Yugurib kelib balandlikka sakrash (planka yoki arg'amchi ustidan o'ngga qarab turib sakrash):
Bir oyoqda depsinib, oyoqlarni yig'ib sakrash.
Shuning o'zini ikki oyoqda depsinib bajarish.
Bir oyoqda depsinib, oldinga burchak hosil qilib sakrash (gimnastik sakrash). Bu sakrashni bajarish uchun depsinish «ko'prikcha»si plankadan oldinga uzatilgan oyoq uzunligi masofasida qo'yiladi.
Uzunlikka sakrash (turgan joydan va yugurib kelib). Bir oyoq va ikki oyoqda depsinib, oldinga, yon tomonga hamda orqaga sakraladi. Shuningdek, uzoqlikka yoki belgilangan masofaga sakraladi.
Uzoq-balandlikka sakrash. Yugurib kelib bir oyoqda depsinib, depsinish joyidan 1—2 m masofada qo'yilgan planka (chizimcha) ustidan oshib sakraladi. Bunday sakrash planka balandligini o'zgar- tirish, «ko'prikcha»ni plankadan uzoqlashtirish, qo'lni bosh usti- dagi jihozlarga tekkizish, to'p tashlash, uni ilib olishni qo'shib bajarish orqali murakkablashtiriladi.
«Darchaga» sakrashlar. Bir-biridan 50—60 sm uzoqlikda qo'yilgan ikkita gimnastika ustuniga har xil balandlikda «darcha» hosil qiluvchi ikkita chizimcha tortiladi. Bir oyoqda depsingandan keyin «darcha»dan bosh va oyoqlar baravar o'tadi.
Depsinish «ко'prikcha»sidan sakrash. Shug'ullanuvchilar oddiy «ko'prikcha»dan depsinishni o'rganganlaridan so'ng qo'llaniladi. Depsinish «ko'prikcha»sidan sakrashlarni bajarganda oyoqning depsinish kuchidan va «ko'prikcha»ning prujinasimon xususiyatidan to'la foydalanish kerak, bunga esa uning ustiga baland sakrash orqali erishiladi.
Quyidagi sakrashlar bajariladi: kerishib, oyoqlarni yig'ib, oyoqlarni kerib, bukilib, oyoqlarni orqaga bukib, oyoqlarni ker- gancha bukilib, bir oyoqni oldinga, ikkinchisini orqaga uzatib sakrashlar va boshqalar.
Balandlikdan yoki chuqurlikka (xoda, yog'och ot, osma «ko'p- rikcha» ustidan) sakrashlar, o'tirgan, cho'qqayib o'tirgan yoki turgan holatlardan oldinga, yon tomonga, orqaga ikki va bir oyoqda depsinib bajariladi. Qiyalab qo'yilgan narvon, gimnastika devorchasida osilish holatidan balandlikdan burilib va burilmasdan sakrashlar. Balandlikdan oyoqlarni yig'ib, oyoqlarni kerib, kerishib, bukilib, oyoqlarni orqaga bukib va h.k. sakrashlar. Balandlikdan to'pni ilib olib sakrash, ko'zlarni yumib sakrash, shuningdek, to'siq (jihoz)lar: «eshak», gimnastika stoli va h.k.lar ustidan sakrab, yerga tushish.
O'rgatish —sakrashlarni o'tishda quyidagilarga rioya qilish zarur:
oddiyroq sakrashlardan boshlash;
yerga mustahkam kelib tushishga e'tibor berish;
d) muhofaza qilish va yordam ko'rsatishni qo'llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |