Mustaqil ta’lim mavzulari
|
Berilgan topshiriq-
lar
|
Bajarish mudati
|
Xajmi (soat- larda)
|
1
|
Sulfanilamidlar va flavonoidlar guruxiga kirgan dori moddalari suyuqlanish xaroratining
depressiyasidan foydalanib
|
prezentatsi ya
|
1 xafta
|
5
|
|
ularni identifikatsiyalash
|
|
|
|
2
|
In’ektsion eritmalar va tozalangan suvning muxit sharoitini aniqlash.
|
prezentatsi ya
|
2 xafta
|
5
|
3
|
P-aminofenol va p-aminobenzoy kislota xosilalari SF usullar yordamida miqdorini aniqlash.
|
prezentatsi ya
|
3-4 xafta
|
12
|
4
|
Liofillashgan parenteral dori preparatlarining qovushqoqligini va osmolyarligini aniqlash.
|
prezentatsi ya
|
5 xafta
|
5
|
5
|
Murakkab tarkibli dori preparatlarining element taxlili. Nastoykalar, shamchalar, moylar tarkibidagi element tarkibini aniqlash.
|
prezentatsi ya
|
6-7 xafta
|
12
|
6
|
Xarakterli kimyoviy siljishlar, ularning PMR spektrlari xolati va maydoni asosida dori moddasining miqdorini aniqlash.
|
prezentatsi ya
|
8 xafta
|
5
|
7
|
YUSYUQX usulining dori moddalari tahlilida qo’llanilishi. Qovoq moyi misolida.
|
prezentatsi ya
|
9 xafta
|
5
|
8
|
Dori moddalarni mass spektrlari bo‘yicha identifikatsiyalash, efir moylari saqlagan dori vositalari
misolida.
|
prezentatsi ya
|
10 xafta
|
5
|
9
|
Kapilyar elektroforez usuli yordamida tsefalosporinlar, rutin, aminokislotalarining tahlili.
|
prezentatsi ya
|
11 xafta
|
5
|
1
0
|
GSX usulida stabil va uchuvchan dori vositalarni aniqlash( organik erituvchilarning qoldig’i)
|
prezentatsi ya
|
12 xafta
|
5
|
1
1
|
Lyuminetsent usulida riboflavinni dori preparatini
|
prezentatsi ya
|
13-14 xafta
|
12
|
|
chinligini aniqlash
|
|
|
|
Jami
|
76
|
Dasturning informatsion-uslubiy ta'minoti
Farmatsevtik kimyo fanini o’qitish jarayonida ta'limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan:
fanning barcha bo’limlariga tegishli ma'ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron dedaktik texnologiyalaridan;
taxlil natijalarini matematik statistika usuli bilan ishlab chiqish, kompyuter dasturlaridan;
har bir mavzu bo’yicha ma'ruzalarining elektron versiyalaridan;
fan bo’yicha elektron darslik va ma'lumotnomalardan;
laboratoriya mashg’ulotlarida pedagogik texnologiyalarning elementlaridan (aqliy xujum, vertushka, muammoli masalalar va kichik guruxlar musobaqalari x.z.) larni qo’llash nazarda tutiladi.
miqdoriy tahlil xisoblash formulalarining dasturlashtirilgan variantlaridan.
“Dori vositalarini zamonaviy tahlil usullari” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
―Farmatsevtik kimyo‖ fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma‘lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e‘lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta‘lim standartlariga muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va
hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan
―Yozma ish‖ shaklida o‘tkaziladi.
ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.
Oliy ta‘lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o‘tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
―Farmatsevtik kimyo‖ fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-45 ball va O.N.-20 ball, MT -5 ball qilib taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |