Innovatsion xizmatlar bozori sub‟ektlarining tarkibi
Sub‟ektlar
|
Funksiyalari
|
Mahalliy davlat va
boshqaruv idoralari
|
Innovatsion xizmatlarni qo‗llab-quvvatlash, innovatsion
xizmatlardan foydalanish
|
Akademik muassasalar
|
Kelgusida innovatsiyaga aylantirsh uchun fundamental va tajriba
asoslarni yaratish
|
Oliy o‗quv yurtlari (OO‗Y)
|
O‗qitish va bilimlarni tarqatish OO‗Y qoshidagi innovatsiya
markazlari, biznes-inkubatorlar orqali innovatsiya faoliyatini olib borish
|
Tarmoq ITI konstruktorlik binolari
|
Yirik va kichik biznes korxonalari, boshqa buyurtmachilar,
shuningdek o‗z tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalar negizida innovatsion faoliyat olib borish
|
Kichik va o‗rta innovatsion
korxonalar
|
Murakkab bo‗lmagan innovatsion ishlanmalarni olib borish va
ta‘minlash
|
Texnoparklar, innovatsiyamarkazlari
|
Kichik va o‗rta innovatsion korxona va korxonalar uchun xizmatlar ko‗rsatish.
Yuqori texnologiyali va ilmiy sig‗imga ega mahsulotlari marketingini ta‘minlash
|
Kichik biznes sub‘ektlari
|
Murakkab bo‗lmagan innovatsion ishlanmalarni olib borishni ta‘minlash.
Innovatsiyalarvayangitexnologiyalarnio‗zlashtirish, amaliyotgatadbiqetish
|
Yirik korxona va korxonalar
|
Yangi mahsulotlarni tijorat mahsulotlariga aylantirish, yangi innovatsion mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni o‗zlashtirish, amaliyotga tadbiq etish.
Amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish va moliyalashtirish
|
Konsalting firmalar
|
Innovatsiya faoliyati sub‘ektlariga konsalting xizmatlarini ko‗rsatish
|
Innovatsion xizmatlar bozorini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan hududiy siyosatni shakllantirishda mazkur bozorni haraktga keltiruvchi eng asosiy sub‘ektlardan hisoblangan biznes tuzilmalarining funksiyalari hamda rolini aniqlab olish juda muhim.
XXI asr dastlabki kunlaridanoq dunyo rivojlanishining barcha jabhalarida iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy jarayonlar, demografiya, geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlar yangi sifat o‗zgarishlaridan darak bermoqda. SHu narsa tobora yaqqol ko‗zga tashlanib bormoqdaki, geostrategik holat, fan va texnika yutuqlari, kadrlar va ilmiy salohiyat, tabiiy resurslar kabi mavjud ob‘ektiv omillardan samarali foydalangan mamlakatlar rivojlanish borasida ancha ilgarib ketgan. Bu mamlakatlar
ichki iqtisodiy, siyosiy va xalqaro munosabatlar yangicha tizimini shakllantirib, odamlar hayot tarzini yanada yuqori darajaga etkazib oldi. Ushbu ijtimoiy tizimga AQSH va G‗arbiy Evropaning bir qator mamlakatlari, sharqda esa Yaponiya misol bo‗la oladi.
Fan-texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalana olmagan mamlakatlar vujudga kelgan sharoitlarga moslasha olmay rivojlanish yo‗lida ancha ortda qolib ketmoqda. Bunday tendensiyalar oldindan mavjud.Bu tendensiya yanada kuchayib, uning ta‘siri ostida iqtisodiyoti rivojlanmagan mamlakatlar faol xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar doriasidan chetga chiqib qolmoqda. Bu mamlakatlar global xarakterga ega bo‗lib, o‗ta murakkablashgan munosabatlar tizimida teng huquqli hamkor bo‗la olmaydilar.
Hududiy innovatsion xizmatlar bozorining rivojlanish darajasi va mufaqqiyatli faoliyat yuritishi ko‗p jihatdan zarur infratuzilmaning yaratilganligi bilan bog‗liq. Innovatsion xizmatlar bozorining infratuzilmasi degandainnovatsiya mahsulotlari va xizmatlar bozorini to‗laqonli faoliyat yuritishini ta‘minlaydigan sub‘ektlar, resurslar va maslahat xizmatlar majmuasini tushunish mumkin. Innovatsion xizmatlar bozorining infratuzilmasini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (2.3.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |