O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi



Download 28,49 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi28,49 Kb.
#903978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
luģat va uning turlari

Uyali lug‘atlarda tub so‘z, undan yasalgan so‘zlar shu so‘z ichida beriladi. Tub so‘zlar odatda alifbo tarkibida qayd etiladi. Qo‘shma so‘z va turg‘un birikmalar esa yetakchi komponenti hisoblangan tub so‘z maqolasiga kiritiladi. Masalan, tur tub so‘zi turmoq, turma, turmak, turmaklamoq, turmachi, turmush, turum, turumtoy, turush, turshak, turg‘un, turg‘unlik kabi yasama so‘zlar bilan bir uyada beriladi. Bu turdagi lug‘atga misol tariqasida M.A.Sobirovning “Matematikadan ruscha-o‘zbekcha lug‘ati”ni (Toshkent, 1973) keltirish mumkin. Unda so‘zlik alifbo tartibida qayd etilgan.
Tarjima lug‘ati lug‘at turlari ichida eng uzoq tarixga egadir. Bunday lug‘atlarning taraqqiyoti boshqa turdagi lug‘atlar yaratilishiga asos bo‘lgan2. Tarjima lug‘atlarning taraqqiyoti, faqat boshqa tur lug‘atlar kelib chiqishiga emas, balki mazkur lug‘atga xos bo‘lgan tillarning grammatikasi, leksikasi, fonetikasi kabilarga e’tibor berilishiga ham sabab bo‘lgan.
Tarjima lug‘atlari ikki turga bo‘linadi:
1) ikki tilli, 2) ko‘p tilli.
Ikki tilli lug‘at o‘zbek lug‘atchiligida eng ko‘p tarqalgan lug‘at bo‘lib, u o‘zbek tili bilan arab, fors, rus, nemis, ingliz, fransuz kabi tillarning biridan ikkinchisiga tarjimasi asosida yaratilgan. Ilgari asosan fors tili bilan o‘zbek tili bo‘yicha, XX asrda esa asosan rus tili bilan o‘zbek tili bo‘yicha tarjima lug‘atlar yaratildi. Arab tili bilan o‘zbek tili bo‘yicha tarixda ikkita ikki tilli lug‘at yaratilgan. Nemis, ingliz va fransuz tili bilan o‘zbek tili bo‘yicha lug‘at yaratilishi o‘zbek lug‘atchiligining so‘nggi davrlariga to‘g‘ri keladi.
Tarjima lug‘atlar ikki maqsadni ko‘zda tutadi. Birinchidan, ona tili bo‘lmagan tildagi matnni o‘qib tushunish uchun yordam berish maqsadida bo‘lsa, ikkinchidan, ona tili bo‘lmagan tilda gaplashish uchun yordam berish maqsadida.
So‘zligi ma’lum bir fan va texnika tarmog‘i, ijtimoiy yoki xo‘jalik hayotining biror sohasiga oid so‘z-terminlardan iborat bo‘ladigan terminologik lug‘atlar. Bunday lug‘atlar so‘zlikning berilishi va izohlanishiga ko‘ra ensiklopedik lug‘atlar bilan lingvistik lug‘atlar belgilariga ega bo‘ladi. Ular bir, ikki va undan ortiq tilli, izohsiz (ekvivalent lug‘aviy birliklarni yonma-yon keltirishdan iborat), izohli hamda ensiklopedik xarakterda bo‘lishi mumkin. Terminlar va ularning izohi qadimgi lug‘atlar – “Devonu lug‘otit turk”, “Muqaddimatul adab”da, Muhammad Yoqub Chingiyning “Kelurnoma”, Is’hoqxon Ibratning “Lug‘oti sitta alsina” asarlarida uchrasa-da, ular universal lug‘atlar hisoblanib, maxsus sohani ko‘zlab tuzilmagan. XX asrdagi dastlabki terminologik lug‘at – Nazir To‘raqulovning “Rus-o‘zbek tillarining ijtimoiy-siyosiy atamalari lug‘ati” 1922-yilda nashr etilgan. Shundan keying 95 yil ichida O‘zbekistonda fan va texnikaing deyarli barcha soha v abo‘limlari bo‘yicha 300dan ortiq turli hajm va turli xarakterdagi terminologik lug‘atlar nashr etildiki, ular ma’lum darajada soha terminologiyalarini tartibga solishga xizmat qildi va xizmat qilib kelmoqda.



Download 28,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish