3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni sug‘urta qilishni tashqil etish va uni hujjatlashtirish.
majburiyatini oladi. Yanada tushunarli qilib aytadigan bo‘lsak, sug‘urta -bu har xil
noxush hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash hamda
fuqarolarning hayotida tegishli sug‘urta hodisalari ro‘y berganda ularga moddiy
yordam ko‘rsatish maqsadida tashqil etiladigan va undan foydalanish bilan bog‘liq
(maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. O‘tkazish shartiga qarab,
sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob‘ektiga ko‘ra, mulkiy, shaxsiy va
javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning asosini risk tashqil etadi. Sug‘urta
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz
berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon
bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub‘ektlarning sug‘urta faoliyatini
ijobiy tomonga o‘zgartirdi.
Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining
sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi. Bozor
munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etuvchi faoliyatlardan biri sug‘urta
faoliyati bo‘lib, ushbu faoliyatni sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradilar.
Sug‘urta kompaniyalari sug‘urta bozorining asosiy qismini tashqil etadi. Sug‘urta
bozori sug‘urta xizmatiga talabni ifoda etuvchi sug‘urtachilar, bu talabni
qondiruvchi sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta vositachilari va sug‘urta
infratuzilmasi tashkilotlari harakat qiladigan iqtisodiy kenglikdir.
Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir
tomondan, ijtimoiy kafolatni ta‘minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy
majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish
negizida iqtisodiyot sub‘ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga
oladi.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish,
ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini
qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. SHunday
anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari
yuzaga keldi.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «Xizmat»
tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan
«Xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya‘ni u o‘z mijoziga faqat
«Va‘dani sotadi». SHu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «Ko‘rinmaydigan
faoliyat» deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini
tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «Polis» beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining
ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida)
ta‘minlanishi nazarda tutiladi. SHartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan
ma‘lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va
rivojlanishi, iqtisodiyot sub‘ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi,
erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi
kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy
takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya‘ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus
xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilning 5 aprelida
qabul qilingan va shu yilning 28 mayida amaliyotga joriy etilgan «Sug‘urta
faoliyati to‘g‘risida» gi Qonun sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun
hisoblanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi
tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya etish maqsadida 1993 yili Oliy Majlis
―Sug‘urta to‘g‘risida‖ Qonun qabul qilgan edi. o‘tgan yillar mobaynida mazkur
qonunga ikki marta qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Sug‘urtaning iqtisodiy moxiyati sug‘urtalanganlarga yetkazilgan zarar
to‘lanadigan va sug‘urtachilarning ko‘p sonli (badallari) evaziga shakllanadigan
markazlashgan sug‘urta jamg‘armasini yaratadi. Hozirgi vaqtda aholi, korxonalar,
muassasalar, ijtimoiy tashkilotlarning har xil sug‘urta ko‘rinishlari yetkazib
berishga yo‘naltirilgan tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan, mamlakat moliyaviy
bazasini mustahkamlash uchun kasbdoshlar orasida tajriba almashish, umumiy
masala va vazifalarni muhokama qiladigan ―O‘zbekiston sug‘urta klubi‖
mutaxassislar
birlashmasi
tashqil
etilgan,
O‘zbekiston
sug‘urtachilari
Assotsiatsiyasini yaratish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda keyingi yillarda sodir bo‘lgan voqealar bizning iqtisod,
moliya, pul va sug‘urtaga, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘zgartirdi. Hozirgi
vaqtda sug‘urta har bir oila, har bir xo‘jalik, tadbirkor, korxona va butun davlat
uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: