(2.3-ilova)
Tezkor so’rov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.
Tezkor so’rov uchun savollar
Yangi o’quv materiali bayoni:
(2.4-ilova)
Yoqaga ishlov berish uchta bosqichda amalga oshiriladi: ostki yoqani tikish va qotirma yopishtirish, ostki yoqaga ustki yoqani ulash, yoqani yoqa o‘miziga o‘tqazish. Ostki yoqa qismlari bir-biriga yoqa ko‘tarmasiga to‘g‘rilab ulanadi.
Bunda choklar kengligi 0,5—0,7 sm, o‘rta chokning kengligi 1,0 sm bo‘ladi. Ko‘tarmasi alohida bichilgan yoqalarda ostki yoqa qismlari ulab bo‘lingandan keyin yoqa ko‘tarmasi ulanadi. Choklar pressda yorib dazmollanadi va bir vaqtning o‘zida ostki yoqani dekatirlash (gazlamani zichlashtirish) maqsadida dazmollanadi.
Qotirma ostki yoqaga yelimli usulda, maxsus mashinada, universal mashinada va aralash usulda biriktiriladi. Yelimli qotirmani ostki yoqaga biriktirishda, ostki yoqa teskarisiga yelimli qotirma qismlari yelim qoplamasini pastga qaratib, qirqimlarini
bir-biriga parallel qilib qo‘yiladi. Ostki yoqa yoqa o‘miziga biriktirma chok bilan ulanadigan bo‘lsa, yoqa ko‘tarmasining qirqimiga 1,0—1,1 sm, bostirma chok bilan tikiladigan bo‘lsa 0,1—0,15 sm yetkazilmaydi. Ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi presslab yopishtiriladi.
Ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi yelimlanmay, maxsus mashinada yoki universal mashinada tikib ulansa ham bo‘ladi. Bunda unga solqa bera borib, qotirma tomondan qaviladi. Birinchi baxyaqator yoqa ko‘tarmasining chetiga parallel qilib, qirqimdan 1,2 sm oraliqda, qolganlari unga parallel qilib, bir-biridan 0,5—0,7 sm masofada yuritiladi. Ostki yoqaga aralash usulda ishlov berishda qotirma maxsus va universal mashina yordamida ostki yoqa ko‘tarmasi va qaytarmasiga baxyaqatorlar yuritib biriktiriladi. Hozirda, kiyim sifatini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yelimli materiallar ko‘plab qo‘llanilmoqda. Yoqa tikishni takomillashtirish yo‘llaridan biri ham tikish sarf vaqtini kamaytirish bo‘lib, bu ostki yoqaga yelimlash usuli bilan ishlov berish orqali amalga oshiriladi. Ostki yoqa dazmolda yoki pressda dazmollanib, kerakli shakl beriladi. Ustiga andaza qo‘yib bo‘rlanadi va yoqa ko‘tarmasida yoqa o‘miziga
ulash joyi kertiklar orqali belgilanadi.
Burchaklarni ung tomonga agdarib,kundalangiga kaytma bahyakator yuritib puhtalanadi va dazmollanadi. yalang qavat va ikki qavat bantli modellarning ko'rinishi Belbog uchiga tutgich yoki tuka kuyiladi. Belbogga tuka kuyiladigan bulsa, belbogni bir uchi tikilmay, ochik koldiriladi. SHu ochik tomoniga tayyor belbog tutgich (uchlari biriktirma va yorma chok bilan ulangan) tikilgan tomonini belbog ichki tomoniga karatib kuyiladi. Belbog' kirkimini belbog tutgichning ziyidan 0,3 - 0,5 sm ichkariga kamar tutgichning ustki tomonini kaytarib turib, uning ostki hokli tomoniga bostirib tikiladi. Belbog uchining tikilgan tomonini kamar tutgichdan utkazib, kamar tutgich bostirib tikilgan chok tugrilanadi va kamar tutgichning ikkinchi tomoni bostirib tikiladi ( bunda ham kamar tutgichning ustki tomoni bahyakator tagiga tushmasligi uchun kaytarib kuyiladi). Belbog uchiga tuka kuyib tikishda belbogni tukada utkaziladi.Belbog uchini uning ichki tomoniga 2 - 4 sm utkazib,kirkimini ichkari tomonga 0,7 sm bukib kaytma bahyakator bilan bostirib tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |