O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Download 1,55 Mb.
bet85/112
Sana03.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#428132
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112
Bog'liq
GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Yugurib kelib balandlikka sakrash (planka yoki arg'amchi ustidan o'ngga qarab turib sakrash):

                  1. Bir oyoqda depsinib, oyoqlarni yig'ib sakrash.

                  2. Shuning o'zini ikki oyoqda depsinib bajarish.

                  3. Bir oyoqda depsinib, oldinga burchak hosil qilib sakrash (gimnastik sakrash). Bu sakrashni bajarish uchun depsinish «ko'prikcha»si plankadan oldinga uzatilgan oyoq uzunligi masofasida qo'yiladi.

Uzunlikka sakrash (turgan joydan va yugurib kelib). Bir oyoq va ikki oyoqda depsinib, oldinga, yon tomonga hamda orqaga sakraladi. Shuningdek, uzoqlikka yoki belgilangan masofaga sakraladi.
Uzoq-balandlikka sakrash. Yugurib kelib bir oyoqda depsinib, depsinish joyidan 1—2 m masofada qo'yilgan planka (chizimcha) ustidan oshib sakraladi. Bunday sakrash planka balandligini o'zgar- tirish, «ko'prikcha»ni plankadan uzoqlashtirish, qo'lni bosh usti- dagi jihozlarga tekkizish, to'p tashlash, uni ilib olishni qo'shib baja­rish orqali murakkablashtiriladi.

«Darchaga» sakrashlar. Bir-biridan 50—60 sm uzoqlikda qo'yilgan ikkita gimnastika ustuniga har xil balandlikda «darcha» hosil qiluvchi ikkita chizimcha tortiladi. Bir oyoqda depsingandan keyin «darcha»dan bosh va oyoqlar baravar o'tadi.
Depsinish «ко'prikcha»sidan sakrash. Shug'ullanuvchilar oddiy «ko'prikcha»dan depsinishni o'rganganlaridan so'ng qo'llaniladi. Depsinish «ko'prikcha»sidan sakrashlarni bajarganda oyoqning depsinish kuchidan va «ko'prikcha»ning prujinasimon xususiyatidan to'la foydalanish kerak, bunga esa uning ustiga baland sakrash orqali erishiladi.
Quyidagi sakrashlar bajariladi: kerishib, oyoqlarni yig'ib, oyoqlarni kerib, bukilib, oyoqlarni orqaga bukib, oyoqlarni ker- gancha bukilib, bir oyoqni oldinga, ikkinchisini orqaga uzatib sakrashlar va boshqalar.
Balandlikdan yoki chuqurlikka (xoda, yog'och ot, osma «ko'p- rikcha» ustidan) sakrashlar, o'tirgan, cho'qqayib o'tirgan yoki tur­gan holatlardan oldinga, yon tomonga, orqaga ikki va bir oyoqda depsinib bajariladi. Qiyalab qo'yilgan narvon, gimnastika devorchasida osilish holatidan balandlikdan burilib va burilmasdan sakrashlar. Balandlikdan oyoqlarni yig'ib, oyoqlarni kerib, kerishib, bukilib, oyoqlarni orqaga bukib va h.k. sakrashlar. Balandlikdan to'pni ilib olib sakrash, ko'zlarni yumib sakrash, shuningdek, to'siq (jihoz)lar: «eshak», gimnastika stoli va h.k.lar ustidan sakrab, yerga tushish.
O'rgatish —sakrashlarni o'tishda quyidagilarga rioya qilish zarur:

                    1. oddiyroq sakrashlardan boshlash;

                    2. yerga mustahkam kelib tushishga e'tibor berish;

d) muhofaza qilish va yordam ko'rsatishni qo'llash.
Uzun arg'amchi bilan sakrashlar (sapchishlar) talabalarda sakrovchanlik va tezkorlikni, o'z harakatlarini arg'amchi harakatla- rining tezligi va yo'nalishi bilan moslashtira olish mahoratini tarbiyalaydi. Arg'amchini ikki yoki bir kishi aylantiradi, bir kishi aylantirganda arg'amchining ikkinchi uchi 100—120 sm balandlikda ustunga, devorga yoki boshqa narsalarga bog'lanadi. Arg'amchining uzunligi 6—8 m, diametri 1 sm.
Uzun arg'amchi bilan bajariladigan mashqlar uch xil bo'ladi: yugurib o'tish, sakrab o'tish va sakrashlar (sapchishlar).
O'rgatish:

  1. aylanayotgan arg'amchi ustidan hatlab o'tish;

  2. aylanayotgan arg'amchi ustidan bir va ikki oyoq bilan depsinib sakrash.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish