Foydalanilgan adabiyotlar.
1. James W. Robinson, Eileen M. Skelly Frame, George M. Frame II Undergraduate Instrumental Analysis // Crystallography, Rigaku Americas
Corporation, The Woodlands, TX. www.rigaku.com/smc. © Rigaku Corporation. 2.Loginova N.V., Polozov G.I. Vvedenie v farmatsevtichekuyu ximiyu Minsk,
Elektronnaya kniga BGU, 2004.
Farmatsevtichna ximiya pod redaktsii P.O. Bezuglogo, Xarkov - 2002 g.
Farmatsevtichniy analiz pod redaktsii P.O. Bezuglogo, Xarkov -2001 g.
Maksyutina N.P. i dr. Metodы analiza lekarstv, Kiev, 1984.
Arzamastsev i dr. Analiz lekarstvennыx smesey. Moskva 2000 g.
"Dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash" fani uchun o‘quv qo‘llanmasi (Elektron darslik) Mualliflar jamoasi.
Mavzular bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar.
Rukovodsvo k laboratornыm zanyatiyam po farmatsevticheskoy ximii, pod redaktsii A.P.Arzamastseva, Moskva, 2001 g.
12- Laboratoriya mashg„uloti
Differensial fotometriya. Fotometrik titrlash. Dori vositalarini aralashmasini miqdorinifotometrik usulda aniqlash.
Differensial fotometriya usuli fotometrik aniqlashlar diapozonini kengaytiradi. Solishtirma eritmasi o‗rniga erituvchi emas, ma‘lum konsentratsiyali tekshiriluvchini eritmasidan olinadi.
Masalan: Solshtirish eritmasini zichligi A0 = 1,1 (ya‘ni masalan: Su ni qandaydir
% li eritmasi olinib, A o‗lchanadi).
Tahlil qilinuvchi eritma Ax = 1,8 bo‗lsa, differensial fotometriya usulda o‗lchanganda shu farq olinadi.
Afarqi =Ax – A0 = 1,8 – 1,1 = 0,7
Differensial fotometriyada kalibrovka grafigi tuzilganda noldan boshlanmaydi.
Ax = A0 + A1 Sx = S0 + S1
Fotokolorimetriya usulida, eritmadan o‗tayotgan nurlar oqimining to‗lqin uzunligi keng diapozonda (30 – 50 nm) o‗zgaradi, shuning uchun bu nurlar polixromatik nurlardir. Bu esa tahlilni aniqligini kamaytiradi.
Tahlilni aniq bajarish uchun spektrofotometrdan foydalaniladi. Bu asbobda monoxromatik nurlar hosil qilinadi. Monoxromatiki nurlar bir xil to‗lqin uzunligiga ega. Bu esa tahlilni aniqligini oshiradi.
Fotokolrimetriya usuli bo‗yicha rangli moddalarni tahlil qilinadi. Spektrofotometriya usuli bo‗yicha rangsiz moddalarni ham tahlil qilinadi.
Spektrofotometrda oq nurlarning parchalanishi maxsus prizma yoki difraksion reshetkalar orqali bajariladi.
Prizmani burish bilan eritma solingan kyuvetaga har xil to‗lqin uzunligidagi monoxromatik nurlarni yo‗naltirish mumkin.
Eritmadagi moddaga nurni yutilishini max bilan belgilanadi.
Spektrofotometriya – to‗lqin uzunligiga qarab, ultrabinafsha nurlar (UB), ko‗rinuvchan (K) va infrakqizil (IQ) spektr sohalariga bo‗linadi.
UB va K sohalarda nurlarni yutilishi elektronlar ba‘zi bir orbitalarida nurlarni kvantini yutadi va u kataroq, yuqori energetik qavatga o‗tadi. Ko‗pchilik holatlarda bunday spektrlarni elektron spektrlar deyiladi.
IQ – spektrlarda esa nurlar kvantini – ba‘zi bir funksional guruhlar yutadi. Natijada o‗zining energetik qatlamidagi tebranma va aylanma harakatini o‗zgartiradi.
UB va K sohalarda spektrofotometrik o‗lchashlik uchun 2 turdagi asboblar ishlatiladi:
Registratsiya qilmaydigan asboblar
3. Registratsiya qiladigan asboblar
Registratsiya qilmaydigan asboblarga SF-4A, SF-16, SF-26 qiradi. Registratsiya qiladiganlarga SF-8, SF-9 (UB, K), SF-18 (K) kiradi.
Spektrofotometrda eritmaning optik zichligini aniqlab, so‗ng shu eritmada erigan modda konsentratsiyasini topish mumkin.
l c A = E
E - molyar yutilish koeffitsienti (% yoki molyar).
S - konsentratsiya
l – kyuveta qalinligi
E - har qaysi moddaning o‗ziga xos turg‗un qiymatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |