O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Download 1,44 Mb.
bet86/117
Sana01.02.2022
Hajmi1,44 Mb.
#423023
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117
Bog'liq
gimnastika marginova 2013yil

Yugurib о'tish. Bu mashq arg'amchini yugurib o'tuvchiga qarab yo'naltirib aylantirganda bajariladi. Arg'amchini bosh baravar joydan aylanib o'tib, yerga (polga) qarab harakat qilayotgan paytda yugurib o'tish kerak. Talabalar birin-ketin bir-biridan arg'amchi­ning aylanma doirasiga teng masofadan yugurib o'tishlari kerak.


O'rgatish:

    1. arg'amchini bir necha bor aylantirgandan keyin yugurib o'tish;

    2. arg'amchini har bir aylanishidan keyin yugurib o'tish;

      1. belgilangan marta aylangandan keyin birin-ketin yugurib o'tish;

      2. o'qituvchining buyrug'iga binoan yugurib o'tish;

      3. birin-ketin joylashgan bir necha arg'amchidan yugurib o'tish (ikki-uch kishi bo'lib yugurib o'tish, shuning o'zi, ammo burilish­lar, to'p tashlash hamda ilib olish va h.k.lar bilan yugurib o'tish).

Aylantirilayotgan arg'amchi ustidan sakrab o'tish. Arg'amchini shunday aylantirish kerakki, u yuqoridagi — oxirgi holatidan yugurib o'tuvchidan uzoqlashib aylansin, ya'ni yugurib o'tish vaqtida arg'amchining aylanishiga teskari yo'nalishda bo'lsin.
О 'rgatish:

        1. yugurib kirib, arg'amchidan sakrab o'tib, yana yugurib chiqish;

        2. shuning o'zi, lekin 3—5 marta sakrab o'tish;

          1. ikki kishi bo'lib yugurib kirib (bir-biriga orqa bilan turib) 2—3 marta sakrab o'tish;

          2. birin-ketin yugurib kirish va bir marta sakragandan keyin yugurib chiqish va h.k.;

0 yugurib kirib, turli burilish va qo'l harakatlari bilan (arg'am- chiga yuz o'girib, yonboshlama va orqa bilan) turib oddiy sakrash va ikki oyoqda sakrash;

            1. ikki-uch kishi bo'lib (bir-biriga qaragan holda yoki bir- birining orqasidan turib) sakrashlar;

            2. to'p uloqtirib va ilib olib sakrashlar. Shuning o'zini ma'lum bir miqdorda bajarish;

            3. bir kishi sakraydi, ikkinchisi yugurib o'tadi. Shuning o'zi, ammo har bir sakrashdan keyin ikkinchi kishi yugurib kiradi.

Kalta arg'amchi bilan sakrashlar (sapchishlar). Arg'amchining uzunligini aniqlash uchun, uning uchlaridan ushlab, o'rtasiga ikki oyoq bilan turish kerak. Tirsakdan bukilgan qo'llarni yonga uzatiladi, panjalarni yuqoriga qaratib, tirsaklar gavdaga qisib olinadi.

Arg'amchi bilan dastlabki holat: qo'llar tirsak bo'g'inida bukilgan bilaklar bir necha bor oldinga-yon tomonga uzatilgan, panjalar yuqoriga qaratilib, arg'amchi oldinda yoki orqada bo'ladi. Arg'amchi tarang aylantirilishi kerak.
O'rgatish
. Sakrashlarni o'rganish arg'amchini oldinga aylan- tirishidan boshlash lozim. Sakrashlarni yoki kombinatsiyalarni ohista yarimcho'qqayib to'xtatish kerak. Kalta arg'amchi bilan bajarila­digan mashqlar:
L Hatlab o'tish, arg'amchini oldinga siltab, uning ustidan sekin va tez hatlab o'tish.

              1. Ikki oyoqda sakrashlar (oddiy va qo'sh oyoqlarda).

              2. Bir oyoqni oldinga va orqaga ko'tarib, ikkinchisida sakrash (oddiy va qo'sh oyoqlab).

              3. Oyoqdan oyoqqa sakrashlar.

              4. Shuning o'zi, lekin har bir sakrashdan keyin oyoqni almash- tirish (awal chap oyoq, keyin o'ng oyoq oldinda bo'ladi).

              5. Shuning o'zi, lekin siltanuvchi oyoqni baland ko'tarib bajarish.

              6. Har xil yo'nalishlarda siljib ikki va bir oyoqda sakrash.

              7. Tizzalarni baland ko'tarib turgan joyda yugurish.

              8. Arg'amchini chap yoki o'ng tomonga aylantirib sakrash (sakraganda bir qo'l orqada, ikkinchisi oldinda bo'ladi).

              9. Yarimcho'qqayib va cho'qqayib sakrashlar (arg'amchi shunga muvofiq kaltalashtiriladi).

              10. 90°, 180° burilib sakrashlar.

              11. Bir yoki ikki oyoqda cho'qqayib «supurgi» bajarish (arg'am­chi ikki buklanib, bir qo'l bilan oyoqlar ostida aylantiriladi).

              12. «Sirtmoq» qilib tik turib, cho'qqayib va yarimcho'qqayib sakrashlar.

              13. Oyoqlarni kerib sakrashlar.

              14. Oyoqni yon tomonga siltab sakrashlar (turgan joyda va harakatda).

              15. Bir sakraganda arg'amchini ikki marta aylantirish.

Barcha mashqlarni arg'amchini oldinga va orqaga aylantirib
o'rganish kerak. Mashqlarni tugatgandan keyin arg'amchini to'rt buklab, tugun qilib bog'lab qo'yiladi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish