Uzun arg'amchi bilan sakrashlar (sapchishlar) talabalarda sakrovchanlik va tezkorlikni, o'z harakatlarini arg'amchi harakatla- rining tezligi va yo'nalishi bilan moslashtira olish mahoratini tarbiyalaydi. Arg'amchini ikki yoki bir kishi aylantiradi, bir kishi aylantirganda arg'amchining ikkinchi uchi 100—120 sm balandlikda ustunga, devorga yoki boshqa narsalarga bog'lanadi. Arg'amchining uzunligi 6—8 m, diametri 1 sm.
Uzun arg'amchi bilan bajariladigan mashqlar uch xil bo'ladi: yugurib o'tish, sakrab o'tish va sakrashlar (sapchishlar).
O'rgatish:
aylanayotgan arg'amchi ustidan hatlab o'tish;
aylanayotgan arg'amchi ustidan bir va ikki oyoq bilan depsinib sakrash.
Yugurib о'tish. Bu mashq arg'amchini yugurib o'tuvchiga qarab yo'naltirib aylantirganda bajariladi. Arg'amchini bosh baravar joydan aylanib o'tib, yerga (polga) qarab harakat qilayotgan paytda yugurib o'tish kerak. Talabalar birin-ketin bir-biridan arg'amchining aylanma doirasiga teng masofadan yugurib o'tishlari kerak.
O'rgatish:
arg'amchini bir necha bor aylantirgandan keyin yugurib o'tish;
arg'amchini har bir aylanishidan keyin yugurib o'tish;
belgilangan marta aylangandan keyin birin-ketin yugurib o'tish;
o'qituvchining buyrug'iga binoan yugurib o'tish;
birin-ketin joylashgan bir necha arg'amchidan yugurib o'tish (ikki-uch kishi bo'lib yugurib o'tish, shuning o'zi, ammo burilishlar, to'p tashlash hamda ilib olish va h.k.lar bilan yugurib o'tish).
Aylantirilayotgan arg'amchi ustidan sakrab o'tish. Arg'amchini shunday aylantirish kerakki, u yuqoridagi — oxirgi holatidan yugurib o'tuvchidan uzoqlashib aylansin, ya'ni yugurib o'tish vaqtida arg'amchining aylanishiga teskari yo'nalishda bo'lsin.
О 'rgatish:
yugurib kirib, arg'amchidan sakrab o'tib, yana yugurib chiqish;
shuning o'zi, lekin 3—5 marta sakrab o'tish;
ikki kishi bo'lib yugurib kirib (bir-biriga orqa bilan turib) 2—3 marta sakrab o'tish;
birin-ketin yugurib kirish va bir marta sakragandan keyin yugurib chiqish va h.k.;
0 yugurib kirib, turli burilish va qo'l harakatlari bilan (arg'am- chiga yuz o'girib, yonboshlama va orqa bilan) turib oddiy sakrash va ikki oyoqda sakrash;
ikki-uch kishi bo'lib (bir-biriga qaragan holda yoki bir- birining orqasidan turib) sakrashlar;
to'p uloqtirib va ilib olib sakrashlar. Shuning o'zini ma'lum bir miqdorda bajarish;
bir kishi sakraydi, ikkinchisi yugurib o'tadi. Shuning o'zi, ammo har bir sakrashdan keyin ikkinchi kishi yugurib kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |