Singarmonizm
Singarmonizm deb so‘zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o‘zakka qo‘shimchalarning talaffuz jihatdan uyg‘unlashishiga aytiladi.
Turkiy tilda, jumladan o‘zbek tilida singarmonizmning ikki xil ko‘rinishi bor:
1. Tanglay uyg‘unligi (unlilarning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra)...
barig‘ - borish,
kimkə - kimga,
ilgəri - ilgari,
dalag‘a - dalaga.
2. Lab uyg‘unligi - birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi bo‘qindagi unlining yoki o‘zakdagi unliga qo‘shimchadagi unlining lablanishi jihatdan moslashuvidir:
’n’m (inim) - ukam,
kozom - ko‘zim.
Singarmonizm - grekcha sun - birga, hormonia – ohangdoshlik degan ma’noni bildiradi. So‘zning asosi va affiks tarkibidagi unlidan o‘zaro uyg‘unlashuvi, garmoniyasi. Bu hodisa ayrim turkiy tillar uchun o‘zbek tilining esa ayrim shevalari uchun harakterlidir. Masalan, o‘zbek tilining qipchoq tip shevalarida uchinchi shaxs egalik affiksining -i, -o‘,-u kabi variantlarga egaligi singarmonizm belgisidir: ishi, ati,ozu (o‘zi) kabi. Misollarga murojaat qilaylik:
kopruk – ko‘prik
b כtur – botir
q כtur - qotir
x כtun – xotin
mכku – moki
dəydu – daydi
|
o‘quydu – o‘qiydi
mudur -mudir
o‘qush - o‘qish
muqum - muqum’
singarmonizmning lab uyg‘unligi (lab garmoniyasiga misol).
|
Xilma-xil bo‘lgan o‘zbek shevalarining konsonantizm tizimini fonologik jihatdan, ya’ni prinsipial farq qiladi undosh fonemalarni aniqlash va ularning talaffuz qilinish xususiyatlarini belgilash uchun ma’lum gruppadagi shevalar o‘zaro qanday xususiyatlari bilan bir-biriga yaqin yoki birbiridan nimalar bilan farq qilishini aniqlash lozim:
1. Bir-biridan prinsipial farq qiladigan undosh fonemalarning miqdori va ularning sifat jihatdan harakteristikasiga ko‘ra, y-lovchi shevalar o‘zbek tiliga
birmuncha yaqin turadi. Ammo Toshkent tipidagi y-lovchi shevalarda uchramaydigan, biroq j-lovchi va singarmonizmli y-lovchi shevalarda mavjud bo‘lgan h fonemasi bundan mustasno.
Janubiy Xorazm shevalaridagi k, g undoshlari ham birmuncha o‘ziga xos xususiyatlariga ega.Til orqa burun ng tovushi ham shevalararo bir xil emas.
2. Barcha j-lovchi shevalardagi undoshlar tizimi deyarli har xil.
x tovushining tavsifi, uning mavjud bo‘lish bo‘lmasligi bilan j-lovchi shevalar bir-biridan farq qiladi. Konsonantizmlar sostavi jihatdan j-lovchi shevalar qipchoq gruppasidagi turkiy tillarga birinchi navbatda qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tillariga yaqin turadi.
3. J-lovchi shevalardagi -dj affrikati o‘rniga j fonemasini qo‘llaydigan shevalar j-lovchi shevalarning alohida gruppachasini tashkil qiladi. Y fonemasi y-lovchi shevalarga nisbatan j-lovchi shevalarda kam qo‘llanadi, chunki bu shevalarda qadimgi turkiy y tovushi so‘z boshida dj yoki j tovushi bilan almashadi. y-lovchi shevalar ta’sirida y tovushining dj tovushiga o‘tishi y>dj tamomila tugagan.
O‘zbek adabiy tili barcha shevalardan f, j, s fonemalarga egaligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |