Shartnoma predmeti. Shartnoma predmetida tomonlarning huquq va
majburiyatlari, majburiyatlarni bajarish muddati va joyi, usuli ko‘rsatiladi. Shartnoma
predmeti shartnomaning muhim shartlaridan iboratdir. Mazkur bo‘limda quyidagilar
ko‘rsatiladi: tovarning (ish va xizmatning) nomi va to‘liq tavsifi, sifati va miqdori,
assortimenti, o‘lchovlari, modellari, yig‘ilish, tovar ishlab chiqilgan mamlakat,
tovarni ta’riflash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan, mahsulotga doir
xalqaro va milliy standartlarga ishora.
Do'stlaringiz bilan baham: |