgan shaxs tan
olinadi. Sug‘urta shartnomasini tuzganda shahodatnoma (polis) sohibi
sug‘urtalovchiga tashqi iqtisodiy xatarni baholash uchun ahamiyatga ega bo‘lgan,
unga ma‘lum bo‘lgan barcha vaziyatlarni hamda sug‘urta qilishning mazkur
ob‘ektiga nisbatan tuzilgan yoki tuzilayotgan barcha shartnomalar to‘g‘risida xabar
berishi kerak. Sug‘urta vaziyati sodir bo‘lganda polis sohibi sug‘urta qilingan mol-
mulkka zarar etishining oldini olishi yoki kamayishi uchun barcha zarur choralarni
ko‘rishga majbur.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni sug‘urtalash tashqi iqtisodiy xatarlarni
sug‘urtalashni anglatadi va u yoki bu shakldagi xalqaro hamkorlikning mahalliy va
xorijiy ishtirokchilari manfaatlarini ta‘minlovchi sug‘urta turlarining majmuidan
iboratdir.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni sug‘urtalash turli xalqaro sug‘urta operatsiyalarini
o‘tkazish vositasida amalga oshiriladi. Xalqaro sug‘urta operatsiyalari — turli
mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o‘rtasida sug‘urta fondini ro‘yobga chiqarish
bo‘yicha xo‘jalik aloqalari sug‘urtasidir.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni sug‘urta qilish umuman sug‘urta kabi mol-
mulkning shaxsiy sug‘urtasi, javobgarlikni sug‘urta qilishni o‘z ichiga oladi.
Shaxsiy sug‘urta fuqarolarning sug‘urta himoyasini amalga oshirishni
anglatadi. Mulkiy sug‘urta qilishda sug‘urta munosabatlarining ob‘ekti bo‘lib turli
turdagi mol-mulk va mulkiy manfaatlar chiqadi. Mulkiy sug‘urtaning iqtisodiy
ahamiyati sug‘urta vaziyati oqibatida vujudga kelgan zararni qoplash hisoblanadi.
Javobgarlikni
sug‘urta qilishda sug‘urta munosabatlarining ob‘ekti
shahodatnoma (polis) sohibining (ya‘ni sug‘urtalanuvchining) biror-bir harakati
yoki harakatsizligi oqibatida jismoniy yoki yuridik uchinchi shaxslar oldidagi
javobgarlik hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni sug‘urtalashning eng ko‘p tarqalgan turlari-
turistlarni sug‘urta qilish , tashqi savdo yuklarini (yuk va yoki transportni) tashish,
valyuta xatarlaridan sug‘urta qilish, xorijiy investitsiyalarni sug‘urta qilish,
avtotransport egasining javobgarligini sug‘urta qilish, to‘lanmagan kredit uchun
qarzdor javobgarligini sug‘urta qilish hisoblanadi.
Sug‘urtalashning ko‘pgina turlari uchun ularning yuridik jihatdan tuzilishi
ixtiyoriy hisoblanadi. Biroq tovar yetkazib berish to‘g‘risida, turistik xizmatlar
to‘g‘risida, qurilish va tashishga pudrat to‘g‘risida, u yoki bu mol-mulkning ijarasi
va boshqalar to‘g‘risida bitimlar tavsifi, qoidaga ko‘ra, sug‘urtalashni shartnoma
amal qilishining zaruriy shart-sharoiti sifatida hisobga oladi. Tegishli
shartnomalarning mazmuniga bog‘liq holda sug‘urtalash xarajatlarini taraflarning
istalgani olishi mumkin, u o‘z manfaatlariga va mahalliy sug‘urta tashkilotlariga
mo‘ljal qilib sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalash shartlarini tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |