O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

A. Jinoiy uyushma tashkil etish 
(Jinoyat kodeksining 242-moddasi) 
 
Jinoyatning  obyekti  jamoat  xavfsizligi,  jamoat  tartibi,  hokimiyat  organlarining  normal  faoliyat 
ko‘rsatishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i bo‘lishi mumkin.  
Jamoat  xavfsizligi  deganda,  jamiyat  hayotining  xavfsiz  sharoitlari,  ya’ni  fuqarolar  hayoti  va  sog‘lig‘i 
daxlsizligini,  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  mulkiy  manfaatlarini,  barcha  davlat  yoki  jamoat 
tuzilmalarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlarni tushunish zarur. 
Jinoyat kodeksining 242-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat obyektiv tomondan: 
 
1) jinoiy uyushma yoki uning bo‘linmalarini tuzish yoki ularga rahbarlik qilishda; 
2) ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatda ifodalanadi. 
 
Jinoyat  kodeksining  29-moddasi,  5-qismiga  ko‘ra,  ikki  yoki  undan  ortiq  uyushgan  guruhning  jinoiy 
faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma, deb topiladi.  
Jinoiy  uyushma  ikki  yoki  bir  nechta  uyushgan  guruhlardan  iborat  bo‘ladi.  Jinoiy  uyushma  guruhlari 
o‘rtasida jinoiy vazifalarning taqsimlanganligi jinoiy uyushmaning asosiy, o‘ziga xos belgisidir, bundan farqli 
o‘laroq, jinoiy guruhda esa, vazifalar uning a’zolari o‘rtasida taqsimlangan bo‘ladi. 
Jinoiy  uyushma  tuzish  deganda,  ikki  yoki  undan  ortiq  uyushgan  guruhlarning  yagona  rahbarlik  ostida 
birlashganligi, uyushma jinoiy faoliyatining rejasi tuzilganligi, vazifalarning uyushgan guruhlar yoki ularning 
tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlanganligi, muayyan jinoyatga puxta tayyorlanib amalga oshirilishini va 
h.k.larni tushunish zarur.  
Jinoiy uyushmaning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat jinoiy uyushma 
a’zolarini  moddiy  ta’minlashda,  jinoiy  uyushmani  har  qanday  yo‘l  bilan  qo‘llab-quvvatlashda,  masalan, 
transport vositalarini, qalbaki hujjatlarni berish, texnika vositalari bilan ta’minlash, jinoiy faoliyat natijasida 
qo‘lga kiritilgan pullarni oshkoralashtirish va h.k.larda ifodalanishi mumkin. 
Jinoyat  kodeksining  242-moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyat  jinoiy  uyushma  yoxud  uning 
bo‘linmalari tuzilgan yoki ularga rahbarlik qilingan paytdan e’tiboran tugallangan, deb hisoblanadi.  
Jinoyat  kodeksining  242-moddasi,  2-qismida  javobgarlik  belgilangan  jinoyatning  obyektiv  tomoni 
uyushgan qurolli jinoiy guruhni tuzishda, shuningdek, guruhga rahbarlik qilishda yoki unda ishtirok etishda 
ifodalanadi.  
Jinoyat  kodeksining  242-moddasi,  2-qismida  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxsning  birgalikda  jinoiy  faoliyat 
olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh, deb topiladi. Uyushgan jinoiy guruhning 
o‘ziga xos belgilaridan biri ana shunday guruhlarning barqarorligidir. 
Guruhning  barqarorligi  deganda,  guruh  a’zolari  o‘rtasida  mustahkam,  doimiy  aloqalar  mavjudligini, 
guruh  a’zolari  zimmasiga  muayyan  vazifalar  yuklanganligini,  ular  o‘rtasida  rollarning  taqsimlanganligini 
tushunish zarur. 
Тarkibining  doimiyligini,  a’zolari  o‘rtasida  mustahkam  aloqaning  mavjudligini,  harakatlarining 
kelishilganligi,  jinoiy  faoliyat  ko‘rinishi  va  usullarning  bir  xilligi,  uzoq  vaqt  ish  ko‘rishi,  sodir  etilgan 
jinoyatlar soni kabi belgilar guruhning turg‘unligidan dalolat beradi. 
Jinoiy  guruhning  barqarorligi,  shak-shubhasiz,  uning  yuqori  darajada  uyushganligidan  dalolat  beradi. 
Bunday jihat  barcha jinoiy  ishlarning  rejalashtirilishida,  mustahkam  intizomda,  martaba  darajasiga  muvofiq 
mutlaq  tobelikda  va  h.k.larda  namoyon  bo‘ladi.  Jinoiy  faoliyat  guruh  tomonidan  qator  jinoyatlarning  sodir 
etilishini taxmin qiladi. 
Guruhning  qurollanganligi  deganda,  guruh  ixtiyorida  qurollarning  mavjudligini  tushunish  zarur.  Qurol 
o‘qotar yoki sovuq qurol bo‘lishi mumkin. Guruh jangovar aslahalar, portlovchi moddalar bilan jihozlangan 
bo‘lsa ham uni qurollangan guruh, deb e’tirof etish zarur. Jinoiy guruhning qurollanganlik alomatini belgilash 


uchun  guruh  a’zolaridan  birida  hech  bo‘lmaganda  bir  dona  qurol  mavjudligini,  bundan  guruhning  boshqa 
a’zolari xabardor ekanligini aniqlash zarur.  
Uyushgan  qurolli  guruhni  tuzish  deganda,  uyushgan  qurolli  guruhni  tuzish,  unga  rahbarlik  qilishga 
qaratilgan  har  qanday  harakat  (bosqinchi  guruh  a’zolarini  tanlash,  ular  o‘rtasida  rollarni  taqsimlash,  jinoiy 
faoliyat rejalarini tuzish, jinoiy guruhni qurollantirish va h.k.lar)ni tushunish zarur. 
Guruhga  rahbarlik  qilish  deganda,  mavjud  uyushgan  qurolli  guruh  faoliyatiga  boshchilik  qilishga 
qaratilgan  har  qanday  harakatni  tushunish  zarur.  Uyushgan  qurolli  guruh  tuzish  yoki  unga  rahbarlik  qilish, 
guruh tomonidan jinoyat sodir etilgani yoki sodir etilmaganidan qat’iy nazar, uyushgan qurolli guruh tuzilgan 
yoxud uyushgan qurolli guruhga kirishga rozilik bildirilgan paytdan e’tiboran tugallangan jinoyat, deb e’tirof 
etiladi.  
Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi.  Jinoyatning  sodir  etilish  motivi  va  maqsadi  har  xil 
bo‘lishi mumkin, ammo ular jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi. 
Jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan  aqli  raso  har  qanday  shaxs  bo‘lishi  mumkin.  Jinoiy  uyushma 
tarkibida jinoyat sodir etgan  shaxs (odam  o‘ldirish,  badanga  shikast  yetkazish, o‘g‘irlik  va  h.k.lar) ishtirok 
etgan 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan aybdor shaxslar ana shu jinoyatlari uchun 14 yoshdan javobgarlik 
nazarda tutilgan moddalar bo‘yicha javobgar bo‘ladi.  
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish