O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

Sog‘liqqa  va  jismoniy  daxlsizlikka  qarshi  jinoyatlarda  ayb,  motiv  va  maqsad.  Sog‘liqqa  va  jismoniy 
daxlsizlikka qarshi jinoyatlar qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, 
xususan, badanga shikast yetkazishlarning aksariyati egri qasd bilan sodir etiladi.  
Fuqarolarning  sog‘lig‘i  va  jismoniy  daxlsizligiga  qarshi  jinoyatlarni  sodir  etishda  to‘g‘ri  qasd  shunday 
xususiyatga  ega  bo‘ladiki,  shikast  yetkazgan  shaxs  o‘z  qilmishining  ijtimoiy  xavfli  xususiyatini  anglaydi, 
jabrlanuvchining sog‘lig‘iga muayyan zarar yetkazilishi muqarrarligi yoki ehtimoli borligiga ko‘zi yetadi va 
aynan shunday zarar yetkazilishini xohlaydi.  
Masalan, Q.ning jinoyat ishini o‘rganish quyidagilarni ko‘rsatadi: u mast holda bundan sal oldinroq o‘zi 
haqorat  qilgani  uchun  qaynonasinikiga  ketib  qolgan  xotinini  uyiga  olib  kelishga  qaror  qilgan.  Xotini  uyga 
qaytishni istamaganida, Q. uning homiladorligini bila turib, «Sen hozir tug‘asan», degan so‘zlar bilan uning 
qorniga  bir  necha  marta  tepadi.  Zarbalar  natijasida  xotinining  homilasi  tushgan.  Ish  materialidan  ko‘rinib 
turibdiki,  Q.  o‘z  harakatlarining  ijtimoiy  xavflilik  xususiyatini  nafaqat  tushungan,  balki  jabrlanuvchi 
homilasining  tushishi  ehtimoli  borligiga  ko‘zi  yetgan  va  unga  shunday  shikast  yetkazishni  xohlagan  ham. 
Bularning hammasi Q. jinoyatni to‘g‘ri qasd bilan sodir etganligidan dalolat beradi.  
Egri qasdda esa, yuz beradigan oqibatlarga, garchi, aybdorning ko‘zi yetgan bo‘lsa ham, u yetkaziladigan 
zararning  haqiqiy  ko‘lamini  tasavvur  qilmaydi  va  jabrlanuvchining  sog‘lig‘iga  har  qanday  shikast  yetishiga 
yo‘l  qo‘yadi.  Masalan,  aybdor  jabrlanuvchining  boshiga  ayamasdan  urar  ekan  yoki  unga  tosh  otar  ekan, 
buning natijasida jabrlanuvchiga har qanday og‘irlikdagi: og‘ir, o‘rtacha og‘ir yoki yengil shikast yetkazilishi 
mumkinligiga ko‘zi yetadi va shunday oqibatlar yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. Bunday hollarda 
javobgarlik haqiqatda ham yetkazilgan shikastning darajasiga qarab belgilanadi, negaki, aybdor ularning yuz 
berishini bir xil darajada anglagan bo‘ladi. 
Subyektiv tomondan qasddan shikast yetkazishga nisbatan ehtiyotsizlikdan shikast yetkazishning ijtimoiy 
xavfliligi kamroqdir. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar ehtiyotsizlikning jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish shakli bilan ham 
sodir  etilishi  mumkin.  Bunda  shaxs  muayyan  ijtimoiy  xavfli  oqibatlar  kelib  chiqishi  mumkinligiga  ko‘zi 
yetadi  va  shunga  qaramay,  ongli  ravishda  ehtiyot  choralariga  rioya  etmaydi,  bunday  oqibatlar  kelib 
chiqmasligiga asossiz ravishda umid bog‘laydi.  
Qasddan jinoyat qilish va jinoiy o‘z-o‘ziga ishonishdan farqli ravishda, jinoyatkorona beparvolik shaxs 
o‘z harakati yoki harakatsizligidan qanday ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz berishi mumkinligiga ko‘zi yetmaydi, 
lekin ko‘zi yetishi mumkin va lozim bo‘ladi. Shaxsning u yoki bu oqibatlar yuz berishiga ko‘zi yetishi lozim 
bo‘lgani  va  muayyan  vaziyatda  ularga  ko‘zi  yetishi  mumkin  bo‘lganligi  aniqlangandagina  uni 
ehtiyotsizlikdan badanga shikast yetkazishda ayblash to‘g‘ri bo‘ladi. 
Sog‘liqqa  qarshi  jinoyatlarni  to‘g‘ri  kvalifikatsiya  qilish  uchun  jinoyat  subyektida  aybning  qasd  yoki 
ehtiyotsizlik shakli mavjudligini aniqlashning o‘zi kifoya qilmaydi. Fuqarolarning sog‘lig‘iga qasddan shikast 
yetkazilgan barcha hollarda jinoyatning motiv va maqsadini aniqlash zarurdir. 
Aksariyat  hollarda  shaxsning  sog‘lig‘i  va  jismoniy  daxlsizligiga  qarshi  qaratilgan  jinoyatlarning  sodir 
etish  motivi  va  maqsadi  aybdor  shaxsning  javobgarligini  og‘irlashtiruvchi  holatlar  (masalan,  tamagirlik 
niyati,  bezorilik  oqibatida,  diniy  taassublar  zamirida,  transplantat  sifatida  foydalanish  maqsadida  badanga 
shikast yetkazish va h.k.) hisoblanadi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish