I.BOB.KECHALAR TASHKIL QILISH VA O’TKAZISH METODIKASI
1.1 Sinfdan tashqari ishlar to’g’risida umumiy tushuncha
Chet tilidan sinfdan (darsdan ) tashqari ishlar tizimiga turli tashkiliy
shakllar,metodlar va ish turlari kiradi, shu jumladan ommoviy ishlar (mavzuiy
kecha,viktorina,savol-javob tomoshosi, tanlov,olimpioda,kinofilm (videofilm)
namoyish qilish, cchet tili haftaligi (kuni), ko’rgazma badiy havaskorli,
baynalminal do’stlik klubi va hakozalar)guruhiy ishlar( og’zaki nutq,o’qish,tarjima
to’garaklari, chet ellik do’stlar bilan xat yozishish, ko’rgazmali qurollar yasash
filotelistlar (marka to’plovchilar), drama va musiqa, kino to’garaklari, vaqtli
to’garaklar (albom tuzish,stend yasash, devoriy gazeta chiqarish) va yakkama-
yakka(individual) ishlar(ma’ruza tayyorlash, sh’er yodlash ashula o’rganish,
maqola yozish,biron rol ustida ishlash, ko’rgazmali qurol yoki albom tayyorlash,
kechada cccchiqishga tayyorgarlik ko’rish). Larning hammasini umumiy maqsad
birlashtiradi:
1. chet tilidan bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni kengaytirish va
chuqurlashtirish;
2. o’quvchilarning nemis tiliga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish;
3. shaxsni har tamonlama shakillanishiga hissa qo’shish.
Mazkur maqsadlar o’quvchilarning istak-hohishlari bilan hamohang kelishi
lozim. Nemis tilida sinfdan tashqari ishlar mazmuni ushbu ishlarning asosiy
yo’nalishlari bilan belgilanadi:
1.pragmatik yo’nalish: o’quvchilarda kommunikativ malaka-ko’nikmalarni
shakillantiriah;
2.gnoseologik yo’nalish: bolalarga tili o’rganilayotgan mamlakat to’g’risida,
dunyo voqealari, bolalar va yoshlar tashkilotlar va hakozalar to’g;risida ma’lumot
berish;
3.akseologik yo’nalish: o’quvchilarda narsa-voqealarga to’g;ri baho bera olish
hamda o’z fsoliyatlarida yo’nalishlarini aniqlay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Chet tilidan sinfdan tashqari ishlar printsiplarga rioya qilingan holda amalga
oshiriladi. Ushbu printsiplarning asosiylari quyidagilar:
1.hayot bilan bog’liqlik printsipi;
2.kommunikativ faollik printsepi;
3.o’quvchilarning bilim darajasini hisobga olish va chet tili darslri bilan bog’liqlik
prisipi;
4.o’quvchilani yosh xususiyatlarini inobatga olish printsepi;
5.yakka,guruh va ommoviy ish shakillari birgalikda olib borilish printsepi;
6.chet tlida sinfdan tashqari ishlarni tayyorlanishi va o’tkazilishida fanlarning
o’zaro bog’liqlik printsepi.
Sinfdan tashqari ishlarning davriy turlariga ertaliklar,kechalar,konsertlar,ko’rik
tanlovlar,viktorinalar,olimpiadalar,chet tili haftaligi,dekadasiva oyliklari,matbuot
markazi ishlari kiradi.
Kechalar darsdan keyin o’tkaziladigan ommoviy ishlar orasida mazmunan va
shaklan turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Maktab,kasb-hunar kollejlari va
akademik litseylar hayotida quyidagi kechalar keng tarqalgan:
- unitilmas sanalarga bag’ishlangan mavzuiy kechalar;
- atoqli kishilar bilan uchrashuv;
- chet tlida gapiruvchilar ( yurtdoshlar,xorijiy talabalar,mehmonlar)bilan
uchrashuv;
- maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda bajarilgan ishlar
yuzasidan hiaobot ( to’garak a’zolari, fakultativ ishtirokchilari) kechalari:
- madaniyat,sanat,adabiyot,fan-texnika
arboblari(yozuvchi,shoir,sanatkor,olim,kashfiyotchi) ijodiga bag’ishlangan
kechalar;
- badiy havaskorlik hisoboti
- chet tilida o’rganilgan asarlar muhakamasi doir kechalar va hakazolar.
Har qanday kecha mufassal ssenariy asosida olib boriladi. Kechaning ssenariysi
(dasturi) ga ko’ra tantali , bayramona sharoitda chiqishlar rejalashtiriladi.
Kechani o’tkazish to’rt bosqichni o’z ichiga oladi:
1) dastlabki tayyorgarlik bosqichi- mavzu tanlanadi,o’tadigan vaqti va joyi
belgilanadi, material to’planadi, ssenariy tuziladi va bezash ishlari qilinadi;
2) ijrochilar tayyorligi bosqichi- dasturga bimoan kachaning ijro qismlari
maqomida tayyorgarlik(repetitsiya), yakkama-yakka ishlash, kecha haqida
e’lon hozirlash kabilar;
3) kechani o’tkazish bosqichi- ssenariga ko’ra nomerlar ijro qilinadi, kechaga
yakun yasaladi, mukofotlar beriladi;
4) o’quvchilar umumiy yig’ilishida kecha yuzasidan muhokama o’tkaziladi,
devoriy matbuotda xabar beriladi, alohida ko’mak ko’rsatganlar
ma’muriyat tamonidan rag’batlantilidi.
Kechalarni yil davomida ikki marta, birinchi va ikkinchi yarim yillikda o’tkagan
maqul.
Ko’rik-tanlovlar chet tlida tashkil qlinadigan darsdan tashqari muhim ish
turlaridandir. Unda yaka holda ,gurih bo’lib va sinf bilan qatnashish ruxsat
qilinadi.
Ko’rikning quyidagi turlari tavsiya qilinadi:
1)darslikka kirgan , o’qish kitobidan yoki o’qituvchi tanlagan she’r yoki
parcha (matn) ni ifodali o’qish;
2) o’quv dasturi mavzusi bo’yicha hikoya qilish;
3) rasmlar yoki videofilmlardan lavhani so’z bilan tasvirlash, ovozsiz
berilgan videofilmga ovoz berish;
4) og’zaki tarjima;
5) yozma tarjima;
6) chet tilida ashula aytish va hokazo;
Mazkur tadbirni maktab, kasb-hunar kollejlari va akdemik litseylar
miqyosida va maktablar aro o’tkazish mumkin.
Hakamlar hayati shaxsiy va guruhiy ijrichilik mahoratini baholab, g’libni
aniqlaydi va ajratilgan mukofotni topshiradi. Viktorina (savol-javob tamoshasi)
chet tli va boshqa o’quv fanlarini bilish darajasini va fanlararo aloqani
kuchaytirish yo’lidagi darsdan tashqari muhim ishdir. Mazkur tadbir mavzu
jihatdan xilma-xil bo’ladi. Masalan “ Tevarak -atrof
haqida”.
Olimpiodalar shaklida o’tkaziladigan ommoviy ish o’quvchilarni kasbga
yo’naltiruvchi omillardan sanaladi.
Odatda olimpioda sinf/maktab/kasb hunar kollejlari/ akademik litsey
doirasida, shahar, tuman, viloyat va esublika miqyosida o’tkaziladi.
Olimpioda talablarini quyidagicha umumlashtirib ifodalash mumkin:
- chet tili matnini tez va to’g’ri o’qish;
- ravon talafuz qilish;
- savolga tezkorlik bilan javob berish;
- Tabiiy nutq tezligini namoyish qilish;
- Savolga berilgan javob mazmunining mavzusiga mos kelishi;
- Leksik,grammatik va talaffuzdagi kamchiliklar bor/yo’qligi;
Chet tili olimpiodasi g’oliclari orasida chetili oliy o’quv yurti fakultetlari talabasi
bo’lish huquqini olgan va keyinchalik chet tilidan mutaxasis bo’lib yetishib
chiqqanlar oz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |