Duradgorlik go‟niyasi bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida joylashadigan chiziqlarni o‘tkazishga va to‘g‘ri burchak ostida joylashadigan chiziqlarni o‘tkazishga hamda to‘g‘ri burchaklarni tekshirishga mo‘ljallangan.
Masshtabli chizg‟ich o‘lchamlarni aniqlash va ularni zagotovkalarga qo‘yish, ishlov berilgandan keyingi o‘lchamlarni tekshirish, shuningdek, to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish uchun xizmat qiladi.
4-rasm. Rejalash va o‘lchash asboblari.
5.1- rasm.Go‘niya yordamida sirtlarning go‘niyaviyligini tekshirish va rejalash
Porsi go‟niya. Buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda (portret ramkasi qismlari; eshik, deraza romlarining burchaklari; javon, shkaf kabilarning karnizlari, umuman, randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya lineykasi kundaga 45o burchak hosil qilib o‘rnatiladi.
Xatkash – aniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yishteshish ishlarini bajarishda yog‘och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlarini chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. Xatkashlar bir cho‘pli, ikki cho‘pli va ko‘p cho‘pli bo‘lishi mumkin.
rasm. Masshtabli chizg‘ich yordamida detalni rejalash:
detalning enini o‘lchash; b) reja chizig‘ini o‘tkazish.
To‘g‘ri burchakli detallarni rejalashda quyidagilarga alohida e‘tibor berish kerak (5-rasm):
Masshtabli chizg‘ichning nolli bo‘linmasi o‘lchash boshlanadigan chiziq ustida turishi lozim.
O‘lchash vaqtida chizg‘ichning o‘lchash boshlanadigan chiziqqa nisbatan noto‘g‘ri turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Rejalash – mas‘uliyatli jarayondir. Tayyorlanadigan buyumning sifati rejalashning aniq bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun rejalashda juda hushyor bo‘lish zarur. Rejalash dastgoh ustida yoki stolda qalam, chizg‘ich, go‘niya bilan bajariladi.
Rejalashda quyidagi tartibga rioya qilish shart. Avval zagotovkaning tekis tomoni tanlanadi yoki tayyorlanadi va undan boshlab barcha o‘lchamlar hamda chiziqlar belgilanadi. Ana shu tomoni baza tomon deyiladi. Yog‘ochni tejamli sarflash uchun mazkur zagotovkadan ancha miqdorda detallar yasash mumkinligini ishlov berish uchun tegishli qo‘yimlarni nazarda tutgan holda aniq hisoblab chiqish lozim.
rasm. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish.
Zagotovkani ishlov bilan tayyor detal o‘lchamiga keltirish uchun yog‘ochning ma‘lum qatlami kesuvchi asbob yordamida olib tashlanadi. Ana shu qatlamni qo‘yim deyiladi.
Zagotovkaga to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun avval baza tomondan chizg‘ich bilan tegishli oraliq o‘lchanadi va 2–3 belgi qo‘yiladi (6-rasm). Keyin chizg‘ichni shu belgilar ustiga qo‘yib va chap qo‘l bilan bosib turib qalamda kontur chizig‘i chiziladi. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish uchun esa uning asosi zagotovkaning baza qirrasiga qo‘yiladi va o‘ng qo‘l bilan qalamni o‘ng tomonga biroz og‘dirib chiziladi.
Yog‘ochni o‘lchash va rejalash asboblariga chizg‘ich, metr, o‘ramametr, go‘niya, xatkash transporti va o‘lchov andazalari kiradi.
Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda millimetrlarga bo‘lingan holda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi. 100 santimetrga teng uzunlik o‘lchov birligi metr deyiladi. Olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun o‘rama shaklidagi o‘lchash asboblaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |