56
3.6. Muzokaralar olib borishdagi qoidalar
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, suhbatning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlovchi
omillardan biri - vakolatxona ish olib borayotgan mamlakat bilan muhokama
qilinayotgan masalalar va boshqa konkret ishlarni hisobga olish, muhokama qay
darajada ekanligiga e’tibor berishdan iborat. Shu bilan birga ikki tomonlama va
xalqaro munosabatlarning qator muammolarini atroflicha o‘rganish zarur. Bir qator
masalalar bo‘yicha axborotga ega bo‘lgan, korxona vakili bo‘lajak tashrifga yaxshi
tayyorlanishi lozim. Hamda suhbat jarayonida o‘ta nazokatlilik va bosiqlik bilan o‘z
korxonasining manfa’tlarini himoya qilishi lozim.
Odamlarga muayyan va e’tiborli munosabat, bosiqlik, odamshavandalik va
suhbat olib borish maxorati korxona vakili uchun eng zarur xislatlardan hisoblanadi.
Istalgan suhbatlarda korxona vakili o‘zi turgan mamlakat hukumatining ichki va
tashqi siyosatini tanqid qilmasligi lozim. Shu bilan birga mamlakat urf-odatlari,
an’analarini xurmat qilishi va aloxida shaxslar haqida nojo‘ya fikr bildirmasligi
lozim. Bunday tanqid yoki munosabat o‘zi turgan mamlakatning ichki siyosatiga
aralashuv sifatida baholanishi mumkin. Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, yuqorida
ta’kidlangan tarzda tanqidiy fikr bildirgan korxona vakili odatda «nomaqbul shaxs»
(«persona non grata») deb e’lon qilinadi. Korxona vakili faoliyat ko‘rsatayotgan
mamlakatning hukumatini, uchinchi mamlakatlar hukumatlarini tanqid qilishi ham
tavsiya qilinmaydi.
Ayrim hollarda korxona vakili bilan koalitsion kuchlar, hukumat tarkibiga
kirmagan muholif partiyalar vakillari uchrashib, ular hukumatni tanqid qilishga moyil
bo‘ladilar. Ba’zan ular korxona vakilining hukumat siyosati haqidagi fikrlarini
so‘raydilar. Bunday savolga javob berishdan qochgan ma’qul. Jurnalistlar bilan
suhbatlarda juda extiyot bo‘lish lozim. Chunki jurnalistlar, garchi korxona vakililari
ularga hech qanday ma’lumot bermagan bo‘lsa ham, u bilan o‘tkazgan suhbat
dalilidan foydalanishlari mumkin. Aynan ana shunday jurnalistlar o‘zlari o‘ylab
topgan xabarlarni «Korxona vakillari vakolatxonaga yaqin doiralar» ga ishora qilib
e’lon qiladilar.
Ba’zida suhbatdosh korxona vakiliga norasmiy tarzda suhbatlashishni taklif
qiladi. Bunday usul korxona vakilining xushyorligini susaytirish uchun qo‘llaniladi.
Natijada bunday holatlarda juda ham xushyor bo‘lish zarur.
Korxona vakillari suhbatida o‘zaro manfaatdorlik ruxi hukm suradi. Har bir
suhbatdosh sherigidan o‘ziga noma’lum bo‘lgan ma’lumot yoki xabarni olishga
intiladi. Shuning uchun suhbat ikki tamonlama bo‘lishi lozim. O‘z tomonidan
korxona siriga daxldor bo‘lmagan barcha ma’lumotni bayon qilishi mumkin.
Korxona vakilining xorijiy korxona vakili bilan uyushtiradigan suhbati - tashqi
siyosiy tadbir sifatida baholanishi mumkin. Bu suhbat asosida markazga telegraf
axboroti jo‘natiladi, natijada markazga va o‘z korxonasiga zarur tezkor choralar
ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: