O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGUT TUMAN SAMARQAND VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
URGUT TUMANI 1-SONLI KASB-HUNAR MAKTABI
“Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi” fanidan
ISHCHI O’QUV DASTURI
Tayyorlov yo’nalishi: 3.53.10.10 –Tikish jihozlari operatori kasbi bo’yicha.
|
Boshlang’ich professional ta’lim darajasi: 0.53.10.08 Tikuvchi.
|
Kvalifikasiya nomi:
1.Universal tikuv jihozlari;
|
|
2. Maxsus tikuv jihozlari operatori
|
|
Tuzuvchi: Xidirova Marhamat
2021-2022
Pedagogik kengashining 2021 yildagi 30-avgust 1-sonli yig’ilishida o’quv
jarayoniga qo’llashga tavsiya etildi. O’qitish materiallari to’plamini Tikuvchi fanlar kafedrasining 2021 yildagi 31-avgust 1-sonli yig’ilishida muhokama etildi va ma’qullandi.
O’quvchining umumiy o’quv yuklamasi 80 soat, shu jumladan mashg’ulot turlari bo’yicha ajratilgan soatlar
№
|
Mashg’ulot turlari
|
Ajratilgan soat
|
Semestrlar bo’yicha
|
|
|
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
1
|
Auditoriya jami yuklamasi
|
80
|
40
|
40
|
|
|
2
|
Nazariy mashg’ulot
|
72
|
34
|
38
|
|
|
3
|
Amaliy mashg’ulot
|
8
|
6
|
2
|
|
|
4
|
Seminar
|
|
|
|
|
|
5
|
Laboratoriya mashg’uloti
|
|
|
|
|
|
6
|
Kurs ishi (loyihasi)
|
|
|
|
|
|
7
|
Yakka tartibli mashg’ulot
|
|
|
|
|
|
8
|
O’quvchining mustaqil ishi
|
28
|
16
|
12
|
|
|
Tuzuvchi: M. Xidirova Urgut tuman 1-son kasb-hunar maktabi Maxsus fan o’qituvchisi
Taqrizchi(lar): ____________________________________
____________________________________
____________________________________
“Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi” fanining ishchi o’quv dasturi va ekspert guruhining xulosasi ta’lim muassasasining 2021 yil 30-avgustdagi pedagogik kengashida muhokama qilindi, tasdiqlashga va o’quv jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi. Bayonnoma № 1
Fanning maqsadi
O’quvchilarda modelga ishlov berishda zamonaviy ishlov berish usullarini xamda tikuv jihozlarini tanlay olish bilim va ko’nikmalarini shakllantirish.
O‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:
- to’qimachilik materiallaridan kiyimlarga, kiyim detal va uzellariga ishlov berish;
- bichiq va bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish;
- tikuv jihozi ishidagi kichik nosozliklarni bartaraf qilish;
- aniq material va ish turi uchun tikuv jihozlarini sozlash
O‘quvchilar ko‘yidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak:
- tikuv buyum assortimentlari va ularga ishlov berish
texnologik parametrlari;
- Ishlov beriladigan material turlari va sifati;
- xizmat ko’rsatiladigan jihozlar ishlash printsipi va
qo’llanilishi, sozlash qoidalari;
- kichik nosozliklarni bartaraf qilish usullari
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo’yicha tavsiyalar
Bugungi zamonaviy kiyimlarning konstruksiyasi shu qadar murakkablashib bormoqdaki , ularni oddiy plakat yoki chizmalarda o‘quvchining ongiga etkazish mumkin emas. Quyida ushbu fanni zamon talabi asosida darslarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi:
- kiyim loyihasini qurish va modellashtirishga oid fanni o‘rgatish jarayoni turli xildagi ko‘rgazmali tarqatma materiallari qo‘rsatish , kiyim konstruksiyasini qurish,model eskizi asosida texnik modellashtirish va kiyim detallari andozalari bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikda olib borish lozim. -
“Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi” maxsus fanidan dars berishda kiyimlarga oid barcha ko‘rgazmali namunalar, slaydlar, multimedia uslubiy ishlanmalari bo‘lishi lozim.
- ta’lim berishning zamonga xos texnik vositalaridan- slaydlar, kinofilmlar, o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi kompyuterlardan hamda ularning dasturlaridan (qo‘llanmalaridan) foydalanish kerak.
- ma’lumki, ta’lim - ikki yoqlama jarayon. Bu jarayonda pedagog ham, o‘quvchi-talaba ham faol bo‘lishi kerak. Agar pedagog o‘z ishida muvaffaqiyatga erishishni istasa, u albatta, o‘quvchilarning faolligini to‘g‘ri yo‘lga solishga intiladi. Pedagog berayotgan axborot o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini, boshqacha qilib aytganda “Teskari aloqa - bilim olish” yuzaga kelayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Teskari aloqa ta’lim berishning asosiy maqsadi va shartidir.
-ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va internet ma’lumotlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |