Shartnomaning moliyaviy shartlari quyidagilarni ta’minlab beradi:
- eksport qiluvchidan valyuta foydasining tezroq kelib tushishini;
- hisob-kitob bo‘yicha xarajatlarning kamayishini;
-tovarlarni import qilishda kontragent majburiyatlarini ani bajarishi;
-valyuta mablag‘larining aylanishini tezlashtirishi;
-xorijiy hamkorga asossiz tarzda kredit ajratishni.
Tashqi savdoda hisob-kitobning quyidagi shakllari ishlatiladi (eksport qiluvchi
uchun foyda darajasi kamayib borishi tarzida): 100% foizli avans, akkreditiv, inkasso,
ochiq hisob raqami. Asosan inkasso va akkreditiv shakl ishlatiladi. Ularning ustunligi
shundaki, eksport qiluvchi foyda oladi, import qiluvchi esa to‘lovni faqat tovar
tushirib bo‘linganidan keyin amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |