Darslik- maxsus ravishda o`quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi.
Jamoa-insonparvrlik va javobgarlik ma`suliyatlariga bog`likligi bilan xarakterlanadigan munosabatlar xamda xamkorlikdagi ijtimoiy ijobiy faoliyatiga asoslangan, kishilarning tashkil etilgan umumiyligi, jamoasidir.
Idrok- mazkur muddatda sezgi organlarida ularning bevosita ta`sir etishi davomidagi bir butun xodisalar yoki narsalarning inson ongida aks etishidir.
Maqsad-bo`lg`usi natijalar xaqida xar doim aqlan o`ylab qurilgan, rivojlantirilgan xayoliy tasavvurlar, kelgusidagi rejalar.
Shaxs dinamikasi - kishiipng ontogenetik rivojlanishini o`z ichiga olgan xolda sub`ektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o`zga-rish jarayoni.
Shaxsiy fazilat - shaxs tomonidan o`zining axloqiy, ruxiy va ishchan-lik qobiliyatining ijtimoiy axamiyatini, jamiyatdagi o`rnini anglay olish xususiyati.
E`tikod - shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va xodisallarning qalban va asosli ishonch bilan bog`langan, uning atrof-muxitga xamda o`zining xatti-xarakatlariga bo`lgan sub`ektiv munosabati.
Evristika ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko`rsatmalari.
Empirik - tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich tadqiqot ob`ekti to`g`risida xar tomonlama tasavvur xosil qilish, ta`lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va xodisalar moxiyatiga erishishga bo`lgan talab o`rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash.
Estetik tarbiya - go`zallikni xis qilish, atrof-muxitdan go`zallikni payqay olish va tushunishga bo`lgan qobiliyatni tarbiyalash.
Extiyoj - individning biror narsa-xodisaga muxtojligi va kishining ruxiy quvvati xamda faolligi manbai xisoblanadigan asosiy xususiyati.
Extimollik - tasodifiylik, pedagogik xayotdagi o`zgarishlarni aniq aytib berish mumkin bo`lmagan, extimol kutilgan jarayon.
Uyin faoliyatnini bir turi bo`lib, ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirish va bunyod etishga, o`z xatti-xarakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo`ladi.
O`z-o`zini baxolash -shaxsning o`z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baxolay olishi.
O`z-o`zini tarbiyalash I) shaxsga xos bo`lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o`z jismoniy, ruxiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
O`qitish - ta`lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan o`qituvchining faoliyati.
O`qitish - 1) ta`limning o`ziga xos usuli bo`lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta`minlanadi; 2) talaba va o`qituvchi, talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi o`laroq atrof-muxit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o`rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni.
O`qituvchining innovatsion faoliyati - ijtimoiy pedagogik fenomen bo`lib, ijobiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.
O`qitish vazifasi - ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari.
O`qitish turlari - sokratcha suxbat metodi, qoloq ta`lim, izoxlash-namoyish etish asosida o`qitish, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashti-rilgan ta`lim, o`quv jarayonini algoritmlash, differentsiatsiyali xamda indnvidual ta`lim va boshqalar.
o`qish – o`quvchinnng o`z qobiliyati, bilimi, malaka va ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xarakat.
Talabalarni kasbga yo`naltirish - talaba-yoshlarga kelajakda o`z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko`rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish texnik tadbirlarnnng asoslangan tizimi.
O`quv-bilish faoliyati - insoniyat tomonidan to`plangan madaniy boylikni egallash bilan bog`lik faoliyat.
O`quv faoliyati shaxsning yangi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallash jarayoni.
Qiziqish - shaxs xarakatiga sabab bo`ladigan faoliyat yo`nalishining ongli shakli.
Xalollik - shaxsiy va ijtimoiy majburiyatlarni, axloqiy me`yorlarni rostguylik bilan saqlash.
Xasad - o`zgalarpiig muvaffaqiyatlarini ko`ra olmaslikdan kelib chiqadigan tyyg`u.
Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilg`or va yangi pedagogik tajribalarni o`rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi - diagnostik satx - pedagogik xodisalar xolatini aniqlash; bashorat qilish satxi - pedagogik faoliyatni eksnerimental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik voqelikni yaratish modellarini o`rnatish; loyixa satxi- pedagogik faoliyatning nazariy kontseptsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o`quv reja, dastur, darslik va o`quv ko`planmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik satxi - pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta`lim amaliyotiga tatbiq etish; reflsktik tuzatma (korrektirovka) satxi - ilmiy tadqiqotlar natijalarining ta`lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baxolash.
Pedagogika fani - maxsus institutlarda (oila, ta`lim va tarbiya, madaniyat muassasalari) maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |