10.2. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida shartnomalarning ahamiyati
Iqtisodiyotni
liberallashtirish
sharoitida
tashqi
savdo
shartnomalarini
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ro‘yxatdan
o‘tkazish va rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
Ariza.
Shartnomaning asl nusxasi va nusxasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Qarori (nusxa) yoki
mamlakatlararo kelishuv (nusxa).
Raqobat varaqasi uni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga (rasmiy talablar,
tijoriy taklif, praystlash va boshqalar).
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy
bo‘linmalarida shartnomalarni rasmiylashtirish quyidagi hujjatlarni taqdim etish yo‘li
bilan amalga oshiriladi:
Ariza.
17
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 1995. - №12. – 262-modda.
143
Shartnomaning asl nusxasi va nusxasi.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi vazirlarining va Toshkent shahri hamda
viloyat hokimiyatining Qarori (nusxa).
Raqobat varaqasi uni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga (rasmiy talablar,
tijoriy taklif, prayst-lisht va boshqalar).
Shartnoma ro‘yxatga olinishi uchun:
- shartnomaning shartlari xalqaro savdoning umumlashtirilgan qoidalariga,
O‘zbekiston Respublikasining joriy qonunchiligi va normativ aktlariga, shuningdek
xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlar oldidagi O‘zbekiston Respublikasining
olgan majburiyatlariga mos kelishi zarur;
- shartnomada ko‘rsatilgan narxlarning jahon bozori kon’yukturasiga mos
kelishi kerak;
- kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan tovarlarning qiymatidagi
ekvivalentlikka e’tibor berish zarur;
- yuqorida ko‘rsatilgan barcha zaruriy hujjatlar paketi taqdim etilishi zarur.
Shartnomani ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ariza kelib tushgan kundan boshlab, 10 ish
kuni ichida amalga oshiriladi. tovarni yuklashdan oldingi inspekstiyasini amalga
oshiruvchi konsalting shirkatlari tomonidan tovarning sifat, soni va narxlar darajasi
bo‘yicha ekspertiza bayonnomasi taqdim etilgan shartnomalar, hujjatlar kelib tushgan
kundan boshlab, 2 ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va
tashqi savdo vazirligida ro‘yxatga olinib, rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston
Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xulosasidagi tanbihidan
keyin qayta topshirilgan shartnomalar esa, 5 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Shartnomaga tuzilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 7 ish kuni ichida amalga
oshiriladi. Ijobiy baholangan shartnomalar belgilangan «shartnomalarni ro‘yxatga
olish daftarchasida ro‘yxatga olinib, uning ro‘yxatdan o‘tganligi haqida sertifikat
beriladi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining
vakolatli shaxslari tomonidan, shartnoma asl nusxasining har bir varag‘iga shtamp
bosilib, imzolanadi. Berilgan sertifikatning amal qilish muddati shartnomaning
muddati bilan bir xil bo‘ladi.
Shartnoma salbiy deb topilsa, unga xulosa yozilib, rasmiylashtirilmaganlikning
barcha sabablari ko‘rsatiladi. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va
tashqi savdo vazirligining vakolatli shaxslari tomonidan yozilib, ariza bergan
tomonga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo
vazirligida ro‘yxatdan o‘tib, rasmiylashtirilgan shartnomalar bank tomonidan ham
ro‘yxatga olinib, unga identifikastiya raqami beriladi va bankning vakholatli shaxslari
tomonidan shtamp qo‘yilib, imzo cheqiladi. Oxirgi navbatda O‘zbekiston
Respublikasi bojxonasida ham ro‘yxatga olinib, uning ro‘yxatga olinganligi haqida
bojxonaning vakolatli shaxslari tomonidan shtamp urilib, imzolanadi. qayta ishlash
uchun qaytarilgan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligining belgilangan daftarchasida aks ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan berilgan sertifikatni bekor qilish,
144
xo‘jalik subyekti ayrim hollarda esa, Markaziy Bank va Bojxonaning talabi bilan
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |